I umumiy qism


Payvandlash, qoplash, purkash simlari va lentalari



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/24
Sana01.01.2022
Hajmi1,22 Mb.
#296848
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
Сожиқов Мухаммаджон-2-57-4-56

2.2.Payvandlash, qoplash, purkash simlari va lentalari. 

         Suyuqlantirib  qoplangan  materialning  sifati  va  payvandlash  jarayonidagi  

yoki  suyuqlantirib  qoplashdagi  ish  unumi  ko’pincha  elektrod  

materiali  va  ularning  qoplamalariga  qarab  aniqlanadi.  Payvandlash (qoplash)  

usuliga  qarab  payvandlash  simi,  suyuqlanadigan  va suyuqlanmaydigan  elektrod  

sterjenlar,  plastina  va  lentalardan foydalaniladi.  

       Payvandlashning   mexanizatsiyalashtirilgan  usuli  qo’llanilganda qoplamasiz 

simdan foydalaniladi, yoy yordamida dastaki payvandlashda esa sim 300...400mm 

uzunlikdagi sterjenlarga qirqib bo’linib, ularning yuzasi  

qoplama bilan qoplanadi. YUzasiga qoplama qoplangan suyuqlanuvchi sterjen  

payvandlash elektrodi deb ataladi (rasm 2.1).  

      MDH  davlatlarning  sanoatida  payvandlash  po’lat  simlari  diametri  

0,3 dan 8 mmgacha (0,3; 0,5; 0,8; 1,0; 1,2; 1,4; 1,6; 2,0; 2,5; 3,0; 4,0; 5,0; 6,0; 8,0)  

qilib ishlab chiqariladi. Kimyoviy tarkibiga qarab payvandlash po’lat simi  

kam uglerodli, legirlangan va ko’p legirlangan turlarga ajratiladi. 



 

 

Rasm 2.1. Elektrodlarning umumiy ko’rinishi 



        Hammasi bo’lib 6 markada, tarkibida ko’pi bilan 0,12% uglerod bo’lgan Sv-

08, Sv-08A, Sv-08GA, Sv-10GA, Sv-10G2 va boshqa kam uglerodli simlar  

kam  va  o’rtacha  uglerodli,  shuningdek  ba`zi  kam  legirlangan  po’latlarni  

payvandlashga va qoplashga mo’ljallangan. Ayrim kam uglerodli simlarning  

kimyoviy  tarkibi  2.1.jadvalda  keltirilgan  Kam  uglerodli  simlarning  kimyoviy 

tarkibi  

Jadval 2.1. 

 

 



 

        Hammasi  bo’lib  30  markada  Sv-08GS,  Sv-08G2S,  Sv-12GS,  Sv-18XGS, 

Sv-08XN2M, Sv-08XGSMFA va boshqa legirlangan simlar umumiy soni 6% dan  

oshmaydigan  oltitagacha  legirlovchi  elementdan  iborat.  Bu  simlar uglerodli  va  

legirlangan  po’latlarni  payvandlash  xamda  suyuklantirib koplashda  ishlatiladi.  

Sv-15GSTYUTSA  va  Sv-20GSTYUA  markadagi  simlar sterjenlar  tayyorlashda  

va    qo’shimcha    ximoyalanmay    payvandlashda    ishlatilishi  mumkin.  Ayrim  kam 

legirlangan simlarning kimyoviy tarkibi jadval 2.2.da berilagan.  




 

Kam legirlangan simlarning kimyoviy tarkibi 

Jadval 2.2.  

 

 



 

        Hammasi  bo’lib  41  markada  Sv-12X13,  Sv-06X19M9T  va  boshqa  ko’p   

legirlangan simlar tarkibida 6% dan ko’proq legirlovchi elementlar bor. Bu  

simlar    zanglamaydigan,    issiqbardosh    va    boshqa    maxsus    po’latlarni 

payvandlashda ishlatiladi.  

        Payvandlash    elektrodlarini    sanoatda    xam    suyuqlanadigan,    xam 

suyuqlanmaydigan    xolatda    ishlab    chiqariladi.    Suyuqlanmaydigan    ko’mir 

elektrodlar  uzunligi  300  mmgacha  va  diametri  6  dan  30  mmgacha  bo’lgan 

sterjen  tarzida  tayyorlanadi.   

      Suyuqlanmaydigan    volfram,    gafniy  elektrodlarining    diametri    2    dan    10  

mmgacha  (2;  3;  4;  5;  6;  8;  10)  bo’ladi. Volfram va gafniy elektrodlari asosan 

elektro  yoy  yordamidagi  dastaki  va  mexanizatsiyalashtirilgan    payvandlash,  

qoplash    va    purkash    usullarida  o’zgaruvchan    va    o’zgarmas    tok    manbalarida  

qo’llaniladi.    Volfram  elektrodlari    asosan    volfram    elementidan    xamda    1,5-

3%gacha    ittriy  oksidi,    0,01%    tantal    yoki    1-1,5%    lantan    oksidlaridan  

tayyorlanadi.   

       Payvandlashda    etakchi    o’rinni    egallagan    suyuqlanadigan    elektrodlar 

payvandlash  zonasini  ximoyalash  uchun  turli  elementlar  bilan  qoplangan  

xolda  ishlab  chiqariladi.  Elektrod  qoplamalari  vazifasiga  qarab  ikki gruppaga  

bo’linadi:  turg`unlashtiruvchi  yoki  yupqa  va  sifatli  yoki  qalin qoplamali.  

      Turg`unlashtiruvchi  yupqa  qoplamalar  tarkibida  atomlari  oson ionlanuvchi  

va  yoyning  turg`un  yonishini  ta`minlovchi,  shuningdek,  ayniqsa o’zgaruvchan  

tokda    payvandlashda    yoyning    uyg`onishini    tezlatuvchi    moddalar  bo’ladi.  



 

Kaliy,    shuningdek,    kaltsiy    bug`i    juda    yaxshi    ionlanadi.    Kaltsiy  marmar    va  

bo’r  tarkibiga  kaltsiy  karbonat  SaSo3  tarzida  kiradi.  Ancha oddiy  va  kengroq  

tarqalgan  turg`unlashtiruvchi  qoplama  -  bo’rli  qoplama bo’lib, massasi bo’yicha 

15...20  ulush  natriyli  suyuq  shishaga  80...85  ulush  bo’r  olinadi.    Qoplama  

elektrodga  0,1...0,3  mm  qalinlikda  qoplanadi  va  u elektrod  massasining  1...2%  

ni    tashkil    etadi.    Turg`unlashtiruvchi  qoplamalar    suyuqlanadigan    metallni  

kislorod  va  xavo  azotidan himoyalamaydi,  shuning  uchun  xam  payvand  chok  

nisbatan  mo’rt,  tarkibida begona moddalar bo’ladi.  

        Sifatli    ximoya    qoplamalari    suyuqlantirib    qoplangan    qatlamni  atrof  

xavodagi  kislorod  va  azotdan  saqlaydi,  qoplama  tarkibiga  kiruvchi legirlovchi 

elementlar  esa  payvand  chok  xosil  qilish  imkonini  beradi,  bu  chok  asosiy 

metalldan  qolishmaydi,  ba`zan  esa  mexanik  xossalari  jixatidan  undan    ustunlik  

qiladi.  Bu  qoplamalar  0,7...2,5  mm   qalinlikda  elektrodga qoplanadi  va  ular  

massasi  jixatidan  elektrod  massasining  30...75%ni tashkil qiladi.  

        Sifatli  ximoya  qoplamalar  tarkibidagi  asosiy  moddalarga  qarab quyidagi  

guruxlarga    ajratiladi:    A    -    kislota    qoplamali;    B    -    asosiy  qoplamali;    TS    -  

tsellyuloza  qoplamali;  R  -  rutil  qoplamali;  P  -  puxta ko’rinishdagi qoplamali.  

       YOy    yordamida    payvandlash    elektrodlari    bir    necha    tiplarga    bo’linib, 

ularning  xar  biriga  payvand  chokning   ma`lum  sifatli  bo’lishini ta`minlovchi 

bir necha markadagi elektrodlar kiradi.  

       E42,  E42A,  E46,  346A,  E50  va  E50A  tipidagi  (ANO-1,  AMO-5,  UONI- 

13/45,    UONI-13,    55    va    xokazo    markadagi)    elektrodlar    vaqtincha    uzilish 

qarshiligi    500    MPa    bo’lgan    uglerodli    va    kam    legirlangan    po’latlarni 

payvandlash  uchun  mo’ljallangan.  A  xarfi  plastikligi  va  zarbiy qovushoqligi  

jixatidan  yuqori  sifatli  payvand  chok  xosil  qilishini bildiradi.  

        E55    va    E60    tipidagi    (UONI-13/55U    va    UONI-13/65    va    xokazo 

markadagi)    elektrodlar    vaqtincha    uzilish    qarshiligi    600    MPa    bo’lgan 

po’latlarni payvandlashda ishlatiladi.  E70,  E85,  E100  va  E150  tipidagi  

(UONI-13/85,  NIAT-3,  NIAT-ZM  va  xokazo  markadagi)  elektrodlar vaqtincha 

uzilish qarshiligi 600 MPa dan yuqori va mustaxkamligi yuqori bo’lgan po’latlarni 

payvandlashda ishlatiladi.  




 

        E-09MX,  E-09X1MF,  E  -  10XZM16F  va  xokazo  tipidagi  elektrodlar 

legirlangan  yuqori  sifatli  va  issiqqa  chidamli  po’latlarni  payvandlash  

uchun mo’ljallangan. Bu tipdagi elektrodlarga TSL -55, TSL -20, TSL -36, TSL –

26M va xokazo markadagi elektrodlar kiradi.  

        E-10G2,  E-12G4,  E-30G2  XM  va  xokazo  markadagi  elektrodlar  ko’pincha 

zarbiy  yuklamaliy  va  ko’p  eyiladigan  qiyin  sharoitlarda  ishlaydigan detallarni 

suyuqlantirib qoplashda ishlatiladi.  

        Detallarni    qoplashda    va    puxtalashda    mexanizatsiyalashtirilgan    va 

avtomatlashtirilgan    usullardan    foydalanish    jarayonida    turli    qoplama  po’lat  

simlardan  foydalaniladi.  Bu  simlarning  diametri  xam  0,3  dan  8  

mmgacha  bo’ladi.  Po’lat  qoplama  simlar  3  guruxga  bo’linadi:  uglerodli-  Np-30, 

Np-40,  Np-50,  Np-65,  Np-80,  Np-65G;  kam  legirlangan-  Np-30XGSA,  Np-

40X2G2M,  Np-50XFA;  yukori  legirlangan-  Np-X20N80T,  Np-40X13.  

       Qoplama  po’lat  simlarning  kimyoviy  tarkibi  2.3  jadvalda  keltirilgan. 

YUqorida    keltirilgan    qoplama    simlar    asosan    quyidagi    detallarni  yuzalarini 

qayta tiklashda qo’llaniladi: Np-30, Np-40-turli  o’q va  vallar;  

Np-50,    Np-65-tayanch    g`altaklar,    tortish    g`ildiraglari,    tutib    turuvchi  roliklar,  

g`altak    o’qlari;    Np-80,    Np-65G-tirsakli    vallar,    kardan    val  krestovinalari,  

traktor    yurish    kismi    detallari,    shlitsali    vallar,    tayanch  roliklar;    Np-30XGSA  

po’latdan  tayyorlangan  tirsakli  vallar,  tirsakli o’qlar,  tsapfalarning  balansirlari;  

Np-40X2G2M-tirsakli  vallar,buruvchi kulachoklar,  juft  g`altak  o’qlari  (yukori  

zarb    kuchlanishlarda    ishlaydigan  detallar);  Np-50XFA-shlitsali  vallar, 

dvigatelning  tirsakli  vallari;  Np-40X13-transporterlarning  detallari,  traktorlarning 

tayanch roliklari.  



 


Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish