Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet101/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

2-§. SO‘ROQ QILISHNING AXLOQIY JIHATLARI
So‘roq qilish va uning axloqiy mazmuni. So‘roq qilish jinoyat ishini to‘g‘ri hal qilish maqsadida so‘roq qilinuvchidan unga ma’lum bo‘lgan va ish uchun muhim ma’lumotlarni olishdan iborat tergov va sud harakatidir. Shunga asosan, so‘roq qilish harakati:

  • jinoyat-protsessual qonun bilan boshqariluvchi protsessual harakat hisoblanadi;

  • kriminalistik jihatdan qonun va axloq chegarasidagi o‘ziga xos taktikasiga ega;

  • tergov qilinayotgan voqeaga doir axborot bilan cheklangan bo‘ladi.

So‘roq qilish keng tarqalgan tergov va sud harakatidir. Tergovchi va sud har bir jinoyat ishi bo‘yicha guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarni so‘roq qiladi. So‘roq yordamida jinoyat to‘g‘risidagi axborotning asosiy qismi tekshiriladi va tegishli axborot
olinib, jinoyat ishini to‘g‘ri hal qilishda, jinoyatning sabab va maqsadlarini aniqlashda, uning kelib chiqishiga imkon bergan holatlarni yuzaga chiqarishda ishlatiladi. Nihoyat, so‘roq qilish so‘roq qilinuvchiga bevosita tarbiyaviy ta’sir etish vositasidir.
So‘roq qilish jarayonida tergovchidan quyidagi axloqiy qoidalarga rioya etish talab etiladi:

  1. guvohni ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik yoki yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun qonunda jinoiy javobgarlik belgilanganidan ogoh etish;

  2. ayblanuvchiga har bir dalilni, shuningdek ekspert xulosasining ahamiyatini xolisona tushuntirish;

v) gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga chin ko‘ngildan aybiga iqror bo‘lish aybni yumshatuvchi holat ekanligini batafsil tushuntirish;
g) so‘roq qilinuvchining ma’naviy-axloqiy va diniy e’tiqodlarini hurmat qilish;
d) so‘roq vaqtini oqilona cheklash;
ye) dastlabki tergov natijalarini oshkor qilmaslik, insonning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hech kimga bildirmaslik, ya’ni ularning maxfiyligini saqlash;
j) iltimosnomalarni qabul qilgandan so‘ng o‘z vakolatlarini mas’uliyat bilan amalga oshirish;
z) o‘zga shaxslarning qadr-qimmatini hurmat qilish va kishilar bilan muloqotda odob qoidalariga rioya etish1.
Tergov jarayonining qiyin tomonlaridan biri shundaki, tergov qilinayotgan odam savolga javob berishdan bosh tortishi, o‘zining nohaq ekanligini o‘jarlik bilan tan olmasligi mumkin. Tergovchi tergov qilinayotgan shaxsni qonun va axloqqa zid usullar bilan ayblashga haqli emas.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish