asosiy savol: Termachilik va ovchilik. Ibtidoiy jamoada mehnatning taraqqiy etishi. Darsning maqsadi: Insoniyatning jamoaga aylanishida mehnatning rolini tushuntirish. Ibtidoiy gala odamlarining chaqmoqtoshdan yasaladigan qurollarni takomillashtirishi mehnatning roli ortib borganligini ko’rsatadi.
Identiv o`quv maqsadlari: 2.1. Oddiy mehnatni bajarish ham faqat kollektivchilik asosida paydo bo`lganini biladi. 2.2. Birlikda ov qilish, yirtqichlardan himoyalanish, olovni saqlab turish ibtidoiy gala odamlarini o`zaro jipslashtirganini tahlil qiladi. 2.3.Chaqmoqtoshdan qurollar yasashning yangi texnikasi paydo bo`lganini biladi. 2.4. Muste davri uchun xarakterli bo`lgan mehnat qurollarini tahlil qiladi.
savol bayoni: Albatta insoniyatning jamoaga aylanishida mehnatning roli ortib borgan. Birgalikda ov qilish, yirtqichlardan himoyalanish, olovni saqlab turish ibtidoiy gala odamlarini o`zaro jipslashtirgan. Bu yo`nalish jarayonida nutqning paydo bo`lishining roli katta bo`lgan. Neandertal odamlar turar joylarida ayrim arxeologlarning fikricha diniy tasavvurlar haqida guvohlik beruvchi belgilar uchraydi.
Mehnat faoliyati boshlanishi insonning tabiatga munosabati o`zgarishi bilangina emas, odamlarning dastlabki kollektivida o`zaro munosabatlarning vujudga kelishi bilan ham bir vaqtda sodir bo`ladi. Odamlar o`zlarini o`limdan saqlamoq uchun uyushishga majbur bo`lgan. Shell davridayoq ibtidoiy odamning ikki xil asosiy mashg`uloti, ya'ni ov bilan termachilik tirikchilik manbai bo`lgan. Bu 2 mashg`ulot hamma yerda va har qachon bir-biri bilan bog`liq bo`lgan. Shell makonlari G`arbiy Yevropa, Afrika va Janubiy Osiyoda uchraydi. Shell qo`l cho`qmorlari Armanistonda Satani-Dar makonida topilgan.
Bundan keyingi davr ashel Frantsiyadagi Sent-Ashel makoni nomi bilan bog`liq bo`lib, qo`l cho`qmorlari kichikroq, yalpoqroq va qirralari o`tkirroq yasalgan. Ularning shakli bodomsimon, tuxumsimon va nayzasimondir. Demak, bu ma'lum shakldagi birdan-bir qurol bo`lib, ular yonida mayda tosh parrakchalar avvalgidan ko`ra yana ham ko`proq uchraydi. Ilk ashel davri xo`jalik sharoiti va tabiiy vaziyati jihatidan shelldan farq qilmaydi desa bo`ladi.
So`nggi ashel ilk asheldan ancha farq qiladi. Tabiiy vaziyat keskin ravishda o`zgargan. Xo`jalikda ham muhim o`zgarishlar yuz bergan. Iqlim, hayvonot, o`simliklar keskin suratda o`zgargan, muzlik davri boshlangan. Qishning qattiq kelishi bilan termachilikning ahamiyati kamayib boradi. Hayvonlarni ovlashning ahamiyati orta boradi. Katta-katta hayvonlarni ovlashning u vaqtdagi birdan-bir usuli ko`plashib o`t bilan o`rab olib ovlash, botqoqlikka haydash, jarlikka qulatish. Yakka ovchilar bunday qilolmagan. Ibtidoiy to`da esa buni uddalagan. Ibtidoiy to`daning yana bir ahamiyati g`orlarni egallashdir. G`orlarga kirib olishda juda xavfli to`qnashuvlar bo`lib turgan. Ilgarigi qurollar qo`pol, beso`naqay va uncha o`tkir bo`lmagan. Ular teri shilish, kiyim tayyorlashga uncha yaramay qoladi. Avval yo`nilgan tayoqni sekin-asta yog`och nayzaga aylantirganlar. Yog`ochni yo`nish uchun ishlatiladigan chaqmoqtosh qurolni ham takomillashtirish kerak edi.
Chaqmoqtoshdan qurollar yasashning yangi texnikasi yoyilishi bilan yangi arxeologik bosqich, ashel o`rniga, muzlikning riss bosqichiga asosan muvofiq keladigan muste bosqich
boshlanadi. Bu bosqich Frantsiyadagi muste g`or makoni nomi bilan atalgan. Chaqmoqtoshdan qurollar yasashning yangi texnikasi yorma texnika deb ataladi. Chaqmoqtoshdan tosh parrakchalar birin-ketin uchirib olinaverib nihoyat tosh bo`lagidan boshqa uchirib bo`lmaydigan va tashqarisi tarashlangan o`zak qolgan. Bu o`zak nukleus deb, urib uchirish uchun ishlatiladigan yaxlit tosh esa ushatgich deb ataladi. Muste davri uchun nukleuslar va uch burchakli tosh parrakchalar xarakterli bo`lgan. Bu uchburchakli yalpoq tosh parrakchalar har holda ancha yupqa bo`lib yog`och yo`nish, teri shilish, qurol va kiyim tayyorlashga yaraydigan qurol xizmatini o`tagan. Uzoq davom etgan muste davrida asosan 2 xil qurol nayzasimon tosh qurol va tosh qirg`ich ishlatilgan. Boshqa xil qurollar ham bo`lgan. Masalan: o`sha davrdayoq toshdan yasalgan o`roqranda, ya'ni daraxt po`stini shilishda dag`al bo`lsa ham randalash quroli paydo bo`lgan. Chaqmoqtoshdan tashqari, masalan qumtosh va ohaktoshdan uzun tasma uchiga juft qilib bog`langan sharlar sopqon deb ataladi. Ibtidoiy ovchi sopqon bilan hayvonlarni oyog`idan ilintirgan. Suyakdan yasalgan qurollar mustening oxirlarida paydo bo`la boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |