Ichak infeksiyalari



Download 21,26 Kb.
bet2/3
Sana23.09.2021
Hajmi21,26 Kb.
#182152
1   2   3
Bog'liq
ICHAK INFEKSIYALARI

Profilaktikasu Qorin tifi profilaktikasida vodoprovod suvi bilan ta'minlash, pashshaga qarshi kurash, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, xususan, ovqat oldidan qo'lni sovunlab yuvish muhim rol o'ynaydi. Kasallik epidemiyasi ro'y bergan taqdirda, bemorni erta aniqlash maqsadida, hamshiralar uyma-uy tekshirib yuradi. Bu ishga Qizil yarimoy jamiyati faollari ham jalb qilinadi. Bemor kasalxonagajo'natilgach, uyi dezinfeksiyalanadi. Kasallikka qarshi kurashda vaksina bilan emlash ham muhim ahamiyatga ega. Respublikamiz sharoitida aprel, may oylari emlash uchun qulay davr hisoblanadi. Infeksion kasalliklar — patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar va h. k.)ning kishi, hayvon va oʻsimlik organizmiga kirib koʻpayib, zararli taʼsir koʻrsatishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, qizamiq) bemorga yaqin yurilganda yuqadi, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini juda mos keladi. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, bezgak) bemorga yaqin yurilganda („kontakt“ yoʻli bilan) yuqmaydi, demak, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini unchalik toʻgʻri kelmaydi.

Bemor organizmida shu kasallikni vujudga keltiruvchi maxsus mikrob borligi va kasallikning odamdan odamga yuqishi mumkinligi Infeksion kasalliklarning asosiy belgilaridir.

Infeksion kasalliklarning chinakam sabablari 19-asrning 2-yarmida L. Paster, R. Kox, I. I. Mechnikov va b. olimlarning ishlari bilan isbot qilindi. Baʼzi kasalliklar (vabo, ich terlama, paratif, dizenteriya va b. ichak infeksiyalari) hazm yoʻli orqali (bemorlar najasi tushgan suv va oziq-ovqat yoki shu najas zarralari tekkan yuvuqsiz qoʻl orqali) yuqadi. Bemor yoʻtalganda, aksa oʻrganda, soʻzlashganda chiqadigan mayda shilimshiq zarralari havo bilan nafas yoʻllariga kirishidan kelib chiqadigan kasalliklar (tomchili infeksiyalar)ga gripp, koʻkyoʻtal, parotit, difteriya, qizamiq va b. kiradi. Baʼzi kasalliklarqon soʻrar hasharotlar (bit, chivin, burga, kana, iskabtopar va h. k.) orqali yuqadi (bezgak, toshmali terlama, qaytalovchi terlama, kana va chivin orqali yuqadigan ensefalitlar, iskabtopar isitmasi va h. k.). Bemorga yakin yurganda yoki uning sochigʻi, idishtovogʻi va b. buyumlaridan foydalanganda yuqadigan kasalliklar (tanosil kasalliklari, kuydirgi, kal yara va b.) alohida guruhni tashkil etadi. Infeksion kasalliklar bir necha kun (gripp, qizamiq, iskabtopar isitmasi) yoki bir necha hafta (ich terlama, toshmali terlama va b.) davom etishi yoki oylab va hatto, yillab choʻzilishi mumkin (sil, moxov, zaxm). Infeksion kasalliklar kelib chiqishi organizmga kirgan patogen mikroblarning soniga, viru-lentligiga, kirgan joyiga, kishining yoshiga, infeksiyaga moyilligiga, shuningdek, mikrob atrofidagi tashqi muhit sharoitiga (noqulay sharoitda mikrobning virulentligi kamayadi) bogʻliq. Infeksion kasalliklarning paydo boʻlishi va uti-shida ijtimoiy sharoit (uy-joy, ovqatlanish tarzi, madaniy saviya, tibbiy yordam) hal qiluvchi rol oʻynaydi. Shu sharoitning oʻzaro taʼsiriga qarab Infeksion kasalliklarning turli (tipik — rostmana, yengil va b.) shakllari na-moyon boʻladi. Infeksion kasalliklarning oʻtishida inku-batsion davr, kasallik simptomlarining paydo boʻlish va oshib borish davri, kasallik avjiga chiqqan davr, kasallikning soʻnish davri va sogʻayish davri farq qilinadi. Infeksion kasalliklarning har birida shu davrlarning oʻziga xos xu-susiyatlari bor. Ich terlama kabi baʼzi Infeksion kasalliklar mikrobi ogʻrib oʻtgan organizmda saqlanib qoladi va tevarakatrofdagi muhitga chiqaveradi. Koʻpgina Infeksion kasalliklardan keyin immunitet qoladi. Mac, Infeksion kasalliklarni aniqlashda kasallikning klinik belgilari, lab.da tekshirish natijalari va epidemiologik maʼlumotlar asos qilib olinadi. Bemorlar maxsus jihozlangan infeksion kasalxonalarda davolanadi. Infeksion kasalliklarga qarshi kurashda profilaktika tadbirlari hal qiluvchi rol oʻynaydi.

Infeksion kasalliklarning yanada tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun shunday kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlar yoki shunday kasallik bor deb gumon qilingan kishilar kasalxonada yoki uyida ajratib qoʻyiladi. Toun (chuma), vabo (xolera), toshmali terlama (toshmali tif), ich terlama (qorin tifi), paratif, dizenteriya, virusli gepatit, difteriya va b. kasalliklar topilgan yoki gumon qilingan kishilarni maxsus sanitariya transportida kasalxonaga olib borib yotqizish shart. Gripp, qizamiq, koʻkyutal va b. baʼzi Infeksion kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni alohida xonaga yotqizish, tegishlicha parvarish qilish va dezinfeksiya oʻtkazib turish sharti bilan uyida ajratib qoʻyish mumkin.

Sanatoriylar, dam olish uylari, bolalarni sogʻlomlashtirish muassasalari, bolalar bogʻchalari va yaslilarda, shuningdek, kasalxonalarning terapiya, xirurgiya, pediatriya va b. (infeksion boʻlimidan tashqari) boʻlimlarida izolyator jihozlanadi. Ayniqsa, xavfli infeksiyalar (toun, vabo) bilan ogʻrigan bemorlarga yaqin yurgan kishilarni oʻsha kasalliklarning inkubatsion davriga teng keluvchi muddat bilan ajratib qoʻyish shart. Boshqa infeksion kasalliklarda bemorlar turli muddat bilan ajratib qoʻyiladi (jadval). Bolalar oʻrtasida koʻp uchraydigan yuqumli ichak kasalliklari va ularning turlari haqida maʼlumot bersangiz.

— Bolalar oʻrtasida diareya, yaʼni, ichburugʻ kasalligi koʻp uchraydi. Diareyaning bakteriyali va virusli turlari bor. Uning bakteriyali turi solmonellyoz, dizenteriya, ichak tayoqchasi, shartli patogen mikroorganizmlarning organizmdagi muvozanati buzilishi tufayli yuzaga keladi. Virusli turi esa oziq-ovqat va havo orqali yuqadi. Bu kasalliklarning yuqishiga, asosan, tozalik, shaxsiy gigiyenaga yetarli rioya etmaslik, suvni qaynatmay ichish, sifati talabga javob bermaydigan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish, meva-sabzavotlarni tozalab yuvmay, sifatiga eʼtibor bermasdan yeyish sabab boʻladi.

— Diareya bolalarda qanday belgilar bilan namoyon boʻladi?

— Bolaning harorati koʻtariladi, ishtahasi yoʻqoladi, holsizlanadi, ichi ketadi. Baʼzi ota-onalar boladagi bu xastalikni oʻz-oʻzidan oʻtib ketadigan holatdek qabul qilishadi. Lekin baʼzida kasallik shunchaki vaqtinchalik “berkinadi” va qulay fursatni poylaydi. Gohida esa kasallik shunchalik kuchli namoyon boʻladiki, zudlik bilan davo choralarini koʻrmasa boʻlmaydi.

Bola organizmi juda tez suvsizlanib qoladi, koʻp miqdorda suyuqlik yoʻqotish oqibatida modda almashinuv jarayoni va boshqa aʼzolar faoliyati ham buziladi. Birinchi galda asab tizimi va oshqozon-ichak trakti ishi zarar koʻradi. Diareya xavfini nazar-pisand qilmaslikning oqibati yaxshi emas. Dunyo statistikasiga koʻra, diareya bilan kechadigan kasalliklardan har yili 5 million bola vafot etadi. Bu kasallik, ayniqsa, goʻdaklar va 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun juda xavflidir.

— Diareyaning xavflilik darajasini qanday belgilar orqali bilish mumkin?

— Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bu borada toʻrtta eng oddiy usulni targʻib etadi. Yaʼni, bolaning holsizlanib qolishi, koʻz atrofi va qovoqlarning osilishi va koʻkarishi, qorin sohasida teri chimchilansa, tezda asl holiga qaytmasligi, suv ichishni keskin rad etishi. Ana shunday holatlar diareyaning ogʻir darajasidan dalolat. Bunday vaziyatda zudlik bilan “tez yordam” chaqirib bolani yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yetkazish lozim.

— Baʼzi holatlarda bolaning ichi ketsa ham tana harorati koʻtarilmaydi. Bu nimaning belgisi?

— Bu immun tizimining kuchsizligi, organizmning yot infeksiya va viruslarga qarshi kurashish qobiliyatining pastligi ifodasidir. Bunday vaziyatlarda ham zudlik bilan bolani tegishli shifokor koʻrigiga yoʻllab, sogʻlomlashtirish chorasini koʻrish kerak.

— Ichketar boʻlgan bolaning axlatiga qarab yuqumli kasallikning qaysi turi bilan kasallanganini bilish mumkinmi?

— Ha, bilish mumkin. Agar axlat rangi pushti boʻlsa dizenteriya, yashil boʻlsa organizmda stafilokokk yoki salmonellyoz koʻpayayotganini anglatadi. Kulrang koʻpikli axlat esa organizmda rotavirus borligining belgisi. Axlatda yogʻ va hazm boʻlmagan ovqat qoldiqlari boʻlsa, bolaga isteʼmol qilgan qaysidir taomi yoqmaganini bildiradi. Agar axlat oʻziga xos rang va hidli boʻlsa disbakteriozdan nishona boʻlishi mumkin. Bunday vaziyatlarda bolani vrach koʻrigidan oʻtkazib, kasallikka aniq tashxis qoʻyish va davolash lozim.

— Ichketarni uyda guruchni qaynatib, qatiq bilan aralashtirib ichish orqali davolash mumkinmi?

— Kasallikning yengil turida bu usul yaxshi samara beradi. Shu bois Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ham bu usulni xonadon sharoitida diareyaning yengil turini davolashda qoʻllashni tavsiya etadi. Biroq kasallikning ogʻir turlarida bu bilan cheklanish kifoya emas. Bolani albatta shifokor koʻrigiga olib borib sogʻlomlashtirish kerak.


Download 21,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish