Kamera o‘rnatish. Sahnaning yakuniy vizualizatsiya jarayonini boshlashdan oldin ko‘rinish rakursini to‘g‘ri tanlash lozim, chunki vizualizatsiya ko‘rinishning rakursi, oyna proyeksiyasidagi ko‘rish rakursiga mos keladi. Bunda asosan perspektiva oynasi yordamida rakurs ustida oyna proyeksiyasidagi boshqarish tugmalari yordamida ish olib borilar edi. Endi maxsus obyektlarni ko‘rib chiqamiz, ular yordamida sahna ko‘rinishining rakursi ustida qulay ishlash mumkin – syomka kameralari.
Sahnada bir necha ixtiyoriy obyektlar yaratiladi. Yaratiladigan obyektlar bir biriga yaqin joylashtiriladi.
Buyruqlar panelining birinchi bo‘limidan to‘rtinchi bo‘lim osti Cameras (Syomka kameralari) bandi tanlanadi. Bunda syomka kamerasini yaratishning ikki usuli: Target Camera (Yo‘naltirilgan) va Free (Erkin) paydo bo‘ladi.
Yo‘naltirilgan kamera uskunasi Target (Yo‘naltirilgan) tanlanadi. Target (Yo‘naltirilgan) kamera xuddi Target Spot (Nuqtali yo‘naltirilgan) yo‘naltirilgan yorug‘lik manbai singari tanlanadi: tugmani bosib syomka kamerasining fazodagi holati aniqlanadi, kursorni chetga surish bilan uning yo‘nalishi aniqlanadi. Top (Tepa) oynasida syomka kamerasi yaratiladi, xudd 77-rasmda ko‘rsatilganidek.
rasm. Sahnaga syomka kemerasi qo‘shilgan.
Endi sahnada modeldan tashqari ularga yo‘naltirilgan kamera paydo bo‘ldi. Sahnani yangi yaratilgan kamera orqali ko‘rish uchun Perpective (Perspektiva) proyeksiya oynasi belgilanadi, so‘ngra ana shu oyna menyusi ochiladi
(sichqonchaning chap tugmasini chap burchakdagi nomiga bosish yo‘li bilan) va Cameras – Camera 01 menyu bandi tanlanadi, yoki “C” tugma bosiladi.
Oyna proyeksiyasining ko‘rinishi o‘zgaradi. Endi Perspective (Perspektiva) yozuv o‘rniga oynaning yuqorigi chap burchagida Camera 01 yozuvi namoyon bo‘ladi. Ko‘rish esa syomka kamerasi orqali amalga oshiriladi.
Harakat manipulyatori olinadi, hohlagan ortografik oyna proyeksiyasida (masalan, Top (Tepadan ko‘rinish) oynasida) yaratilgan syomka kamerasi belgilanadi va uni har tarafga qo‘zg‘atiladi. Kameraning joylashuvini o‘zgartirish yo‘li bilan sahnaning ko‘rish rakursi o‘zgartiriladi. Shunday qilib, ko‘rish rakursini sozlash harakat va aylantirish manipulyatorlari orqali bajarish mumkin. Bu proyeksiya oynasidagi boshqarish manbalaridan ko‘ra ancha qulay.
Syomka kamerasi projektor kabi ikki obyektdan tashkil topgan: kameraning o‘zi va uning maqsad nuqtasi. Fazoda maqsad nuqtasini o‘zgartirib, kamera orqali ko‘rishni o‘zgartirish mumkin. Kameraning o‘zi esa joyidan qo‘zg‘almaydi. Kamerani o‘zini surib, ko‘rish nuqtasini o‘zgartirish mumkin, yo‘nalish esa doimiy bo‘lib qoladi.
Syomka kamerasi orqali ko‘rish rejimini o‘zgartirish uchun va Perspective (Perspektiva) rejim oynasiga qaytish uchun, proyeksiya oynasining menyusidan Perspective (Perspektiva) bandi yoki dastlab syomka kamerasining proyeksiya oynasini belgilab yoki “P” tugmasini bosish lozim. Sahnaning standart rejim ko‘rinishi qaytadi.
Syomkaga olish kamerasini yaratish usulining yana bir turi bu yo‘naltirilgan kamerani avtomatik ravishta yaratish va uni fazoda shunday joylashtirish kerakki, uning rakurs ko‘rishi hozirgi Perspective (Perspektiva) oyna proyeksiyasining rakursi bilan mos kelsin. Buning uchun ayni paytda Perspective (Perspektiva) oyna proyeksiyasi faol va kombinatsiyalashgan “Ctrl+C” tugma bosiladi. Natijada avtomatik ravishta yo‘naltiruvchi kamera yaratiladi va yoqiladi. Bunda sahnaning ko‘rish rakursi o‘zgarmaydi.
Kerak bo‘ladigan kameraning asosiy ko‘rsatkichi Field of View (Ko‘rish burchagi) hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich kamera bilan sahnani qamrab olish
o‘lchamlariga javob beradi. Hohlagan yaratilgan kamera belgilanadi va u yoqiladi, buyruqlar panelining ikkinchi bo‘limidan uning ko‘rsatkichlariga o‘tiladi. Bunda FOV Field of View (Ko‘rish burchagi) Parameters (Ko‘rsatkichlar) bo‘limida joylashgan (78-rasm).
rasm. FOV ko‘rsatkichi.
Ana shu ko‘rsatkichni kattalashtirib, kameraning proyeksiyalar oynasida va boshqa oynalardagi o‘zgarishlarga ahamiyat beriladi: oyna proyeksiyasida sahnani qamrab olish o‘lchamlari kattalashadi, boshqa oynalarda ko‘rish burchagi ortadi (79-rasm).
rasm. Syomka kamerasining ko‘rish burchagi o‘zgargan.
Shunday qilib kameraning fazoda joylashuvini o‘zgartirmay turib, sahnani kamera bilan qamrab olish o‘lchamlarini sozlash mumkin. Bunday holat kichik xonalarda o‘rnatilgan kameralar uchun qulay.
Kameraning ikkinchi turi Free (Erkin). Erkin kamera ham xuddi shunday ishlaydi, farqi shundaki unda maqsad nuqtasi yo‘q. Maqsad nuqtasining yo‘qligi undan foydalanishda ancha noqulaydir. Shuning uchun ko‘pincha yo‘naltirilgan kameradan foydalaniladi.
Kamera parametrlari Create (Yaratish) panelida yaratilganda darhol o‘rnatiladi yoki keyinchalik Modify (O‘zgartirish) paneli orqali o‘zgartiriladi (80- rasm).
rasm. Kamera sozlamalri.
Bir-biriga bog‘langan hisoblagichlar Lens (Linzalarning fokus uzunligi) va FOV (Ko‘rish burchagi) – kameraning ko‘rish maydonining o‘lchamini boshqaradi: fokus uzunligi oshgani sayin FOV (Ko‘rish burchagi) vaqtning qiymati kamayadi va ko‘rish burchagi torayadi yoki aksincha. Ko‘rish maydoni ochiladigan menyu (FOV parametridan chapda strelkali tugma) orqali tanlab, o‘rnatilgan rejimga qarab gorizontal, vertikal yoki diagonal o‘lchanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |