asosiy savol: Ibtidoiy to‘dada jinsiy munosabatlar.
Darsning maqsadi: Eng qadimgi odamlarning tartibsiz jinsiy aloqalarini tushuntirish. Identiv o`quv maqsadlari: 3.1. Tosh qurollarning o`zgara borishi, odamning o`zgara borishi, ibtidoiy gala davri uzoq davom etganligini biladi. 3.2 Ibtidoiy gala odamlarida qon- qarindoshlik aloqalari tan olinmaganligini, qardoshlik, nasl-nasab hisobi olib borilmaganligini tahlil qiladi.
savol bayoni: Shel va ashel davri makonlari Janubiy Yevropada, Afrikada, Janubi-Sharqiy Osiyoda, jumladan Armanistonda Satani-dar, Abxaziyada Yashtux, Osetiyada Kudaro I, Ukrainada Luka Vrublevskayadan joy va qurollar topildi. Muste turar joylari Angliyada, Frantsiyada, Ispaniyada, Germaniyada, Shveytsariyada, Italiyada, Afrikada, Falastinda, Iroqda, Eronda, Xitoyda, Yavada muste davriga oid makonlar topildi. Jumladan Ukraina, Qrim, Kuban, Volga va O`rta Osiyodan ham ana shu davrning turar joylari topildi. Bu muste davrida yer ustida aholining nisbatan ko`proq zichlanganligini ko`rsatadi.
Tosh qurollarning o`zgara borishi, odamning o`zgara borishi, ibtidoiy gala davri uzoq davom etganidan dalolat beradi. Ibtidoiy odamlar galasi ko`p sonli bo`lmagan, chunki mehnat unumdorligi past bo`lib, oziq-ovqat topib yeyish qiyin bo`lgan. Termachilik ularning asosiy usuli bo`lgan. Yirik hayvonlarni ov qilish albatta qiyin bo`lgan. Yuqoridagi fikrga asoslanib, ilk ibtidoiy galada 20-30 ta katta yoshli a'zo bo`lgan. Bundan katta galalar ham bo`lgan, lekin u tasodifiy va vaqtinchalik bo`lgan. Ibtidoiy gala odamlari doimo bir joydan ikkinchi joyga ko`chib yurmagan. Ko`pincha g`orlarda muqim yashagan.
Arxeologlar ibtidoiy gala ovi miqdorini topilgan suyaklar soniga qarab xulosa qilishadi. Masalan: Teshiktoshdan kiyik, echki suyaklari ko`p topilgan. Italiyadagi Oservatoriya g`ori, Ispaniyaning Tarralba turar joyidan ham ko`plab suyaklar, birinchisidan hatto 30 ta fil suyagi ham topilgan. Katta va yirtqich hayvonlarni jarliklarga, chuqurliklarga haydab tushurib ovlashgan. Ov albatta go`sht bilan ta'minlashning manbai bo`lgan. Go`shtdagi oqsil va yog`lar odam organizmining rivojlanishiga juda katta ijobiy ta'sir etgan.
Eng qadimgi odamlarning tartibsiz jinsiy aloqalari promiskuytet (aralash) deb ataladi. O`sha davrda xotinlar bilan erkaklarning galaga xos umumiylik davri mavjud bo`lgan. Ota- onalar bilan bolalar, tug`ishgan aka-uka bilan opa singillar o`rtasida nikoh cheklanishlari bo`lmagan. Qon-qarindoshlik aloqalari tan olinmagan, qardoshlik, nasl-nasabi hisobi olib borilmagan. Galalar bir-birlaridan mustaqil yashashgan. Neandartal galalari 50 kishidan 100 kishigacha hisoblangan. Ular ishlab chiqarish va maishiy turmush birligini tashkil etgan. O`troq hayot kurtaklari, umumiy o`choq va turar joy, birgalikdagi mehnat odamlarni jipslashtirgan, galalarni ancha holi yashaydigan alohida guruhlarga aylantirilgan. Nikoh avvalgidek gala ichida voqe bo`lgan. L.Morgan o`zining “Qadimgi jamiyat” asarida ota-ona
hamma bolalarning otalari va onalaridir. Jamoadagi hamma bolalar hamma ota-onalarni o`z ota-onalari deb hisoblashgan. Jinsiy munosabatlarni tartibga keltirish ancha uzoq so`nggi davrlarda ham davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |