Jismoniy va mehnat tarbiyasi haqida. Jismoniy tarbiyaning maqsadi bolaning tabiiy jismoniy iste’dodni rivojlantirishdan, unda ko‘nikma va malakalar hosil qilishdan va shu yo‘l bilan uning jismoniy kuch-qudratini o‘stirishdan iboratdir. Pestolotstsi bu maqsad amalga oshirilsa, jismoniy tarbiya insonning shaxs sifatida shkllanishiga, aql-idroki, axloqiy his-tuyg‘ulari va irodasining rivoj topishiga ishondi.
Pestolotstsi bolaning harakat qilishga tabiiy intilishi, bu – ularni jismoniy tarbiyalash asosi ekanligini ta’kidladi. U jismoniy tarbiyani mehnat tarbiyasi bilan uzviy birgalikda amalga oshirishni tavsiya etdi. Buning ahamiyatini Pestolotstsi faqat bolaning jismoniy emas, balki axloqiy rivojlanishida ham ko‘rdi. U bolaning qo‘lidan keladigan ishlarni ko‘rdi. U bolaning qo‘lidan keladigan ishlarni bajarilishi ularni insoniy qadr-qimmat, mehnatsevarlik, qat’iylik, vijdoniy poklik kabi fazilatlarni rivojlanishida asosiy bo‘lishiga e’tibor berishni talab etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |