58. Trapetsiyaning ajoyib xossasi. Trapetsiyaning diagonallari kesishish
nuqtasi, yon tomonlari davomining kesishish nuqtasi va asoslarining o‘rtalari bitta to‘g‘ri chiziqda yotadi.
59. Uchburchak bissektrisasining xossasi. Uchburchakning bissektrisasi uning
tomonini qolgan tomonlarining nisbati kabi nisbatda bo‘ladi.
60. Berilgan uchburchak asosining balandligiga ko‘paytmasi o‘zgarmasdir.
61. Agar 𝐵𝑀 va 𝐶𝑁 lar – 𝐴𝐵𝐶 uchburchakning balandliklari bo‘lsa (∠𝐴 ≠ 90°), u
holda 𝐴𝑀𝑁 uchburchak 𝐴𝐵𝐶 uchburchakka o‘xshash bo‘ladi va bunda o‘xshashlik koeffitsiyenti |cos ∠𝐴| ga teng.
62. 𝐸 nuqtada kesishuvchi 𝐴𝐵 va 𝐶𝐷 vatarlar kesmalarining uzunliklari
ko‘paytmasi teng, ya’ni |𝐴𝐸| ⋅ |𝐸𝐵| = |𝐶𝐸| ⋅ |𝐸𝐷|.
Do'stlaringiz bilan baham: |