70. Uchburchakdagi metrik munosabatlar. 1) Kosinuslar teoremasi. Uchburchak bir tomonining kvadrati qolgan ikki tomon kvadratlari yig‘indisidan bu ikki tomon va ular orasidagi burchak kosinusi ko‘paytmasi ikkilanganining ayirmasiga teng. 2) Kosinuslar teoremasidan kelib chiqadigan natija. Parallelogrammning diagonallari kvadratlarining yig‘indisi barcha tomonlari kvadratlarining yig‘indisiga teng. 4) Sinuslar teoremasi. Uchburchakning tomonlari qarama-qarshi burchaklarining sinuslariga proporsional. 5) Sinuslar teoremasining umumlashmasi. Uchburchak tomonining unga qarama-qarshi burchak sinusiga nisbati bu uchburchakka tashqi chizilgan aylana diametriga teng.