(11) IAP 06766 (13) C
(51) B42D 25/00 (2014.01), G06K 19/06 (2006.01), B41M 3/14 (2006.01)
(21) IAP 2016 0233 (22)19.11.2014
(31)(32)(33) 13 02660, 19.11.2013, FR
(71)(73) Ayen-Ay Di Ti, FR
Айэн-Ай Ди Ти, FR
(72) ROBEN, Filipp, KOEN, Mark, KEMYoNYoR, Jan-Iv, BELKXITER, Djilali, LAFON, Jan-Per, NUVEL, Patrik, FR
РОБЕН, Филипп, КОЭН, Марк, КЕМЁНЁР, Жан-Ив, БЕЛКХИТЕР, Джилали, ЛАФОН, Жан-Пьер, НУВЕЛЬ, Патрик, FR
(85) 17.06.2016
(86) PCT/EP2014/074979, 19.11.2014
(87) WO 2015/075053, 28.05.2015
(54) Identifikatsiyalovchi hujjat, uni tayyorlash usuli va uni o‘qish usuli
Идентификационный документ, способ его изготовления и способ его считывания
(57)
Foydalanish sohasi: himoyalangan qimmatli hujjatlar. Vazifasi: katta hajmdagi hujjatlarni kodlash imkonini beradigan va oddiy aniqlash imkoniyatini ta’minlaydigan identifikatsiyalovchi hujjatni ishlab chiqish. Ixtironing mohiyati: hujjat harfiy yozuv tushirilgan fizik taglikka va insonni identifikatsiyalash uchun ikki o‘lchamli shtrix-kodga ega. Har bitta shtrix-kod fuqarolik holati aktlarini yozish to‘g‘risidagi axborotni va insonning biometrik axborotini o‘z ichiga oladi. Axborot bir xil o‘lchamdagi bir nechta bir-birini to‘ldiradigan elementar fayllarda tashkil qilingan va kodlangan. Har bitta elementar fayl sarlavha va shifrlangan elementar fayldan tarkib topgan. Bir-birini to‘ldiradigan hamma elementar fayllarning birikuvi ko‘rsatib o‘tilgan axborotni o‘zida jamlagan dastlabki kodlangan faylni taqdim etadi. Har bitta ikki o‘lchamli shtrix-kod tartiblashtirish axborotini va identifikatsiyalovchi faylning elementar faylini o‘z ichiga oladi. Tartiblashtirish axboroti identifikatsiyalovchi faylda bir-birini to‘ldiradigan elementar fayllar tartibini ko‘rsatadi. indentifikatsiyalovchi axborot to‘planganidan keyin indentifikatsiyalovchi axborotni o‘z ichiga olgan xususiy fayl shakllantiriladi, va xususiy fayl, kodlangan faylni hosil qilish uchun, shifrlanadi. Kodlangan fayl bir xil o‘lchamga ega bo‘lgan kamida ikkita bir-birini to‘ldiradigan elementar faylga ajratiladi. Har bitta elementar faylga sarlavha qo‘shiladi. Elementar fayllar ikki rangdagi nuqtalardan iborat matritsaga aylantiriladi. Shtrix-kodlar bitta taglikda aynan o‘xshash formatda bosiladi. Shtrix-kodlar individual sanaladigan kodlarni ifodalaydi, va har bitta shtrix-kod kodsizlantiriladigan bo‘ladi. Sanashda ikki o‘lchamli shtrix-kodlarning har bittasi sanaladi va kodsizlantiriladi.
Yagona faylni shakllantirish uchun ikki o‘lchamli shtrix-kodlardagi kodsizlantirilgan axborot elementlari birlashtiriladi va undan identifikatsiyalovchi axborot chiqarib olinadi.
Formulaning 3 m.b., 9 b.b., 5 ta rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |