I:
S:"YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonunning qaysi moddasida Ichki ishlar organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari haqida gap boradi?
+: 15 modda
-: 14 modda
-: 16 modda
-: 17 modda
I:
S: Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyati fanining vazifalari sirasiga kirmaydi?
+: fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yoritib berish va talabalarni ushbu organlar faoliyatini nazorat qilishni ta’minlash
-: jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlanish masalalarini yoritish
-: ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilimlar berish va yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar berish
-: Yuqoridagi barcha javoblar to‘g‘ri
I:
S:U o‘z asarlarida aristokratik nuqtai nazardan turib, xukmdor va posbonlarga alohida e’tibor berdi, hunarmand-ishlab chiqaruvchilarga esa kam o‘rin ajratdi. Uning fikricha, so‘nggi tabaqa, shubhasiz, yomonlikdir, chunki ular ishlab chiqarish bilan band bo‘lganliklari tufayli boylik orttirishga intiladilar. Ular oxir-oqibatda ideal davlatni halokatga olib keladilar. Gap qaysi antik davr mutafakkiri haqida bormoqda?
+: Aflotun
-: Aritotel
-: Suqrot
-: Ksenofont
I:
S: Ma’lumki, davlatning nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida muzokaralar olib borish va siyosiy hujjat qabul qilishida mashkur tashkilotlarning tashabbuskor bo‘lishi tabiiy va ehtimollik darajasi ham yuqori hisoblanadi, lekin quyidagi qaysi davlatlarda ushbu masalada davlat hokimiyati ham manfaatdor bo‘lib, o‘zi mazkur jarayon tashabbuskori bo‘lishi va uni muvaffaqiyatli yakuniga etkazishi ham ko‘zda tutilgan?
+: Xorvatiya va Vengriya
-: Estoniya va Xarvatiya
-: Estoniya va Vengriya
-: Latviya va Estoniya
I:
S: Qaysi davrda fuqaroviylik vatanga sadoqat va vatanparvarlik sifatida talqin etilsa-da, ko‘proq mafkuralashgan ko‘rinishda namoyon bo‘lgan. Ko‘pgina hollarda fuqaroviylik vatanparvarlik bilan aralash ifodalangan?
+: Sho‘ro davrida
-: Mustaqillikning ilk davrida
-: Xonliklar davrida
-: Mustaqilligimizdan avvalgi davrda
I:
S: Qonun Qonunchilik palatasi qo’mitalari tomonidan tayyorlangandan so’ng uning yalpi majlisida muhokama etilib, tasdiqlangandan so’ng o’n kundan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi. Senat ma’qullagan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga o’n kun ichida yuboriladi. Prezident ushbu qonunni necha kun ichida imzolashi va e’lon qilishi mumkin.
+: 39 kun
-: 49 kun
-: 59 kun
-: 45 kun
Do'stlaringiz bilan baham: |