Mantiqiy fikrlashga oid misol va masalalar. O’rganilgan mavzular asosida qiziqarli va mantiqiy topshiriqlar.
Uzunlik va uning birligi: santimetr. Chizg‘ich bilan ishlash. Santimetr-uzunlik birligi. Santimetr modelini yasash. Chizg’ich yordamida berilgan uzunlik asosida kesma chizish.
Kesmaning uzunligini o‘lchash va taqqoslash. Kesmaning uzunligi (ikki nuqta orasidagi masofani)ni santimetrlarda o‘lchash va taqqoslash. Tanish shakllar ko‘rinishini o‘zgartirish.
Berilgan uzunlikdagi kesma yasash. Uzunlik va masofalarni o‘lchash va chamalash. Kesma uzunligini berilgan sondagi santimetrlarga qadar kattalashtirish va kichraytirish. Ko‘z bilan chamalab, qo‘lda uzunligi 1 va 2 cm bo‘lgan kesma chizish.
III bo‘lim. 21 DAN 100 GACHA BO‘LGAN SONLARNI RAQAMLASH
(25 soat)
21 dan 100 gacha sonlarni o‘qish va yozish. 100 gacha bo‘lgan sonlarni taqqoslash. 21 dan 100 gacha sonlarni o‘qish va yozish. Ularning o‘nlik tarkibi. 60 dan 69 gacha, 70 dan 79 gacha, 80 dan 89 gacha, 90 dan 99 gacha bo‘lgan sonlar va ular ishtirokida misol va masalalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |