Olduvay davri. Sharqiy Afrikadan topib o'rganilgan dastlabki makon nomidan olingan paleolit davrining ilk bosqichi. Bu bosqichda insoniyatning ilk ajdodlari shakllanib, ularga tegishli makonlar Afrika qitasinig Sharqiy hududlarida keng tarqalgan. Ulardan eng mashhuri Tanzaniya hududida joylashgan Olduvay darasidagi makonda amerikalik paleoantropolog olim Luis Liki mil.avv. 1,75 mln. yilliklarda yashagan Xoma habilis - ishbilarmon odamiga tegishli suyak qoldiqlarini topib o'rganishga erishadi. Bu topilma o'z davri paleoantropologiya fani sohasidagi muhim kashfiyot sanalar edi. Yodgorlikda paleolit davrining barcha bosqichlariga tegishli 100 metrdagi to'rtta madaniy qatlamlar aniqlanib, uning yuqori qismi so'nggi paleolit davriga oid bo'lgan. Yodgorlikning eng quyi qismidagi 40 metrli madaniy qatlami paleolit davrining ilk bosqichiga tegishli bo'lib, undan tosh qurollari va hayvon suyaklari o'rin olgan. 1-madaniy qatlamidan bir tomoni urib sindirib ishlangan qopol tosh qurollari-chopperlar, ikkinchi madaniy qatlamda esa ikki tomoni urib sindirib ishlangan tosh qurollari-choppinglar paydo bo'ladi. Ulardan keyingi madaniy qatlami esa ashel davriga tegishli.
Lekin, Olduvay makonidagiga nisbatan qadimiyroq tosh qurollari Sharqiy Afrikadagi bir necha yodgorliklarning madaniy qatlamlaridan topilgan. Ularning eng qadimgisi Efiopiyadagi Vest Gona (2,8-2,4 mln.yil avval) va Keniyadagi Koobi Fora (2 mln. yil avval) kabi makonlardan topib o'rganilgan. Mehnat qurollarining asosiy qismini vulqon lavasi qotishmasidan hosil bo'lgan jinslaridan yasalgan qurollar tashkil etadi. Boshqa bir necha qurollar esa kvars va chaqmoqtoshli slansdan yasalgan. Mazkur makonlar madaniy qatlamlarida ibtidoiy jamoa kishilar vakillariga tegishli suyaklar qoldiqlari uchramaydi.
Bu davr ibtidoiy kishilari toshlarga ishlov berishda hali aniq va maqsadli zarbalarni amalga oshirish ko'nikma va malakasiga ega bo'lmaganliklari tufayli yasagan qurollari sodda va ancha qopol shakl hosil qilgan.
Olduvay davrida asosan qopol uchirilgan uzunchoq (sferoid) qurollardir. Ular go'sht va o'simlik mahsulotlarini maydalash maqsadida foydalanilgan. Uchinchi turdagi tosh quroli “chopper” (ing. - kesuvchi) tomondan urib-uchirish asosida yasalgan bo'lib, kesish va chopish maqsadlarida foydalanilgan. Ishlov berilmagan yuqori qismi ushlash uchun qulay bo'lgan. Keyinchalik ikki tomondan urib uchirilgan “chopping” lar paydo bo'ladi. Olduvay davri tosh qurollari orasida nukleuslar muhim o'rin egallaydi. Nukleus - toshning mehnat quroli yasash maqsadida tabiiy qobigi uchirib olingandan keyingi holati bo'lib, undan tosh qurollari yasash uchun bo'lakcha ko'chirib olish bilan bir vaqtda o'zidan qurol sifatida foydalanish mumkin bo'lgan. Olduvay bosqichi tosh qurollarining o'lchami 8-10 sm. ni tashkil etgan. Ayrim arxeologik ma'lumotlarning guvohlik berishga ko'ra olduvayliklar dastlabki qol choqmoridan foydalanishgan. qol choqmori zamonaviy tadqiqotlar davomida aniqlangan ashyoviy dalillarga ko'ra taxminan 1,5 mln. yilliklarda paydo bo'lgan ekan. Tosh qurolining bunday turi arxeologiya fani tilida “bifas”, deb ataladi. Dastlabki qol choqmorlari yirik (uzunligi 35 sm. gacha) oval yoki bodomsimon shaklga ega bo'lgan ogir mehnat quroli hisoblangan. Yuqori qismi keng va pastga tomon torayib, o'tkir uch hosil qilgan bu qurol bilan o'ng qolda zarba berilib, nisbatan ogir vazifalar bajarilgan. Bunday turdagi tosh qurollari majmuasiga nisbatan “Olduvay madaniyati” atamasi arxeologiya fani sohasida keng qollaniladi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Gruziya respublikasidagi Dmanisi shaharchasi yaqinidagi ilk tosh davriga oid makondan ham tosh davrining ibtidoiy odamining eng qadimgi vakillariga tegishli suyaklar topib o'rganilgan bo'lib, uning mutloq sanasini mil.avv. 1600 yilliklar bilan sanalangan. Bu bevosita insoniyatning Olduvay davrining oxirgi bosqichlaridan boshlab ibtidoiy odamlar Sinay yarim oroli orqali Yaqin Sharq hududlariga o'ta boshlaydi. Bu hudud fauna va florasi hozirga ancha yaqin bo'lgan. Bundan 2 million yillar avval Sharqiy O'rta yer dengizi atroflari hududlaridagi yerlarlarda villafrank faunasiga xos fil, etrusk nasorgi, gippopatam, timsoh va shular kabi issiqsevar hayvonlar yashagan. Bu davrda yer yuzining relefi ham hozirgidan ancha farq qilib, nisbatan past va tekis bo'lgan. Dengiz atrofi hududlari savannani eslatgan. Taxminan ikki milion yillar avval tog tizmalarining ko'tarilishi va toglar oraligi vodiylarining pasayish jarayoni faollashadi. Toglarning ko'tarilishi va eroziya jarayoni natijasida tabiiy gorlar ochib, keyinchalik qadimgi odamlar panoh topish imkoniyati paydo bo'ladi. Bunday qulay tabiiy sharoit so'nggi olduvay davri ibtidoiy odamlarining ushbu hudud bo'ylab keng tarqalishiga imkon yaratgan. Suriya va Livanning dengiz bo'yi hududlaridagi ibtidoiy makonlardan choppinglar va ularni yasashda hosil bo'lgan ko'plab mayda uchirindilar topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |