3. Sayohatgohning ob`yektlarida turistik oqimni vujudga
keltiruvchi bozor segmentlarining mavjudligi.
Tanlangan TJJlar va
turistik maskanlar turistik oqimni vujudga keltirayotgan taqdirdagina,
ularni destinatsiyalar darajasiga ko`tarish va alohida bozor segmentlari
bo`yicha o`rganish kerak bo`ladi.
4. TJJlar va turistik maskanlar joylashgan hududlarda doimiy
yashaydigan aholining va mehnat resurslarining borligi.
Turistik
faoliyat inson bilan bog`liq bo`lgan xizmattalab soha hisoblanadi.
Shuning uchun turistik xizmatlarni ko`rsatishga qodir bo`lgan malakali
kadrlar masalasi ham muhimdir. Ular bo`lmagan taqdirda, mavjud
aholining ishga layoqatli qismini turistik ta`lim tizimiga jalb qilish va
malakalarini oshirish belgilovchi ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |