joylarda sayohatgoh boshqaruv
organlarini
shakllantirib, o`z hududlarining turistik imkoniyatlarini
birlashtirgan holda taklif qilishlarini ta`minlash maqsadga muvofiq.
O`zbekiston misolida aytganda, o`z hududining turistik jozibadorligini
oshirish maqsadida har bir viloyat o`z turistik salohiyatidan kelib chiqib
mustaqil faoliyat ko`rsatadigan notijorat
“mahalliy sayohatgoh
boshqaruv organ”
larini shakllantirishi maqsadga muvofish. Bizning
fikrimizcha, bunday organ quyidagi tashkiliy tuzilmaga ega bo`lishi
mumkin (3.3-rasmga qarang).
Yangi shakllantiriladigan mahalliy sayohatgoh boshqaruv organini
“Buxoro destinatsiya” menejment kompaniyasi (MK) (“Bukhara
98
Destination Management Company”) deb nomladikki, u Buxoro
viloyatidagi sayohatgohlarning boshqaruvi bilan shug`ullanadi.
Sayohatgohlarning nufuzi ham e`tiborga molik masala bo`lib, har
bir hudud o`z viloyatida uni ko`tarishga alohida e`tibor qaratishi kerak.
Shundan kelib chiqib, Buxoro viloyati turistik jozibadorligini oshirish
bilan shug`ullanuvchi mahalliy sayohatgoh boshqaruvi organi ayni shu
hudud tomonidan taklif qiladigan barcha turistik xizmat va tovarlarning
umumlashgan sifatini kafolatlovchi nufuzga ega sub`yekt funksiyasini
bajarib, Buxoro turistik taklif tizimini tashkil qiladi. Qolaversa, turistik
salohiyatga ega boshqa viloyatlar ham o`z mahalliy sayohatgoh
boshqaruv organlarini shu nom bilan atashga haqlidirlar. Chunki,
xalqaro miqyosda O`zbekistonda sayohat qilishni taklif qilish uchun
barcha mahalliy sayohatgoh boshqaruv organlari nomidan, milliy
sayohatgoh boshqaruv organi sifatida “O`zbekiston destinatsiya”
menejment kompaniyasi (“Uzbekistan Destination Management
Company”)
faoliyat ko`rsatishi mumkin.
Rasmda tasvirlanganidek, “Buxoro destinatsiya” MK 6 ta
bo`limdan tarkib topgan davlat va xususiy mulk sarmoyalari negizida
tashkil etilgan organ sifatida shakllanishi mumkin. Aytish joizki, davlat
tashabbuskor sifatida namoyon bo`lib, ushbu organ shakllanishining
boshlang`ich
bosqichlarida
barcha
xarajatlarni
o`zi
qoplaydi.
Keyinchalik
esa,
davlat
va
nodavlat
sektori
tomonidan
moliyalashtirilgan
tashkilot
sifatida
faoliyat
ko`rsatadi.
Uni
moliyalashtirishning quyidagi imkoniyatlari mavjud deb o`ylaymiz:
- davlat tomonidan: turistik muassasalardan tushgan soliqlarning
ma`lum qismini shu loyihaga safarbar qilish orqali;
- xususiy sektor: shakllangan infotuzilmalar yordamida buyurtma
berilgan har bir mehmonxonadagi xonaga qilingan xarajatning ma`lum
qismini tashkilotga ko`chirish evaziga;
- davlat va nodavlat yirik korxonalar: homiylarning yordamidan
foydalanish;
- loyihalar tuzib xalqaro grantlar evaziga (JTT, YUNESKO);
- mahalliy byudjetdan turistik sohani takomillashtirish maqsadida
mablag` ajratish va shunga o`xshash boshqa imkoniyatlar.
Buxoro sayohatgoh boshqaruv organi quyidagi bo`limlardan tarkib
topishi mumkin:
99
Do'stlaringiz bilan baham: |