Ibragimov nutfillo salimovich destinatsion menejment


-yil  –  ikki  yirik  mehmonxona  majmualari  “Buxoro  Palas”  va  “Afrosiyob Palas” ishga tushirildi



Download 1,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,84 Mb.
#397135
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   161
Bog'liq
Ibragimov D.M.-DESTINATSION MENEJMENT davlat miqyosida turizmni bozor usulida boshqarish san`ati

 
1996-yil  –  ikki  yirik  mehmonxona  majmualari  “Buxoro  Palas”  va 
“Afrosiyob Palas” ishga tushirildi.
 
1997-yil  –  Istambulda  bo`lib  o`tgan  Butunjahon  turistik 
tashkilotining  12-    Bosh  assambleyasida  O`zbekiston,  Fransiya  va 
Italiya  bilan  bir  qatorda,  BTT  Ijro  etuvchi  Qo`mitasiga  tanlanib, 
“O`zbekturizm” MKning xalqaro faoliyati tan olindi.
 
1998-yil – O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 346-
sonli 
“Turistik 
tashkilotlarning 
faoliyatini 
takomillashtirish 
to`g`risida”gi  Qarori  bilan  turistik  xizmatlar  bozorida  kichik  va  o`rta 
turistik  tashkilotlarning  ishtirokini  faollashtirish  maqsadida  Xususiy 
turistik tashkilotlar Assotsiatsiyasi tashkil etildi.
 
1999-yil  –  O`zbekiston  Respublikasining  “Turizm  to`g`risida”gi 
Qonuni  qabul  qilindi.  “O`zbekistonda  2005-yilga  qadar  turizmni 
rivojlantirish Davlat Dasturi to`g`risida” Prezident Farmoni imzolandi.
 
2000-yil  –  Turizm  sohasida  yuqori  malakali  kadrlarni  tayyorlash, 
kadrlar  malakasini  oshirish  chora-tadbirlarini  amalga  oshirish,    qayta 
tayyorlash  va  attestatsiyadan  o`tqazish  maqsadida  “O`zbekturizm” 
MKning  Respublika  ilmiy-konsalting  ta`lim  markazi  tashkil  etildi, 
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida esa Xalqaro turizm fakulteti 
ochildi.
 
2003-yil – O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 497-
sonli  qarori  bilan  2003-yil  11-noyabrdan  boshlab  O`zbekiston 
Respublikasi  “Alohida  faoliyat  turlarini  litsenziyalash  to`g`risida”gi 
Qonunning  5-moddasiga  ko`ra  Turistik  faoliyatlarni  litsenziyalash 
nizomi tasdiqlandi.
 


 
 
 
51 
2004-yil  –  turizm  sohasini  samarali  boshqaruv  tizimi  bilan 
ta`minlash  maqsadida,  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 
28-iyuldan  boshlab  ``O`zbekturizm``  MKsi  faoliyatini  yanada 
takomillashtirib borish to`g`risida”gi 360- sonli Qaror qabul qilindi.
 
2006-yil  –  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 
dalolatnomasiga  muvofiq  “O`zbekturizm”  MKsi  2006-2010-yillar 
davrida  turizm  sohasini  bosqichma-bosqich  isloh  qilish  chora-
tadbirlarini amalga oshirishni boshladi.
 
2007-yil  –  xizmatlar  sohasini  kelgusida  rivojlanish  sur`atlarini 
oshirib  borish,  aholini  yangi  zamonaviy  va  sifatli  xizmat  turlari  bilan 
ta`minlash  maqsadida    “2010-yilgacha  bo`lgan  davrda  O`zbekiston 
Respublikasi  servis  va  xizmatlar  sohasi  rivojlanishini  yanada 
jadallashtirishning  qo`shimcha    chora-tadbirlari  to`g`risida”  Prezident 
Farmoni chiqdi.
 
2009-yil - O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev 
tomonidan  “2015-yilga  qadar  O`zbekiston  Respublikasida  turizmni 
rivojlantirish va xizmatlar sifatini  oshirish dasturi”ni tasdiqlandi.
 
2010-yil  -  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  “2010-
2020-yillarda  nomoddiy  madaniy  meroslarni  qo`riqlanishi,  saqlanishi, 
targ`iboti  va  ulardan  foydalanish  bo`yicha  davlat  dasturini  tasdiqlash 
to`g`risida” Qaror qabul qildi.
 
O`zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazir  o`rinbosari  E.M.  Ganiyev 
tomonidan  “2011-2012-yillar  davrida  turizm  sohasini  rivojlantirish  va 
mintaqalar  bo`yicha  turistik  xizmatlar  eksporti  salohiyatini  oshirish 
bo`yicha manzilli chora-tadbirlar Dasturi” tasdiqlandi.
 
Chet el turistik kompaniya vakillari va ommaviy axborot vositalari 
uchun  ``mega-info-turlar``  –  tanishtiruvchi  sayohatlarni  tashkil  etish” 
marketing loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.
 
“O`zbekturizm”  Mksining  sa`y-harakatlari  bilan,  o`tgan  20  yil 
ichida, 
jahon 
standartlariga 
javob 
beradigan 
“Shodlik-Palas”, 
“Afrosiyob-Palas”,  “Buxara-Palas”,  “Shaxrisabz  yulduzi”,  “Registon” 
va boshqa mehmonxonalar qayta ta`mirlandi va qurildi.
 
2013  yilda  O`zbekistonga  1977600  xorijiy  tashrif  buyuruvchilarga 
xizmat ko`rsatilgan bolib, ayni kunda mamlakatda 900 dan ortiq turistik 
tashkilotlar 
faoliyat 
ko`rsatadi. 
Jumladan, 
 
400 
dan 
ortiq 
mehmonxonalar va 500 ta turistik kompaniyalar.
 


 
 
 
52 
Mamlakatning  turistik  jihatdan  rivojlangan  hududlar  ulushiga  – 
Buxoro,  Samarqand,  Xorazm,  Toshkent  viloyatlari  va  Toshkent 
shahriga umumiy turistik oqimning 80%i to`g`ri keladi.
 
Ulushi  umumiy  oqimdan  20%  ni  tashkil  etuvchi  Farg`ona  vodiysi, 
Jizzax,  Qashqadaryo  va  Surxondaryo  viloyatlari  kabi  turistik  hududlar 
chet el tashrif buyuruvchilarida katta qiziqish uyg`ota bormoqda.
 
O`zbekiston Buyuk Ipak Yo`lining asosiy davlatlaridan biri sifatida 
ko`p  asrlik  tarixi,  betakror  madaniyati  va  an`analari  bilan  chet  ellik 
hamkorlar va sayyohlar e`tiborini yanada ko`proq o`ziga jalb etmoqda.
 
O`zbekiston uchun xos bo`lgan yana bir muhim xususiyat shundaki, 
bu  yerda  xalq  hunarmandchiligi  nihoyatda  keng  rivojlangan  va  asrab-
avaylab  kelinmoqda.  Hozirgi  davrda  respublikada  1500  dan  ortiq  xalq 
hunarmandlari sovg`a (suvenir) mahsulotlari tayyorlash bilan band [122, 
117].  Bular  chinni,  sopol  buyumlar,  milliy  pichoqlar,    shoxi  so`zana, 
do`ppi,  zardo`zlik  va  gilam  mahsulotlari  va  boshqalar.  Ekspertlarning  
fikricha  tashrif  buyuruvchilar  sayohat  qilish  uchun  ajratadigan  pul 
mablag`larining 
30%ni 
aynan 
tashrif 
buyurilgan 
joylarda 
tijoratlashtiriladigan  tovarlarga  (kiyim  kechak,  xalq  hunarmandchilik 
tovarlari  va  boshqa  yodgorlik  buyumlariga)  xarajat  qilar  ekanlar  [36, 
55-66].  Demak,  xalq  hunarmandchiligini  qayta  tiklash  O`zbekiston 
eksport salohiyatining yanada o`sishiga katta turtki bermoqda. 
Aytish  joizki,  turistik  nuqtai  nazardan  yuqori  jozibadorlikka  ega 
bo`lgan Samarqand, Buxoro, Xiva va Shaxrisabz turistik hududlarining 
iqtisodiyotida  turistik  soha  keng  ko`lamga  ega.  Turizm  borasida 
kadrlarni tayyorlashda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Xalqaro 
turizm”  fakulteti,  Samarqand  iqtisodiyot  va  servis  instituti,  Buxoro  
davlat  universiteti,  bundan  tashqari  5  ta  o`rta  va  maxsus  o`quv 
yurtlarining hissalari beqiyosdir. 
O`zbekiston  nihoyatda  katta  turistik  imkoniyatlarga  ega.  Bu 
birinchi  navbatda  mamlakatimizdagi  noyob  madaniy  yodgorliklardir, 
ular  mamlakatimizning  ko`p  ming  yillik  tarixi  in`ikosi  bo`lib 
hisoblanadi  va  Buyuk  Ipak  Yo`li  o`tgan  muhim  shaharlar:  Samarqand, 
Buxoro, 
Xiva, 
Shaxrisabz 
va 
boshqalardir. 
Undan 
tashqari 
respublikamiz  jug`rofiy  jihatdan  nihoyatda  qulay,  Markaziy  Osiyoning 
qoq o`rtasida joylashgan. O`zbekistonda nihoyatda keng qamrovli tabiiy 
–  iqlimiy  jihatdan  diqqatga  sazovor  makonlar  mavjud.  Bu  yerda  turli 
iqlimiy zonalar: qumli sahro, cho`l, tekislik vohalari, ajoyib va g`aroyib 
tog`lari va hatto subtropiklari mavjud. Mamlakatning bioiqlimiy sharoiti 


 
 
 
53 
turizm bilan faol shug`ullanishga keng sharoit yaratib beradi. Sog`likni 
tiklash  va  sport  bilan  yil    davomida  shug`ullanish  mumkin.  Davlat 
tomonidan  qo`riqlanadigan  9  ta  milliy  qo`riqxonalar,  istirohat  bog`lari, 
tabiat  yodgorliklari,  dendrologik  va  botanik  bog`lar  mavjud.  Bular 
ekologik  turizmni  rivojlantirish  uchun  katta  imkoniyatlar  borligidan 
dalolat beradi. 
Chimyon va Chorvoq tabiiy zonalarida tog` turizmi va ekoturizmni 
rivojlantirish  maqsadida  140  ta  sog`lomlashtirish  maskanlari  qurib 
bitkazilib, ular bir yilda 28 ming tashrif buyuruvchining sog`ligini qayta 
tiklash, ya`ni rekreatsion turizm bilan shug`ullanishga imkon beradi. 20 
mingdan  ortiq  xususiy  dala  hovlilar  ham  o`z  egalariga  topshirilgan 
bo`lib,  bu  ham  bir  yilda  16  mingdan  ortiq  mahalliy  tashrif 
buyuruvchilarning ushbu tabiat qo`ynida dam olishlarida qo`l keladi. Bu 
tadbirlarning  hammasi  bizning  o`lkamizda  nafaqat  madaniy  turizmni, 
balki  turizmning  boshqa  turlari  bo`lgan  tog`  turizmi,  ekoturizmi, 
rekreatsion turizm kabilarni ravnaq toptirishga keng sharoit yaratadi. 
Shunga  qaramasdan  madaniy  turizm  ayni  paytda  O`zbekiston 
uchun  turizmning  asosiy  shaklidir.  “O`zbekturizm”  MKsining 
ma`lumotlariga  qaraganda  [87,84]  O`zbekiston  hududida  hammasi 
bo`lib 4134 ta me`morchilik va arxeologik yodgorliklar mavjud  bo`lib, 
shulardan  501  ta  ob`yekt  turistik  maqsadda  foydalaniladi  (2.1-jadvalga 
qarang).  O`zbekiston  hududida  1548  ta  me`morchilik  ob`yektlari  va 
2586 ta arxeologik yodgorliklar mavjud bo`lib, ular tarixiy va madaniy 
qiymatga  ega.  Shunga  qaramasdan  faqatgina  ba`zi  shaharlar  turistik 
maskan  maqomini  olgan.  Boshqalari  esa  o`z  turistik  salohiyatidan 
samarali  foydalanish  muammolarini  yecholmay  faqat  diqqatga  sazovor 
jug`rofiy  joy  sifatida  na  foyda  va  na  zarar  keltiradigan  holatda  qolib 
kelmoqda.  
 
   
Turistik  maskan  maqomini olgan va dunyo bozorida turistik 
shahar  sifatida  tanilgan  Buxoro,  Samarqand,  Xiva,  Shaxrisabz  va 
Toshkent  shaharlarining  me`moriy  obidalar  zich  joylashgan  qismlarida 
turizm  rivojlanib,  turistik  ob`yektga  aylanish  salohiyati  mavjud,  lekin 
yaxshi  ta`mirlanmaganligi,  asosiy  turistik  ob`yektlarga  nisbatan  olisda 
joylashgani,  tarixiy  nuqtai  nazardan  to`liq  o`rganilmaganligi,  qolaversa 
turistik  paketlarni  yaratuvchilarga  noma`lum  bo`lganligi  sababli 
ta`mirga mo`htoj bo`lib o`z-o`zidan yemirilib ketmoqda. 
 
 


 
 
 
54 
   
 
 
 
 
 
                                    

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish