Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar:
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) kursi o‘quv rejasining “Ta’limda boshqaruv”, “Boshqaruvda huquqiy masalalar”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish”, “Boshqaruvda mas’uliyat va moslashuvchanlik”, “Boshqaruvda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va media savodxonlik”, “Kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish”, “Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari”, “O‘zini-o‘zi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish” modullari bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar tegishli yo‘nalish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari direktorlari va rahbar kadrlar zaxirasi malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari bilan belgilanadi.
Kurs hajmi
Malaka oshirish kursining davomiyligi 30 soatni tashkil etadi. Malaka oshirish toifasi bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan kurs tinglovchilariga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. O‘quv modulining har 2 soatini o‘zlashtirganligi uchun tinglovchiga 1 kredit ball beriladi.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish kursi o‘quv rejasidagi modullarining mazmuni
Ta’limda boshqaruv
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining mazmun mohiyati. Davr talabi asosida milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish maqsadida ta’lim-tarbiya sohasi oldida turgan dolzarb muammolar. Yuksak ma’naviyatli rahbar va pedagog – bugungi davr talabi ekanligi. Yuksak ma’naviyatli rahbar va pedagoglarni shakllantirish: muammo va yechimlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF6108-son, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmonlari, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son, “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son, “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ4963-son qarorlari va boshqa ta’lim sohasiga oid me’yoriy hujjatlar mazmuni.
Ta’lim muassasalarini boshqarishning maqsad, vazifa va usullari. Ta’lim muassasasida rahbarlarga qo‘yiladigan talablar va ularning funksional vazifalari. Ta’lim muassasalarida samarali boshqaruv. Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish.
Ta’lim muassasalarida ijro intizomini ta’minlash masalalari. Rasmiy yozishma qoidalari (rasmiy xatlarga javob, buyruqlarni rasmiylashtirish va tayyorlash, nazorat kartochkalarga rezolyusiyani quyish va x.q.). Yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlar to‘g‘risida. Hujjatlarning davlat standartlari.
Ta’limda personalni boshqarish masalalari. Ta’limda mehnatning funksional taqsimoti. Inson kapitalini yaratish, inson kapitali indeksi, inson kapitali bo‘yicha loyihalar, strategik maqsadlar. Inson kapitalini optimal rejalashtirish. Kasbiy trayektoriya. Mehnat huquqini buzilishi masalalari. Mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlar va ularning vakolatlari.
Strategik menejment. Strategik rejalashtirish. Ta’lim muassasasi faoliyatining tahlillari. Mavjud muammolarni hal etish yo‘llari, ularni baholash, nostandart yechimlarini aniqlash. Samarali maqsad qo‘yish.
“Kelajak maktabi” faoliyatini tashkil etish va uning me’yoriy asoslari.
Rahbar va vaqt. Taym menejment asoslari. Boshqaruvning zamonaviy usullari. Natijaga asoslangan boshqaruv (result based management). Sifatini umumiy boshqarish (Total quality management). Rahbar va pedagog xodimlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari (key performance indicators).
Loyihalarni boshqarish (project management). Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarda loyihaviy boshqaruvni joriy etish masalalari.
Tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va boshqarishning zamonaviy yondashuvlari. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish masalalari. O‘quvchilarni kasbiy qobiliyatlarini aniqlashning zamonaviy usullari. O‘quvchilarda yumshoq ko‘nikmalarni (soft skills) shakllantirish masalalari. Loyihaviy ta’limini ta’lim tarbiya jarayoniga tatbiq etish. O‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari. Loyiha ishini ishlab chiqish texnologiyasi. Ta’lim muassasalarida sanitariya qoida va me’yorlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |