49
2. BOB.
O`ZBEKISTON TURIZM SOHASINI BOZOR
IQTISODIYOTIGA MOSLASHTIRISHGA QARATILGAN
“SAYOHATGOHLASHTIRISH” SIYOSATINI AMALGA
OSHIRISH
2.1. O`zbekiston turizm sohasining bozor iqtisodiyotiga o`tish
davridagi holati
O`zbekistonda turizm sohasida iqtisodiy islohotlar bosqichma-
bosqich amalga oshirilmoqda. Ekspertlarning fikricha [71, 306-311],
ushbu sohadagi iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichi 1992 yil
boshlandi. Aynan shu davrda “Turizm va ekskursiyalar bo`yicha
respublika soveti”, Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida
joylashgan “Goskomintur” filiallari, “Sputnik” yoshlar turistik
tashkiloti negizida Prezident I.A.Karimov farmonlariga binoan
“O`zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tashkil etildi (2.1-rasmga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: