I variant Morfemika bo’yicha maxsus test


I Variant Morfemika bo’yicha maxsus test



Download 41,35 Kb.
bet6/10
Sana05.09.2021
Hajmi41,35 Kb.
#165259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MORFEMIKA TEST 100

I Variant

Morfemika bo’yicha maxsus test



1 Qaysi gapda birgina sonor tovush so‘z yasovchi qo‘shimcha vazifasini bajargan?
A) Tashvishlar inson umrini yanada
qisqartirishi bor gap, do‘stim.
B) Erkin yosh avlodlar senga zo‘r qanot.
C) Insoniyat qadimdan go‘zallikni ulug‘lab
kelgan. D) Onamning har bir aytgan gapi, nasihati qulog‘im ostida jaranglaydi.
2 Berilgan gapda lug‘aviy shakl yasovchilar tarkibidagi undoshlar haqida bildirilgan qaysi hukm to‘g‘ri? Qarigan chog‘da halovat istasang, yoshlikda ilm olish payida bo‘l.
A) barchasi til undoshlari
B) barchasi jarangli undoshlar
C) barchasi jarangsiz undoshlar
D) barchasi portlovchi undoshlar
3 Qaysi qatorda quyi keng unlilardan so‘ng talaffuzda tovush orttirilishi kuzatiladigan so‘zlar ko‘rsatilgan?

1 ) radio; 2) said; 3) okean; 4) saodat; 5)doimo; 6) taajjub; 7) shoira
A) 2, 5, 7 B) 1 , 2, 3, 5

C) 2, 4, 5, 6, 7 D) 1 , 2, 5
4 Berilgan gapdagi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalarda portlovchi undoshlar soni nechta? Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko‘tarib kelayotgan yosh nihollarni silkitardi.
A) 7 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 5 ta
5.Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra n va l undosh tovushlariga to‘g‘ri tavsif berilgan qatorni toping.

A) jarangli undoshlar
B) n - til undoshi, l - lab undoshi
C) n - portlovchi, l - sirg‘aluvchi
D) sirg‘aluvchilar
6 Qaysi qatordagi so‘zda ma’noli
qismlarining umumiy tartibi buzilgan hol kuzatiladi?

A) o‘rnashmoq B) jo‘shqinlik

C) eslaganlik D) borayotgan
7 Asosdosh yasama so‘zlar berilgan
qatorni aniqlang.
A) allala, allaqayer, allam
B) birikma, birlash, birinch
C) baobro‘, beobro‘, obro‘siz
D) aqlni, aqlga, aqlim
7 O‘rinsiz uyalib, maqsadni ro‘yobga
chiqara olmaslik - noshudlikdir. Gapdagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar sonini aniqlang.

A) 5 ta: -in, -siz, -maslik, no-, -lik
B) 4 ta: -in, -siz, -lik

C) 3 ta: -siz, no-, -lik
D) 2 ta: -siz, -lik
8 Qo‘sh undoshlardan biri tushirilganda so‘zning lug‘aviy ma’nosi o‘zgaradigan qatorni toping.
A) grammatika, zarra, taraqqiyot
B) issiq, do‘ppi, qattiq
C) ellar, sodda, nonning
D) jajji, yo‘lla, million
9 Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan tovush almashinishi yuz beradigan so‘zlar qatorini toping.

A) o‘yin, o‘qi, bog‘

B) o‘rdak, qishloq, qoshiq

C) ek, tog‘, teg

D) og‘ir, bog‘, chilla
10 Bo‘g‘inlarga ajratish bilan asos va
qo‘shimchalarga ajratish teng keladigan qatorni toping.

A) boshim, taxti B) bog‘im, tog‘ga C) tongga, bog‘da D) boshqa, qoshni
1 1 Bo‘g‘inlarga ajratish bilan asos va qo‘shimchalarga ajratish teng kelmaydigan qatorni toping.
A) fikrim, baxtim B) boshga, toshda
C) shahri, kuchli D) faxri, aqldan
12 Eng gullagan yoshlik chog‘imda,
Sen ochilding ko‘ngil bog‘imda.
Ushbu gapdagi yasama so‘zlarda qanday til undoshlari ishtirok etgan?
A) til oldi, til o‘rta
B) til o‘rta, til orqa
C) til oldi, til o‘rta, til orqa
D) til oldi, til o‘rta, til orqa va chuqur til orqa
13 Qaysi gapdagi yasama so‘z asosida sirg‘aluvchi tovush mavjud emas?
A) Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib.
B) Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi.
C) Xalqlar birligi - po‘lat qudrati.
D) So‘z so‘zlashda va undan jumla
tuzishda uzoq andisha kerak.
14 Qizlar nimani o‘ylaydilar va nima
to‘g‘risida ma’yuslanadilar, bu esa
qizlarning bizga noma’lum bo‘lgan ichki sirlaridir. (A.Qodiriy)
Gapda faqat sonorlardan iborat yasama so‘zlar soni nechta?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
15 Birikmagan birlashmas.
Ushbu gapda qo‘llanilgan so‘z yasovchi morfema tarkibidagi portlovchi tovushni aniqlang.

A) k B) g C) l D) m
16 Quyidagi gaplarning qaysi birida jarangli undoshlardan tashkil topgan yopiq bo‘g‘indan iborat so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud?
A) Birlashgan daryo bo‘lur.
B) Do‘stlik barcha boylikdan afzal.
C) Bog‘ jamoli bog‘bondan.
D) Yurganning yo‘li oshar, o‘tirganning o‘yi
17 Agar yaxshiliging seni xursand qilib, yomonliging xafa qilsa, demak, sen mo‘min ekansan.
Ushbu gapda nechta yasama so‘z fonetik o‘zgarishga uchragan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
18 So‘z yasalish jarayonida so‘z yasash asosiga qaysi yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilganda asos qismning tovush tarkibida o‘zgarish ro‘y beradi?
A) -illa, -a, -q, -qi, -ar, -ay, -la
B) -a, -q, -qi, -ar, -ay, -la
C) -a, -q, -qi, -ay, -chi
D) -illa, -im, -a, -q, -qi, -ar, -ay, -la
19 So‘z yasalish jarayonida asos qismning tovush tarkibida o‘zgarish sodir qiladigan fe’l yasovchi qo‘shimchalar qatorini aniqlang.
A) -a, -la, -ay, -illa

B) -a, -la, -i, -q, -qi
C) -a, -la, -ay, -i, -illa

D) -a, -la, -ay, -ar
20 1) -in; 2) -k; 3) -q;

4) -i; 5) -ir; 6) -don
Berilgan qo‘shimchalardan qaysilari ham o‘zaro so‘z yasovchilar orasida, ham so‘z yasovchi va shakl yasovchi sifatida shakldoshlik hosil qila oladi? A) 1 , 2, 4 B) 1 , 2, 5

C) 1 , 2, 3, 4, 5, 6 D) 1 , 3, 4, 6



Download 41,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish