2-asosiy savol: Insonning eng yaqin ajdodlari va insoniyatning datlabki vatani masalasi.
Darsning maqsadi: Odamzodning vatani masalasi uzoq vaqtlardan beri olimlarni qiziqtirib keladi, talabalarda bu masalani o`rganishga qiziqish uyg`otish.
asosiy savol bayoni: Fanning tasdiqlashicha, odamzod juda qadim zamonlardan beri yer yuzida: mavjud bo’lgan. Xo’sh, shunday ekan, dastlabki odam qayerdan paydo bo’lib qolgan? Axir ungacha yer yuzida odamzoddan nishon bo’lmagan-ku. Demak dastlabki odam o’sha vaqtlardagi mavjud maxluqlardan, ya'ni hayvonlar ajdodidan ajralib chiqqan.
Darvinning fikricha, hozirgi zamon odamsimon maymunlari bilan odam bitta ajdoddan kelib chiqqan. Bu umumiy ajdod rivojlanishini shajara daraxti shaklida tasavvur qilish mumkin. Ana shu umumiy ajdoddan alohida (go’yo daraxtdan yon tomonga qarab o’sgan shox singari) ajralib chiqqan odamsimon maymunlar tezda rivojlanishdan to’xtab qolgan. Umumiy ajdod (shajara daraxtining asosiy tanasi) esa rivojlanishda davom etavergan va, natijada, odamning uzoq o’tmishdoshlari vujudga kelgan2.
Bu jarayonning bosh omili mehnat bo’ldi. Engelsning aytishicha, qo’l faqat mehnat qiladigan a'zogina emas, shuningdek, mehnatning mahsuli hamdir. Ma'lum ma'noda hatto odamning o’zini ham mehnat yaratgan deyish mumkin.
U tabiatdagi tayyor ne'matlarga qanoat qilmay, tabiatga aktiv ta'sir ham ko’rsata boshlaydi. Kuzatish, tajriba va mehnat qo’lni tobora rivojlantira bordi, hatto ular tosh, o’tkir suyak va hayvon shoxlaridan mehnat quroli sifatida foydalanib, katta-katta hayvonlarni ov qilishgan.
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: odamning hayvonot olamidan ajralib chiqishida mehnat juda katta rol o’ynagan. Bu narsa, masalan, Yava pitekantropi bilan Xitoy sinantropi o’rtasidagi tafovutda yaqqol ko’rinadi. Xitoy sinantroplari yashashga ancha qobil bo’lganligi ma'lum. Ularning manzilgohlari g’orlar edi. Yirik hayvonlarni ov qilishga va, ayniqsa, olovdan foydalanishga juda uquvli bo’lishgan. Sinantroplarning tana tuzilishida odamga xos o’zgarishlarning vujudga kelishiga ham mehnat sababchi.
Shunday qilib, odamning dastlabki ajdodi necha ming yilliklar davomida rivojlanishda davom etib, sinantrop, geydelberg, neandertal, kromanon odamlari kabi oraliq bosqichlarni bosib o’tdi va, nihoyat, dastlabki haqiqiy odam vujudga keldi. Zamonlar o’tishi bilan odamlar yer yuzi bo’ylab juda keng tarqalib ketadi. Ular turli tabiiy sharoitlarda yashadi. har joyning alohida sharoitlari bo’lgani uchun, o’sha sharoitlarga moslashishga to’g’ri keldi. Natijada odamlarda turli odatlar, turmush tarzining turli xil shakllari paydo bo’ldi.
Lekin bir narsa dastlabki odam aniq qachon va birinchi bor yer yuzining qaysi joyida paydo bo’lgan degan masala hali muammo. Inson tafakkurining qudrati, vaqti kelib, bu muammoni ham albatta yechishiga ishonchimiz komil.
Do'stlaringiz bilan baham: |