O‘TIB QO‘SHISH VA AYIRISH
(45 soat)
Sonlar nuri va uning modellari. Natural sonlarning sonlar nurida joylashuvi. Yuz ichida hisoblash.
100 ichida sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish usullari. 100 ichida xonadan o‘tib qo‘shishning turli usullari. Sonni yig‘indiga qo‘shish va yig’indiga sonni qo’shish.
Tarkibli masalalar. 100 ichida qo‘shish va ayirishga doir tarkibli masalalar.
Qiziqarli va mantiqiy masalalar. O’rganilgan mavzular asosida qiziqarli va mantiqiy (muammoli) topshiriqlar.
Ikki xonali sonlarni qo‘shishning ustun shakli. Ikki xonali sonlarning o‘nli tarkibi. Sonlarni ustun shaklida qo‘shish: 45+23, 29+32, 64+26, 75+15, 27+3 ko‘rinishdagi misollar.
Namuna bo‘yicha ketma-ketlikni davom ettirish. Ketma-ketliklarda sonlar joylashuvining qonuniyatlari, misollar zanjiri, mantiqiy qonuniyatlarga asoslangan ketma-ketliklarning tushirib qoldirilgan elementlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |