Kimyoviy sinapslarni morfologik strukturasiga asab tolasi uchidagi membrananing qismi (presinaptik membrana), u bilan tutashadigan hujayra membranasining qismi (postsinaptik membrana) hamda shu membranalar orasidagi sinaptik bo‘shliqlari kiradi. Sinaptik bo‘shliqning kengligi 10 nm dan 50 nm gacha bo‘lishi mumkin.
Kimyoviy sinapslarni morfologik strukturasiga asab tolasi uchidagi membrananing qismi (presinaptik membrana), u bilan tutashadigan hujayra membranasining qismi (postsinaptik membrana) hamda shu membranalar orasidagi sinaptik bo‘shliqlari kiradi. Sinaptik bo‘shliqning kengligi 10 nm dan 50 nm gacha bo‘lishi mumkin.
Agar aksonning uchi neyronning somasiga taqalgan bo‘lsa, akso-dendritik, aksonlar orasidagisini akso-aksonal deb ataladi. Dendro-dendrit va somato-dendrit sinapslari ham bo‘ladi. Bir neyron sathida bir necha ming sinapslar bo‘lishi mumkin. Asab hujayralarining aksonlari neyronlardan tashqari mushak va bez hujayralarida ham sinapslar hosil qiladi.
Qo‘zg‘atuvchi va tormozlantiruvchi neyronlar xam bo‘ladi. Ular aksonlarining presinaptik uchlarida yoki qo‘zg‘atuvchi yoki tormozlantiruvchi mediatorlar (kimyoviy faol moddalar) granulasiz (donasiz) va granulali (donali) pufakchalarda yig‘iladi Pufakchalarning kattaligi 30 nm. dan-100 nm.gacha bo‘ladi. Mayda granulali pufakchalarda noradrenalin, kattalarida (80 nm dan 100 nm gacha) adrenalin, granulasizlarida esa atsetilxolin bo‘ladi. Odam va yuqori darajadagi umurtqali hayvonlarda bu mediatorlar qo‘zg‘atuvchi bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchi mediatorlarga glutamin va asparagin kislotalarining hosilalari ham kiradi. Tormozlovchi mediatorlarga gamma-aminomoy kislotasi (GAMK) va glitsin kiradi. Bir neyronning hamma uchlarida faqat bir xil - qo‘zg‘atuvchi yoki tormozlovchi mediatorlar ajraladi. Agar qo‘zg‘atuvchi mediator ajralsa uni qo‘zg‘atuvchi sinaps, tormozlovchi mediator ajralsa tormozlovchi sinaps deb ataladi (14-rasm).
Qo‘zg‘atuvchi neyron qo‘zg‘alganida uni aksonining uchidagi sinapslarda qo‘zg‘atuvchi mediator ajraladi, mediator bo‘shliqqa o‘tib, postsinaptik membranagacha etib boradi va uning qutubsizlanishiga hamda qo‘zg‘atuvchi postsinaptik potensial paydo bo‘lishiga olib keladi. Tormozlovchi mediator ajralganida postsinaptik membranada tormozlovchi postsinaptik potensial paydo bo‘ladi. Natijada qo‘zg‘alish yoki tormozlanish jarayonlari kuzatiladi.