Ibragimov nutfillo salimovich destinatsion menejment


”Individual” turizm segmenti uchun



Download 1,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,84 Mb.
#397135
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   161
Bog'liq
Ibragimov D.M.-DESTINATSION MENEJMENT davlat miqyosida turizmni bozor usulida boshqarish san`ati

2.”Individual” turizm segmenti uchun: 
-  “Yetti  Pir”  ziyoratgoh  hududi  doirasida  turistik  ehtiyojlarni 
qondirishga qodir bo`lgan infra- va infotuzilmani yaratish; 
-  ushbu  ziyoratgoh  hududida  sayohat  qilishni  rag`batlantiruvchi 
chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 
“Yetti  Pir”  turistik  yo`nalishidan  o`rin  olgan  barcha  diqqatga 
sazovor  joylar  haqida  to`plangan  ma`lumotlarni,  rasmlari  bilan,  hamda 
Buxoro  viloyatidagi  turistik  xizmat  ko`rsatuvchi  barcha  korxonalar 
haqida  ma`lumotlarni  O`zbekiston  hududida  faoliyat  ko`rsatadigan 
mahalliy  turoperatorlarga  mahalliy  sayohatgoh  boshqaruv  organi 
yetkazib  beradi.  Ushbu  tadbirni  amalga  oshirib  u  Buxoro  hududining 


 
 
 
94 
yangi  turistik  imkoniyatlarini  ochish  manfaatini  ko`zlaydigan  tashkilot 
sifatida namoyon bo`ladi. 
Mahalliy turoperatorlar esa ushbu ma`lumotlardan foydalanib yangi 
“Yetti  Pir”  ziyoratgoh  paketini  tayyorlab,  uning  yagona  turistik 
mahsulot  sifatida  tijoratlashtirishdagi  barcha  sa`y-harakatlarni  amalga 
oshiradilar.  Aytish  joizki,  turoperatorlar  “Yetti  Pir”  turistik  paketidan 
o`rin  olgan  mehmonxona,  restoran,  transport  vositalari  kabi  xizmat 
ko`rsatuvchi korxonalardan qaysi birini tanlash va turistik paketni qaysi 
narxda  sotish  bilan  bog`liq  bo`lgan  qarorlarni  mustaqil  qabul  qiladilar. 
Ya`ni,  “Buxoro  destinatsiya”  menejment  kompaniyasi  “Yetti  Pir” 
ziyoratgoh  hududida  sayohat  qilish  jarayonida  qaysi  xizmat 
ko`rsatuvchilari  bilan  hamkorlik  qilish  kerakligi  borasida  biror 
ko`rsatma bermay, turistik paket narxining bozor mexanizmlari asosida 
shakllanishini ta`minlasa, uning raqobatbardoshligi yanada oshadi. 
“Individual”  turizmi  segmentining  ehtiyojlarini  qondirish  uchun 
infotuzilmani 
 
joriy 
qilish, 
infratuzilmani 
takomillashtirish, 
sayohatgohda sayohat qilishni rag`batlantirish chora-tadbirlarini ko`rish 
darkor. 
Xullas,  ushbu  tadbirlar  amalga  oshirilgandan  so`ng,  yuqorida  zikr 
etilgan  “O`zbekistonning  durdona  shaharlari”  va  yangi  Buxoroi 
Sharifning  “Yetti  Pir”  sayohatgohlari  boshqa  xalqaro  darajadagi 
sayohatgohlar  bilan  raqobatlasha  oladigan  hududiy  hamda  mahsulot 
birligiga aylanib,  quyidagi xususiyatlarga ega bo`ladilar: 
-  sayohatgohlar  milliy    sayohatgoh  boshqaruv  organi  sa`y-
harakatlari evaziga turistik oqimni mustaqil vujudga keltirishga erishib, 
tashqi turoperatorlar faoliyatlaridan tobe` bo`lmaydilar; 
-  turistik  oqim  mavsumiy  xarakterga  ega  bo`lmay,  tadbirlarni 
o`tkazish  va  tashrif  buyuruvchilarni  vujudga  keltiruvchi  bozorlarda 
mustaqil  marketing  targ`ibot-tashviqot  ishlarini  olib  borish  natijasida, 
uning barqarorligiga erishish mumkin; 
-  joriy  qilingan  info-    va  infratuzilmalar  nafaqat  “tashkil  qilingan” 
balki  “individual”  turizmi  namoyandalarining  har  ikkala  sayohatgoh 
doirasida sayohat qilish imkoniyatini berishga moslashadi; 
- vositachilar xizmatidan foydalanmasdan turib turistik ehtiyojlarni 
qondirishga qodir shart-sharoit shakllanadi; 
-  o`tkaziladigan  tadbirlarning  ommaviy  tus  olishi  va  respublika 
miqyosida  nishonlanishi  nafaqat  xalqaro  turistik  oqimlarni,  balki 


 
 
 
95 
mahalliy  turistik  oqimlarni  jalb  qilib,  xalqaro  va  ichki  turizmning 
ravnaq topib rivojlanishiga olib keladi; 
-  alohida  faoliyat  olib  boradigan  mahalliy  turoperatorlarning  bir-
biriga  o`xshash  turistik  yo`nalishlarni  taklif  qilishlari,  ularning  veb-
saytlarini  tahlil  qilish  jarayonida  namoyon  bo`ldi.  Integratsiyalashgan 
marketing  faoliyatini  olib  borish,  mahalliy  turoperatorlarning  taklif 
qilayotgan “turistik paketlar”ning xilma-xil bo`lishiga olib keladi, ya`ni 
ichki raqobatning kuchayishiga sabab bo`ladi; 
-  sayohatgohlashtirishning  boshlang`ich  davrlarida  turistik  sohada 
faoliyat  olib  boradigan  turistik  korxonalar  o`z  xizmat  va  tovarlarini 
vujudga 
keltiruvchi 
bozorlarda 
tijoratlashtirishning 
yangi 
imkoniyatlaridan bahramand bo`lish maqsadida hamkorlik rishtalarining 
shakllanishiga  olib  kelsa,  keyingi  bosqichlarda  bu  munosabatlar 
takomillashgan  infra-  va  infotuzilmalarni  joriy  qilishday  yirik 
tadbirlarni o`tkazishda ham qo`l kelishiga ishonchimiz komil. 

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish