I V dmitriyeva, J. M. Raxmanov


I BOB. UCH O‘LCHAMLI MODELLASHTIRISHNING ASOSIY TUSHUNCHALARI. 3DS MAX INTERFEYSI



Download 3,99 Mb.
bet4/48
Sana28.10.2022
Hajmi3,99 Mb.
#857763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
3 52 01 03 Kompyuter grafikasi va dizayn operatori O‘quv qo‘llanma

I BOB. UCH O‘LCHAMLI MODELLASHTIRISHNING ASOSIY TUSHUNCHALARI. 3DS MAX INTERFEYSI




Tayanch so‘z va iboralar
Uch o‘lchamli grafika, 2D, 3D, model, interyer, eksteryer, arxitektura, dizayn, loyiha, interfeys, muharrir, proyeksiya, perspektiva


    1. 3ds Max dasturidan foydalanish sohalari


Bugungi kunda 3ds Max dasturi hayotimizning ko‘plab sohalariga kirib borgan. Arxitektura va dizayn (sanoat, binolar, obyektlar, interyer, eksteryer, landshaft ko‘rinishlarining hajmli tasvirlarining vizualizatsiyasi ta’minlanadi); ishlab chiqarish (obyektlarni modellashtirish); televideniye (jurnallardagi fotosuratlarga ishlov berish, videroliklar, filmlardagi maxsus effektlar), o‘yinlar yaratish (3D animatsiya va virtual olam, kompyuter o‘yinlarini rivojlantirish); reklama (elektron taqdimotlar va kataloglar, e’lonlar taxtalari va h.k.) va boshqalar. 3ds Max dasturi ilmiy tekshirishlarda, muhadislik loyiha ishlarida, fizik obyektlarining kompyuter modellarini qurishda keng qo‘llaniladi. 3ds Max dasturi kompyuter grafikasi tarkibiga kiruvchi eng murakkab va keng qamrovli foydalanuvchilarga ega dasturdir. 3ds Max dasturi bilan ishlovchi foydalanuvchilar chizma chizish, kompyuter grafikasi, loyihalash, dizayn, modellashtirish, konstruksiyalash, vizualizatsiya va animatsiya effektlardan
.foydalanish kabi sohalardan bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Bu yerda shu sohaning tashkil etuvchilari – fazolar, obyektlarni modellashtirish, namoyish to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.
3ds Max dasturi bilan ishlovchi mutaxassis – xoh me’morchilik obyekti va interyer buyumlarini yaratadimi, xoh kompyuter o‘yini qahramoni, 3d multfilm va film qahramoninimi, murakkabligidan qat’iy nazar, har qanday uch o‘lchovli modelni yarata oladigan juda keng qamrovli profilga ega bo‘lgan mutaxassisdir.
    1. Uch o‘lchamli modellashtirish dasturida ishlash bosqichlari


Uch o‘lchamli (3D) grafika – kompyuter grafikasi bo‘limlaridan biri bo‘lib, shakl va rang yordamida hajmli obyektlarni yaratish imkonini beruvchi usullar va asbob-uskunalar to‘plami hisoblanadi. U ikki o‘lchamli tasvirlardan shunisi bilan farq qiladiki, maxsus dasturlar yordamida tekislikda uch o‘lchamli sahna (virtual makon) modelining geometrik proyeksiyasini qurishni nazarda tutadi. Natijada hosil bo‘lgan obyekt aniq va hayotiy biror-bir obyektga xos bo‘lishi yoki butunlay abstrakt voqealikni tasvirlashi mumkin.
Bugunki kunda uch o‘lchamli grafika bizning hayotimizga shiddat bilan kirib borganimizni o‘zimiz ham sezmay qolamiz. Uch o‘lchamli grafika tasvirining yaratish bosqichlari:

  1. Modellashtirish – umumiy sahna va uning obyektlarining matematik 3D modelini qurish.

  2. Tekstura tarkibiga yaratilgan modellar ustiga materiallar kiritish, sozlash va modellarni haqiqatga aylantirish kiradi.

  3. Yoritishni sozlash.

  4. Animatsiya yaratish (harakatlanuvchi obyeklar).

  5. Render – bu avval yaratilgan modeldan foydalanilgan holda obyekt tasvirini yaratish jarayoni.

  6. Kompozitsiyalash yoki joylashtirish – olingan tasvirni qayta ishlov berish, sayqallashtirish.

Modellashtirish – virtual makon va uning ichidagi obyektlarini yaratish, turli xil geometriyalar, materiallar, yorug‘lik manbalari, vizual kameralar, qo‘shimcha maxsus effektlarni yaratishni o‘z ichiga oladi.
Material – bu obyektning xususiyatlari va materiallarni ko‘rsatishga imkon beruvchi rastr yoki vektorli rasmning uch o‘lchamli model yuza (sirt)ga beruvchi qoplama. Materialni tekstura deb atash mumkin. Material qoplamalari o‘zining shakl-shamoyilga ega.
Yoritish – yaratilgan sahnada yorug‘lik manbalarni yaratish, yo‘nalishini belgilash va sozlash. 3D grafik muharrirlari qoida tariqasida yorug‘lik manbalarining quyidagi turlaridan foydalaniladi: tabiiy yorug‘lik manbai, yorug‘lik nuri (tarqaluvchi nurlar), yo‘naltiruvchi yorug‘lik, parallel nurlar va boshqalar.
Animatsiya – harakatlanuvchi obyektni yaratish, aniqrog‘i modelning harakatini siljitish. Zamonaviy 3D tahrirlovchilar vositalarni yaratish uchun ko‘plab vositalarni o‘z kuchiga oladi. Uch o‘lchamli modellarni qurish uchun asboblar bilan animatsiyalar yaratish uchun maxsus dasturiy mahsulotlar mavjud.
Render – bu obyektning uch o‘lchamli modelini “tekis” tasvirga aylantirish. Ko‘rsatish texnologiyasining bir nechta turi mavjud, ularning har biri o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega: skanlayn, z-bufer, trassirovka nuri, umumiy yoritish.
Hozirgi yillarda an’anaviy 2D grafik dasturlar bilan uch o‘lchamli 3D modellashtirish, animatsiya va namoyish dasturlari ko‘p tarqaldi. Shu davrda ishlab chiqilgan dasturlardan Discreet kompaniyasining 3D Studio Max yoki Alias Wavefront kompaniyasining JAVA dasturlari o‘z mohiyatlari bo‘yicha gibrid grafik paketlaridir. Chunki ular bir tomondan 2D va 3D vektorli obyektlar bilan ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan ish natijasidan pikselli (rastrli) tasvir – alohida kadr sifatida yoki videotasmada olinadi. 3D modellashtirishning xususiyatlari va ularda animatsiya harakatlarni qo‘shish imkoniyati ularga bo‘lgan qiziqishni keskin oshirib yuboradi. Ularni:

  • namoyish effektlarini kino va video industriyada;

  • televizion tijoratda (reklamada);

  • interaktiv o‘yinlarda;

  • sayt va arxitektura dizaynida (bezashda);

  • ilmiy, tibbiy va sud namoyishlarida;

  • o‘rgatuvchi dasturlar va kompyuterda ishlatish mumkin.

Shuni ta’kidlash lozimki uch o‘lchamli grafika dasturlari kompyuter qurilmalari, uning dasturiy ta’minoti hamda u bilan ishlovchi dizayner bilimlariga juda yuqori talablar qo‘yadi.
Uch o‘lchamli grafika bilan ishlaganda, shakllar hosil qilinadigan fazoga alohida e’tibor berish kerak. Bu holda an’anaviy 2D – tekislik uch o‘lchamli grafika maqsadlariga to‘g‘ri keltiriladi. 3D – grafikada ishchi fazoni shunday ifodalash kerakki, unda nafaqat modellashtirilayotgan uch o‘lchamli geometrik shaklni, balki uning geometrik joylashishi va holati hisobga olinishi kerak. Uch o‘lchamli grafikada Dekart, silindrik va sferik kordinata sistemalari ishlatiladi. Qurilgan barcha uch o‘lchamli obyektlarni geometrik va nogeometrik obyektlarga bo‘lish mumkin. Geometrik obyektga asosan sahna tashkil etuvchilarini qurishda ishlatiladi: personajlar, jismlar, boshqa so‘z bilan aytganda – mavjud borliq obyektlarini. Nogeometrik obyektlar esa sahnaga jonlilik hissini berish uchun (to‘g‘ri yoritish), obyektlarga ta’sir etuvchi kuchlarni modellashtirishda (masalan gravitatsiya yoki shamol esishi) va hokazo. Boshqacha aytganda namoyish etilayotgan kadrda geometrik obyektlar aynan (chiziqlar va sirtlar ko‘rinishda), nogeometrik obyektlar esa oraliq (soyalar, tezlanish va hokazo) ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Geometrik obyektlarni ko‘rishda juda kuchli va keng tarqalgan 3D paket Discreet kompaniyasi 3D Studio Max dasturini tanlab uning misolida obyektlarning
asosiy turlari va modellashtirish texnologiyasini ko‘riladi.
“Autodesk” kompaniyasi uch o‘lchamli (3D) grafikaning eng mashhur va ommabopligi bilan ajralib turadi. Bu kompaniya o‘zining yuzga yaqin 2D va 3D dasturlari bilan foydalanuvchilarga xizmat qiladi.
3D modellashtirish uchun eng keng tarqalgan dasturlar: 3ds Max, AutoCAD, ArchiCAD, Maya, Fusion 360, Google ScetchUp, KOMPAS-3D, CINEMA 4D, Zbrush, Blender. Shu dasturlardan ayrimlarini qisqacha tanishib chiqamiz.

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish