Kurs ishining maqsadi: O’rta asrlarda yashab o’tgan O’rta Osiyolik qomusiy olimlarning pedagogik qarashlari va «Abu Ali ibn Sinoning pedagogik qarashlari» o'qitishda manbalardan foydalanishning ilmiy- nazariy, tahlil etishdan iborat. Ishda og’zaki so’rovlar, interv’yu, kuzatuv, o’quvchilarning og’zaki va yozma fikrlarini o’rganish, pedagogik eksprement, matematik-statistik uslublar qo’llanilishini namoyon qilish. Shuningdek, tizimlilik, umumiy aloqadorlik, rivojlanish, tarixiylik, qiyosiy tahlil kabi uslublarda ko’zlangan maqsadga erishish, belgilangan vazifalarni muvoffaqiyatli hal etishda, Abu Ali ibn Sinoning pedagogik qarashlaridan foydalanish va ularning keng ilmini o’rganishda aniqlik va ilmiy manbalar asos vazifasini o’taydi. Ta’lim to’g’risidagi qonun asosida ta’lim tizimidagi dolzarb muammolardan biri – ta’lim berish jarayonida O’rta Osiyoda yashab ijod qilib ketgan qomusiy olimlarining ilmiy merosidan foydalanish muammolarining o’rni va ahamiyatini belgilash, nazariy, ilmiy-uslubiy asoslarini izlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |