24. Fales teoremasi. Agar burchakning bir tomonidan teng kesmalar qo‘yib, bu
kesmalar oxirlaridan burchakning ikkinchi tomonini kesib o‘tuvchi parallel to‘g‘ri
chiziqlar o‘tkazilsa, ikkinchi tomonni ham teng kesmalarga ajratadi.
25. Uchburchakning o‘rta chizig‘i. Uchburchakning ikki tomoni o‘rtalarini
tutashtiruvchi kesma uchburchakning o‘rta chizig‘i deyiladi.
Uchburchakning o‘rta chizig‘i haqidagi teorema. Uchburchakning o‘rta chizig‘i
uchburchak tomoniga parallel va uning yarmiga teng.
26. To‘rtburchak tomonlari o‘rtalarining xossasi. Istalgan to‘rtburchak
tomonlarining o‘rtalari parallelogrammning uchlari bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |