1. Jug’rofiy tasavvurlar.
2. Tabiat haqidagi bilimlar.
3. Piktorgafiya yozuviga o’tish.
4. Monomental me`morchilik.
Ishlab chiqarish kuchlarning rivojlana borishi mehnatning birinchi va uchinchi
taqchisoti va boshqa qator sabablar jamiyat ichida katta o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib
keldi. Bu hol oqibat natijada ibtidoiy tuzumning inqirozga yuz tutishiga sabab bo’ldi. Bu
jarayon partriarxal jamiyatning asosiy negizini tashkil etgan katta oilalarga ta`sir etib, ular
kichik-kichik mustaqil oila bo’lib ajraliyu chiqa boshladilar. Mustaqil xo’jalik
yuritaboshladilar. Katta patriarxal oilalarning mayda oilalarga bo’linib ketishi, xo’jalik
jixatidan mustaqillikka va erkinlikka intilishlari xususiy mulkning vujudga kelishi uchun
zamin xoziradi va oqibat natijada uni vujudga keltiradi.
Xususiy mulkning vujudga kelishi masalasi ibtidoiy jamiyat umuman bashariyat
atrixi bilan shug’ullanuvchi barcha olimlar oldida turgan jng muhim masalalardan biridir.
Xususiy mulkning kelibyu chiqishi masalasida reaktsion burjua olimlari qator
“nazariya”larini ilgari suradilar. Ularning fikricha xususiy mulk azaliy va tabiiy emish.
Ular qoloq qabilalardagi ba`zi shaxsiy buyuk, yog’och va turli tuman bezaklarni
xususiy mulk deb biladilar. Burjua fani shaxsiy mulk bilan xususiy mulkning negizida
qo’shimcha maxsulot yotadi.
Eng avval qaysi narsalar, nimalar xususiy mulkka aylangan degan masala olimlarni
qiziqtirgan. Bu masalada hali olimlarning fikr-mulohazalari bir xil emas. Bi`zilar chorvani
eng dastlabki xususiy mulk desalar, oshqalar erni va bo’lak narsalarni eng dastlabki
xususiy mulk bo’lgan dedilar.
SHuni aytish kerakki, kaerda xo’jalikning qaysi tarmog’i rivojlangan bo’lsa,
mazkur xo’jalik etishtirgan maxsulot shu joyda xususiy mulkning ramzi bo’ladi.
CHorvachilik rivojlangan rayonlarda chorva molarining dastlabki xususiy mulkka
aylanganligi shak-shubxasizdir. Xo’jalikning asosini dehqonchilik, bog’dorchilik tashkil
etar ekan, demak, u joylarda er xususiy mulkning manbai bo’lib qolgan. Demak ibtidoiy
jamoa tuzumi davridagi yirik patriarxal oilalar emirilib uning o’rniga kichik oilalar
maydonga keldi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida kichik oila jamiyatning asosiy
xo’jalik va ijtimoiy tashkilotiga aylandi. Mol-mulk chorva, er va boshqa narsalar kichik
oilalar ixtiyoridagi xususiy mulkka aylanadi. Oila boshlig’i esa oila ixtiyoridagi, er, suv,
sorva, o’z xotini bolalari ustidan ayni vaqtda ularning mexnati ustidan cheksiz huquqga
ega bo’lgan hukmron shaxsga aylandi. SHunday qilib xususiy mlukchilik kelib chikdi.
Kichik oilada ishlab chiqarishning ham deo’qonchilik, chorvachilik ayrboshlash va
boshqa sohalarning yuksala borishi natijasida ishchi kuchiga bo’lgan talab kuchayabordi.
Kichik oila katta xo’jalik yuritaboshlash naijasida oilada kishilarning ish kuchi kifoya
qilmay qoldi. endilikda xo’jalik ishlarini olib borish uchun tashqaridan qo’shimcha yangi
ishchi kuchi kerak bo’lib qoldi. Bunday ishchi kuchni o’zga qabilalar bilan olib borilgan
urushlar vaqti asr olingan kishilar tashkil etib, ular qullarga aylantirilgan, ular mexnatidan
turli xo’jalikning turli sohalarida foydalanilgan. SHuni ham aytib o’tish kerakki, harbiy
asrlar qo’shimcha ishchi kuchi qulning yagona manbai emas. Ibtidoiy jamoa tuzumining
emirilayotgan so’nggi bosqichiga klib, iste`mol buyumlarini taqsimoti o’zgarib, ba`zi
kishilar nochor ahvolga tushib qoladi. Natijada qarsh olish paydo bo’lib, qarzni o’z
vaqtida yoki umuman to’lay olmaslik qaramlik va asoratga olib keladi. SHunday qilib qul
va qulchilik vujudga keldi. Qulchilik ba`zi joylarda matriarxatning so’ngi
bosqiyalaridayoq vujudga keldi, ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlariga uning tanazzulga
yuz tutgan davrida biroz rivoj topdi. Lekin bu davrdagi qulchilikni klassik qulchilikka
taqqoslab bo’lmas edi. CHunki u hali xo’jalik sistemasiga ishlab chiqarining alohida
vositasiga aylanmagan edi. Ular o’z mulklariga ega bo’lish bilan birga, yu`zi shaxsiy
huquqlarga ham ega edilar. Ibtidoiy jamoa tuzumi emirilayotgan bir sharoitda hamma
oilalar boylik jihatidan bir hil emas edilar. Ba`zi oilalar sermulk, badavlat, ba`zilari o’rta
xol, ayrimlari esa kambag’alroq edilar. Ko’rinib turibdiki, bu davrga kelib oilalar, urug’lar
va qabilalar jamoasi ichida ham mulkiy-tengsizlik vujudga keldi. Mulkiy tengsizlikda esa
jamiyatni boy va kambag’al tabaqalarga bo’lib yubordi. Bu ziddiyatlar esa ular orasidagi
to’qnashuvlarga sabab bo’ldi. Mulkiy tengsizlikning vujudga kelishi xususiy mulkning
vujudga kelishi bilan chambarchas bog’liq. Mulkiy tengsizlikning vujudga kelishi bilan
jamiyatning bir necha qarama qarshi toifalarga bo’linish ibtidoiy jamoa tuzumining
negizida dastlabki quldorlik davlatlarini vujudga kelishi uchun asos yaratdi. Ibtidoiy
jamoa tuzumi so’nggi davrda urug’ jamoalari tarqalib qo’shni jamoalar vujudga
kelaboshlaydi. Urug’ jamoalarining ko’chishi boshlanadi. YOki ular borib o’rnashgan erga
o’za joylardan o’zga uruqqa mansub odamlar guruhi kelib o’rnasha boshlaydi. Bu
qo’chishlarning urug’larning dastlabki teritorial birligini tuzib yuborib, turli urug’lardan
tashkil topgan aralash qishloqlarni vujudga keltiradi. Bu qo’shni jamoalar edi.
SHu tariqa qong’qarindosh urug’chiligiga buzilib qo’shni jamoalar paydo bo’ladi.
Dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi xalqlarda bu jamoasi, chorvadorlarda esa
ko’chmanchilar jamoasi nomini oladi.
Qishloq jamoasi ibtidoiy jamoa tuzumining so’nggi bosqichi hisoblanadi. Qishloq
jamoasi dualizm-ikki tomonlama harakterga ega edi. Bu ikkiyoqlama qishloq jamoasida
ayni bir qatning o’zida ham xususiy ham ijtimoiy mulkning mavjud ekanligi bilan
harakterlanadi. Erni yakka-yakka ishlash undan hosilni xususiy o’zlashtirish hayvonlar
qishloq xo’jalik buyumlari qullar, “uy va uning qo’shimcha qismi-hovli” xususiy mulk,
xisoblanib ekiladigan er, o’tzorlar, o’tloq, yaylovlar, o’rmonlar, tog’-toshlar va suvlar
umumiy mulk hammaga tegishli bo’lgan.
Lekin qishloq jamoasi ham barqaror bo’lmay, ham keyinchalik o’zgarishga
uchragan.
Qo’shni qishloq jamoasidagi dualizm uning umumiy mulkdan xususiy mulkka
o’tish formasi bilan izohlandi. Lekin qadimgi sharqning sug’orma dehqonchiligi
rivojlangan mamlakatlarida qishloq jamoalari nisbatan barqaror bo’lib, uzoq yashaganlar.
CHunki sug’orma dehqonchlikka asoslangan mamlakatlarda kanalra, qazish sug’orish
inshoatlarini qurish va ularni tartibga solib turish hamisha, hamma vaqt birgalikda mehnat
qilishni taqozo etar edi. SHuning uchun ham bunday mamlakatlar uchun qo’shni qishloq
jamoasining ahamiyati katta edi.
Do'stlaringiz bilan baham: