BOB. ANIMATSIYA YARATISH. TAYYOR LOYIHALAR USTIDA
ISHLASH 109
Animatsiya asosiy xususiyatlari 109
Kalit animatsiya 109
Modifikator parametrlarini animatsiya 117
AMALIY MASHG‘ULOT VAZIFALARI 120
XULOSA 154
GLOSSARIY 155
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 159
KIRISH
Hozirgi fan va texnikaning rivojlanishida kompyuter grafikasining ahamiyati juda katta. Kompyuter grafikasining qo‘llanilish ko‘lami juda keng, masalan: reklama, web dizayn, poligrafiya, tipografiya, arxitektura, loyihalash, dizayn yo‘nalishlarida va boshqa ko‘pgina sohalarda uchratishimiz mumkin. Ya’ni kompyuter grafikasida tasvir asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Mustaqillikdan so‘ng respublikamizda axborot va kompyuter texnologiyalariga katta e’tibor berildi. Jahonning ko‘plab mamalakatlari zamonaviy kompyuterlarga va ularni yoshlarga bevosita o‘rgatishga kirishdi. Yangi axborot texnologiyalari rivojlanishiga ko‘plab mamlakatlar katta e’tibor berildi va har xil festival, musobaqa, tanlovlar qilinmoqda. Shu jumladan, mamlakatimizda ham bunday ishlarga befarq qaralmayapti.
Mustqail O‘zbekistonimizda kompyuterlashtirishni rivojlantirish, zamonaviy kompyuterlarni qo‘llash va ularni samarali, sifatli ishlatish, kompyuter bozorini kengaytirish, shu va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda va yanada yangi yo‘nalishlari rejalashtirilmoqda.
Bugungi kunda juda ko‘plab kompyuter dasturlari mavjud bo‘lib, ularni qaysi sohada qo‘llanilishiga qarab bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o‘z faoliyatlari uchun qulay bo‘lgan dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma’lum bir sohaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Demak, kompyuter dasturini tanlashda avvalambor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda kompyuter dasturini qo‘llashdan oldin boshqa bir dasturlar yoki fanlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan
ham kompyuter dasturlar murakkablashib boradi.
Ta’lim tizmidagi olib borilayotgan shiddatli o‘zgarishlar tufayli zamonaviy va raqamli texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, kompyuter kommunikatsion texnologiyalari o‘rganishni amaldagi tizimini tashkil etish shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va media texnologiyalardan foydalanish
borasidagi talabga to‘liq javob beradi.
Hozirda kompyuter texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yurtimizda kompyuter texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunga kelib, barcha rivojlangan mamlakatlarda fan va texnika, ishlab chiqarish vositalari hamda texnologik jarayonlar deyarli to‘liq kompyuterlashtirilgan. Shuningdek, dunyoning barcha ishlab chiqarish korxonalarida hamda ta’lim tizimida yangi texnika va texnologiyalarni yaratishda loyihalash ishlarini avtomatlashtiruvchi juda katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan kompyuterdan foydalanib kelinmoqda.
XXI asr “Axborot texnologiyalari” asri deb bejizga aytilmagan. Kundalik turmushimizning har bir jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buning natijasida, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan yangi pedagogik texnologiyalar kirib keldi.
Bu esa, bugungi kunda pedagog kadrlardan nafaqat o‘z sohasi bo‘yicha, balki zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham ma’lum bilimlarni chuqur egallashni va ularni yoshlarga, ayniqsa o‘quvchi hamda talabalariga o‘rgatishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |