O'rta Osiyoning ashel davri arxeologiyasi. O'rta Osiyo hududi ibtidoiy kishilar tomonidan qachon egallanganligi togrisidagi ayrim ilmiy farazlar doirasida fikr yuritish mumkin bo'lgan yodgorliklar o'rganilgan. Ma'lumki, O'rta Osiyoning paleolit davri yodgorliklarini o'rganish ishlari A.P.Okladnikovning o'tgan asrning 30-yillarida olib borgan qidiruv ishlari natijasida Teshiktosh gor-makonining o'rganilishidan boshlanib, hozirga qadar ko'plab yodgorliklar aniqlangan.
Hozirga qadar O'rta Osiyo hududidan ashel davriga oid yigirmaga yaqin aniqlangan ochiq turdagi joy makonlar va gor-makonlardan iborat arxeologik yodgorliklar mintaqaning pastekistliklarida, tog oldi va togli hududlarida joylashgan. Yodgorliklarning aksariyatida stratigrafik qazishmalar amalga oshirilgan, ayrimlarining sirtidan topilgan mazkur davrga oid tosh qurollari bilan mashhur. Ashel davri arxeologik yodgorliklari O'rta Osiyoning barcha hududlarida uchraydi. Xususan, otgan asrning 40-yillarida A.P.Okladnikov Turkmaniston Yangaja II, 60-70-yillarida M.R.Qosimov Toshkent vohasi (Ko'lbuloq), U.I.Islomov Fargona vodiysi (Selungur), V.A.Ranov Janubiy Tojikiston (Qoratov I va Lohutiy I va Guldara) H.A.Altpisbayev Janubiy Qozogiston (Bo'riqazigan, Tanirqazigan) va yaqin yillarda A.P.Drevyanko rahbarligidagi sibirlik arxeologlar guruhi (Janish va Dostig) hududlarida olib borilgan tadqiqot ishlari sababli O'rta Osiyoning ashel davri bo'yicha muhim yangi ma'lumotlar to'plangan.
Bu mintaqaning ashel davri yodgorliklari sanasi akademik O.I.Islomov o'zining oxirgi ilmiy maqolalarida Selungir makoni sanasini mil.avv. 1,5 mln. yilliklar doirasida beligilagan. Lekin, boshqa bir tadqiqotchi olimlar unga e'tiroz bildirgan holda, so'nggi ashelning ilk bosqichlariga oidligini e'tirof etishadi.
O'rta Osiyoning eng qadimgi yodgorliklari orasida arxeolog olim V.A.Ranov tomonidan o'rganilgan Janubiy Tojikiston hududidagi Guldara, Qaratov I va Lohutiy I kabi makonlari muhim o'rin egallab, ular ashel davrining turli bosqichlaridan xabar beradi.
Ulardan eng qadimgisi Obimozor daryo vohasidagi Guldara makoni paleomagnit usulidagi tekshirish natijalariga ko'ra ashel davrining ilk bosqichiga oid. Makonning madaniy qatlamidan olingan tosh qurollarining hajmi ancha kichik. Ular dumoloq shaklli nukleuslar, tosh bo'lakchalari, uchrindilar, qirgichlar va sanchqilardan iborat bo'lib, ular qayroqtoshlardan yasalgan.
Ashel davrining keyingi bosqichlariga oid Qaratov I, Lohutiy I va boshqa joy makonlari muhim ahamiyatga ega. Qaratov I yodgorligi Dushanbe shahridan 50 km. janubi-sharqda dengiz sathidan 1125 metr balandlikda joylashgan. Yodgorlikning madaniy qatlamlari yerning tektonik siljishi natijasida soz tuproq tagiga ko'milib ketgan. Madaniy qatlamlaridan qazib olingan tosh qurollarining yasalishi juda sodda bo'lib, nisbatan kam sonli qismi past navdagi chaqmoqtosh va ko'progi daryo toshlaridan ishlangan. Ular chopperlar (skrebla, skrebki, prokolki to'qnagich) Yodgorlikda termolyuminissent usulidagi tekshirish natijalari asosan mil.avv. 200 ming yilliklar doirasida sanalanishi mumkinligi ta'kidlangan.
Nisbatan rivojlangan madaniyat bosqichiga ega bo'lgan Lohutiy I yodgorligi Obimozor daryosining o'ng irmogi Hashar daryosi soxilida joylashgan bolib, tosh qurollari daryo toshlaridan yasalgan bo'lib, Qaratov I yodgorligidagi tosh qurollarga nisbatan ishlanishi takomillashgan shaklga ega bo'lgan. Nukleuslari gardishsimon va bir maydonchali, bir tomonli. Shuningdek, daryo toshidan qopol ishlangan nukleuslar ham mavjud. Tosh qurollarga ishlov berishda qisman levallua texnikasi kuzatiladi. Tishli, oyiq qilib ishlangan tosh qurollari va chopperlar ham uchraydi. Makonning madaniy qatlamlarini termolyuminissent usuli bo'yicha mutloq tekshirish natijalari uning 120-130 ming yil qadimiylikga egaligini ko'rsatgan.
Janubiy Qozogistonning Qoratov hududidagi H.A.Altpisbaev o'rgangan Bo'riqazigan va Tanirqazigan yodgorliklari muhim o'rin egallaydi. Kichik Qoratov hududida Kamer togining janubiy yonbagirlarida Ko'ktol daryosidan Sharqda yerning ustki qismidan tadqiqotchi ko'psonli tosh qurollarini terib olgan. Qurollar ko'kimtir-Qora rangli chaqmoqtosh tosh navidan ishlangan. Ulardan chopper va chopping shaklli tosh qurollar ko'pchillikni tashkil etadi. Ikki tomonlama ishlov berilgan qol choqmorlari mavjud bo'lib, tadqiqotchi olim ularning shakli, urib sindirish va ishlov berilish texnikasiga ko'ra ikki turini ajratadi. Sindirilmalar shakli va o'lchamiga ko'ra turli xildagi yirik nushalardan iborat. Mazkur yodgorliklar tadqiqotchi tomonidan ashell davrlari bilan sanalangan.
Janubiy Qozogistonda, Jambil viloyatida joylashgan Shabakti makoni muhim o'rin egallaydi. Tadqiqotchi tomonidan Kichik Qoratovning shimoli-sharqiy tomonidan ashell-muste davrlari bilan sanalagan Takali va Qizilrisbek makonlari ham o'rganilgan. Tosh qurollari juda sodda bo'lib, yuqorida keltirilgan tosh navlaridan yasalgan. Sindirilmalar yuqorida keltirilgan xillaridan iborat. Nukleuslardan gardishsimon ikki tomonlilari ajralib turadi va ularning ayrimlari 20 sm.ga boradi. Ayrim nukleuslar uchburchak shaklli levallua ko'rinishda. Stratigrafik qatlamga ega bo'lmaganligi sababli tosh qurollarining shakllariga ko'ra ularning bir qismi muste davriga oid bo'lishi mumkin, degan xulosaga kelingan.
Ochiq turdagi makonlardan Angren shahridan janubi-garbda Ko'lbuloq makoni Ohangaron daryosining o'ng irmogi hisoblanadigan Jarsoyning o'ng tomonidagi soy bo'ylab uzunasiga joylashgan tepalikning qiyalangan joyida shu nomdagi buloq yaqinida joylashgan. Bu hudud Toshkent vohasidagi yirik tog tizmalaridan biri hisoblanadigan Chotqol tog tizimasining janubi-garbiy yon bagirlarida joylashgan. Arxeologik yodgorlik 1962 yili O.M.Rostovsev tomonidan aniqlangan bo'lib, 2007 yilga qadar ma'lum to'xtalishlar bilan bir necha bor qazishma ishlari olib borilgan. O'tgan asrning 60-80 yillarida M.R.Qosimov, 1994-1994 yillarda O'zR FA Arxeologiya instituti ilmiy rahbarligida (O'.I.Islomov - ekspedisiya ilmiy rahbari, K.A.Kraxmal, B.K.Sayfullayev, N.O.Hushvaqtov) RF FA Arxeologiya instituti Leningrad bo'limi hamkorligida (N.K.Anisyutkin) va 2007-2008 yillarda O'zR FA Arxeologiya instituti, RF FA Sibir bo'limi Arxeologiya va etnografiya instituti va Bryussel san'at va tarix qirollik muzeylari qo'shma ilmiy espedisiyasi (O'zbekiston-Rossiya-Belgiya) tomonidan o'rganilgan.
Amalga oshirilgan qazishma ishlari natijasiga ko'ra 19 metr qalinlikda 49 ta madaniy qatlamlar aniqlanib, ulardan 22 tasi ashel, 24 tasi o'rta paleolit (muste) va 3 tasi esa so'ngi paleolit davrlariga oid bo'lib, bu yerda ibtidoiy jamoa a'zolari taxminan ashel davrining ўxirgi bosqichlari (mil.avv. 200 ming yilliklar) dan to so'nggi paleolit (mil.avv. 24 ming yilliklar) davriga qadar muntazam hayot kechirganliklaridan habar beruvchi ashyoviy dalillar aniqlangan.
O'rta Osiyoning ashel davri topilmalari orasida Selungir makoni ahamiyati yuqori sanaladi. Yodgorlik Oloy tog tizmasidagi qaydarkon degan joyda joylashgan. Dastlab u o'tgan asrning 50-yillarida A.P.Okladnikov tomonidan o'rganilgan bolib, so'nggi paleolit davri bilan sanalangan. 80-yillarda arxeolog olim O'.Islomov va 90-yillarda uning shogirdi K.Kraxmallar tomonidan qazishma ishlari davom ettirilgan. qazishma natijalarida yodgorlikning beshta madaniy qatlami aniqlanib, ulardan jami 1417 dona tosh qurollari, shundan 852 ta uchrindi, 306 ta turli tosh qurollari va 38 ta nukleuslar olingan. Shuningdek, hayvon suyaklari bilan birgalikda eng qadimgi odamlarga tegishli suyaklar ham topib o'rganilgan. Suyaklar ibtidoiy odam bosh chanogining yuqori qismi, olti dona tish va yelka suyak bo'laklaridan iborat bo'lgan. Hayvon suyaklari topilmalari esa ayiq, bori, yovvoyi cho'chqa, buqa, tur, ot, arhar, bugu va nasorglarga tegishli bo'lgan.
Yodgorlikning shakllangan vaqtining mutloq davri bo'yicha ikki xil sanalar keltiriladi. U.I.Islomov yodgorlikning mutloq sanasini mil.avv. 1,5 mln. yillik bilan davrlashtirishsa, ayrim xorijlik mutahassislar uning qadimiyligini inkor etgan holda ashel davrining so'nggi bosqichiga oid ekanligini aytishadi.
Shuningdek, Turkmaniston hududida Turkman (ilgargi Krasnavodsk) yarim oroli hududida Yangaja va hara Tengir temir yo'l stansiyalari oraligida arxaik shakldagi ko'chirindi (otshep) va ikki nushadagi keskich (rubilsa) topilgan Qashqirbuloq (Turkmaniston) On Archa (Qirgiziston), yodgorliklari O'rta Osiyo hududida ashel davrining boshlaridan ibtidoiy jamoa kishilari yashay boshlab, ularga tegishli makonlar mintaqaning pasttekisliklaridan tortib, baland tog tizmalariga qadar bo'lgan keng hududlariga yoyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |