lu/.ilmada aksionerlik jam iyati sifatida faoliyat k o ‘rsatuvchi o ‘n
to1 rtta taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalari
tomonidan amalga oshiriladi. Korxonalar balansida kuchlanishi 110
kVgacha b o ‘lgan umumiy uzunligi 250,4 ming kilometrdan ortiq
elektr tarmoqlari va 1700 ta podstansiyalar mavjud.
R espublika is te ’m olchilarga elektr
energiyasini yetkazib
berish asosan 0,4-6-10 kVli kuchlanishga ega, uzunligi 223,8 ming
kilometrdan ortiq bo‘lgan elektr tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.
«Issiqlik elektr stansiyalari», « O ‘zbekiston M illiy elektr
tarm oqlari» ham da «H ududiy elektr tarm oqlari» aksiyadorlik
jamiyatlari loyihalash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini bajaruvchi
hamda elektr stansiyalari va tarm oqlarining asosiy va yordamchi
uskunalarini ta ’mirlash va ishlatish bilan shug‘ullanuvchi yagona
ishlab chiqarish majmuasi hisoblanadi.
R ivojlangan ishlab chiqarish
b azasi va yuqori m alakali
xodim larning m avjudligi elektr x o ‘jalig i obyektlarining yuqori
darajada foydalanish imkonini beradi.
O 'z b e k is to n R e sp u b lik a si P re z id e n tin in g 0 ‘z b e k isto n
Renpublikasining elektr energetikasini yanada rivojlantirish va isloh
qilish strategiyasi to ‘g ‘risidagi qaroriga muvofiq vazirlik tomonidan
2030-yilgacha bo‘lgan davrda ishlab chiqarish quvvatini rivojlanti
rish dasturi ishlab chiqilmoqda, bu umumiy quvvati 27 GVt bo'lgan
yangi energo-bloklarini qurish bilan ishlab chiqarish quvvatini
oshirish bo‘yicha umumiy qiymati 35 mlrd. AQSH dollariga teng
b o ‘lgan yirik investitsiya loyihalarini
am alga oshirishni nazarda
tutadi. Shu bilan birga issiqlik elektr stansiyalaridagi eskirgan
umumiy quvvati 6,4 GVt bo'lgan energo-bloklar ekspluatatsiyadan
chiqariladi.
Issiqlik energetikasi sohasidagi chora-tadbirlarning am alga
oshirilishi energo-bloklarning sam aradorligi 60% ga teng yuqori
samarali bug‘-gaz turbinali stansiyalarga asoslangan zam onaviy
energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishni ta ’minlaydi.
19
Respublikada quvvati 2,4 GVt b o ‘lgan
birinchi atom elektr
stansiyasini qurishga alohida e ’tibor qaratilmoqda.
«Yashil» iqtisodiyotga o ‘tish jarayonida zamonaviy, umumiy
quvvati 6,7 GVt b o ‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini
yaratish elektr energetikasini rivojlantirishning ustuvor y o ‘nalishi
hisoblanadi.
Barqaror elektr energiyasini yetkazib berish uchun umumiy
qiym ati 2,4 mlrd. AQSH dollariga teng b o ‘lgan 2,7 m ing km
uzunlikdagi 220-500 kV kuchlanishdagi elektr tarmoqlari hamda 9
ta yangi podstansiyalarni qurish zarur.
Shu bilan birgalikda, umumiy qiymati 9,9 mlrd. AQSH dollariga
teng bo‘lgan mavjud 39,6 ming ta transformator
podstansiyalari va
140,9 ming km uzunlikdagi 0,4-10-35-110 kV kuchlanishdagi elektr
tarmoqlarida rekonstruksiya va yangilash ishlarini amalga oshirish
zarur.
Tabiiyki, elektroenergetikaga zarur investitsiyalami faqat mav
jud davlat energetika kompaniyalari mablag‘lari hisobidan amalga
oshirish mumkin emas. Shu sababdan xususiy investitsiyalami jalb
qilishga e ’tibor qaratilmoqda. Umumiy quvvati 15 GVt bo‘ lgan elektr
stansiyalari qurilishi 17.3 mlrd. AQSH dollariga teng to ‘g ‘ridan
- to ‘g ‘ri sarm oya hisobiga rejalashtirilgan. Barcha stansiyalar
to‘g ‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar hisobiga quriladi, gidroelektrstansiya-
lar, atom elektrostansiyalari va bir nechta
tartibga soluvchi elektr
stansiyalar bundan mustasno. Masalan:
Sirdaryo viloyatida bug‘-gaz qurilmasi bazasida ikki bosqichda,
har birining quvvati 1300 M Vt b o ‘lgan yangi elektr stansiyasi
qurilishi;
Turkiyaning «Cengiz Enerji» kompaniyasi tomonidan Toshkent
viloyatida umumiy quvvati 850 MVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi
asosida yangi elektr stansiyasi qurilishi;
T urkiyaning «Y ildirim E nerji» kom paniyasi to m o n id an
Surxondaryo viloyatida umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan bug‘-gaz
qurilmasi asosida yangi
elektr stansiyasi qurilishi;
20
N avoiy IESning quvvati 650 M Vt boMgan 3 va 4 b u g ‘-gaz
qurilm asini barpo etish, b u g ‘-gaz qurilm alari va gaz-porshenli
dvigateli asosida boshqariladigan elektr stansiyasini qurish bilan
Navoiy lESni kengaytirish.
Kelgusida ushbu elektrostansiyalar aksiyalarining bir qismini
xususiy invcstorlarga sotish va Davlat-xususiy sheriklik (DXSh)
lamoyili asosida qo ‘shma korxonalarni yaratish eng maqbul usul
hisoblanadi.
Elektr energetikasini bosqichm a-bosqich
isloh qilish modeli
iqtisodiyot va aholida elektr energiyasiga tobora ortib borayotgan
ehtiyojni, tariflarni keskin oshirmasdan qoplashni kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: