Shartli tannarx qanday aniqlanadi? Shartli tannarxni (ZSh) aniqlash uchun hisobot yilidagi 1 gektar ekin maydoni hisobiga sarf bo’lgan xarajatlar hajmini (IX1) bazis yilidagi hosildorlik darajasiga (H0) bo’lish kerak:
ИХ 1
ZШ
Х0
Shartli tannarx aniqlangandan keyin mahsulot birligi tannarxi omilli tahlil qilinadi, ya’ni har bir omilning ta’sirini aniqlab, uning darajasiga baho beriladi.
Tahlil quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Birinchi navbatda 1 s. mahsulot tannarxining umumiy o’zgarishi aniqlanadi. Buning uchun hisobot yilidagi 1 s. mahsulot tannarxidan bazis yilidagi (yoki rejadagi) 1 s. mahsulot tannarxi chegirib tashlanadi
Ushbu o’zgarishga omillarning ta’siri quyidagicha aniqlanadi.
1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishiga ekstensiv omilning, ya’ni 1 ga ekin maydoni hisobiga sarf bo’lgan xarajat so’mmasi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun 1 s. mahsulotning shartli tannarxidan bazis davridagi (yoki rejadagi) 1 s. mahsulot tannarxini chegirib tashlash kerak:
1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishiga intensiv omilning, ya’ni hosildorlik darajasi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun 1 s. mahsulotning hisobot yilidagi tannarxidan 1 s. mahsulotning shartli tannarxini chegirib tashlash kerak:
U shbu omillar ta’sirlarining yig’indisi 1 s. mahsulot tannarxining umumiy o’zgarishiga teng kelishi shart.
Tenglik aniqlangandan keyin omillar tasiriga baho berilib,tannarxni kamaytirish imkoniyatlari ko’rsatilib,xulosa qilinishi kerak
Endi, 51-jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib, o’simlikchilik mahsulotlari tannarxining omilli tahlilini paxta tannarxi misolida ko’rib chiqamiz.
7.3.1-jadval 1 s. paxta tannarxini tahlil qilish uchun zarur bo’lgan malumotlar
-
T.r.
|
Ko’rsatkichlar
|
Bazis yili
|
Hisobot yili
|
o’zgarishi (+,-)
|
1
|
1 gektar ekin maydoni xarajati, ming so’m
|
1723.5
|
1809.7
|
+86.2
|
2
|
Paxta hosildorligi, s/ga
|
22.5
|
23.5
|
+1.4
|
3
|
1 s paxta tannarxi,so’m
|
76600
|
77010
|
+410
|
1 s. paxta tannarxining hisobot yilida bazis yiliga nisbatan o’zgarishi:
1 s. paxta tannarxi hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 410 so’mga oshgan (qimmatlashgan)
1 s. paxta tannarxining o’zgarishiga 1 gektar paxta maydoni hisobiga qilingan xarajat o’zgarishining tasirini aniqlash:
1 gektar paxta maydoni hisobiga qilingan xarajat summasi hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 86.2 ming so’mga oshgan, natijada shu omil hisobiga 1 s. paxta tannarxi 3831 so’mga yoki 5 % ga qimmatlashgan:
1 s. paxta tannarxining o’zgarishiga paxta hosildorligi darajasi o’zgarishining tasirini aniqlash:
1 gektar paxta maydonidan olingan hosil (ya’ni hosildorlik) hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 1,4 s.ga oshgan, natijada shu omil hisobiga 1 s. paxta tannarxi 3421 so’mga yoki 4.5% ga arzonlashgan.
Ushbu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, tannarxni pasaytirishning asosiy imkoniyatlari bo’lib, 1 gektarga qilinadigan xarajatlar hajmini keskin kamaytirish va hosildorlikni yanada oshirish hisoblanadi.
1 s. mahsulot tannarxini tahlili bilan bir qatorda uning tarkibini xarajat moddalari bo’yicha ham tahlil etish zarur, chunki tannarx tarkibidagi har bir modda bo’yicha o’zgarishini omilli tahlil qilish asosida uni arzonlashtirish imkoniyatlarini aniq ko’rsatish mumkin. Tannarx tarkibi va tarkibiy tuzilishi quyidagi xarajat moddalarbo’yicha o’rganiladi.
Mehnat haqi ajratmalar bilan
O’g’itlar
Urug’lik
Amortizasiya
Ish xizmatlar
6 Yoqilg’i-moylash materiallari
7.Umumishlab chiqarish xarajatlari
8. Boshqa to’g’ri xarajatlar
Tahlil hisobot yilidagi tannarx tarkibidagi xarajat moddalari hajmini bazis yilidagi yoki reja bo’yicha ko’zda tutilgan xarajat moddalari hajmiga solishtirib, o’zgarishini aniqlashdan boshlanadi. Tannarx tarkibidagi har bir moddada o’z aksini topgan xarajatlar hajmining o’zgarishi ekstensiv va intensiv omillar tasirida yuzaga keladi.Ushbu omllarning ta’sirini zanjirli bog’lanish usuli orqala aniqlab,tannarxni kamaytirish imkoniyatlari ko’rsatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |