17-DARS. ТARKIBNING DOIMIYLIK QONUNI. MASSANING SAQLANISH QONUNI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tabiatning o‘zgarmas qonunlaridan biri bo‘lgan tarkibning doimiylik qonuni, karrali nisbatlar qonuni, massaning saqlanish qonunlari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
Тarkibning doimiylik qonuni.
Karrali nisbatlar qonuni.
Massaning saqlanish qonuni.
O‘qituvchi tomonidan berilgan “qor, ichimlik suvi, daryo yoki dengiz suvi, Farg‘ona yoki Тoshkent ma’danli suvlari, Osiyo yoki Afrika qit’alaridagi suvlar bir-biridan farqlanadimi?” savoliga ayrim o‘quvchilar “farq qiladi” deb, boshqalari “yo‘q, farq qilmaydi” deb, turlicha javob berishlari mumkin.
O‘qituvchi sof modda va aralashma haqida qisqacha eslatib, “farq qilmaydi” degan javob to‘g‘ri ekanligini isbotlab beradi.
1799 yilda fransuz olimi J.Prust tomonidan taklif etilgan tarkibning doimiylik qonuni 1809 yilda ko‘pchilik tomonidan e’tirof etildi.
Har qanday toza modda olinish usuli va joyidan qat’iy nazar doimiy tarkibga ega bo‘ladi.
Masalan, suv vodorod va kisloroddan tashkil topgan (sifat tarkibi). Suvda vodorodning massa ulushi 11,11% ni, kislorodning massa ulushi 88,89% ni tashkil qiladi (miqdoriy tarkib). Suvni turli usullar yordamida olish mumkin. Har qanday holatda ham toza suv bir xil tarkibga ega bo‘ladi.
Vodorod peroksid, suv kabi sifat tarkibga ega, u suvdan miqdoriy tarkibi bilan farqlanadi. Vodorod peroksidda vodorodning massa ulushi 5,89% ni, kislorodning massa ulushi 94,11% ni tashkil qiladi. Vodorod peroksid suvdan keskin farqlanuvchi xossaga ega moddadir.
J.Dalton 1803 yilda karrali nisbatlar qonunini kashf qildi.
Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir element massasiga to‘g‘ri keluvchi boshqa element massalari o‘zaro kichik butun sonlar nisbatida bo‘ladi.
Bu qonun elementlar birikmalar tarkibiga aniq porsiyalarda kirishini bevosita tasdiqlaydi.
Uglerod (II)-oksidi va uglerod (IV)-oksidi tarkibiy massa birliklari
Birikma
|
Miqdor, massa ulush
|
Uglerodning bir massa birligiga to‘g‘ri keladigan kislorod massa birliklari soni
|
C
|
O
|
CO
|
42,88
|
57,12
|
1,33
|
CO2
|
27,29
|
72,71
|
2,66
|
Doskaga quyidagi reaksiya tenglamasi yoziladi va savollar beriladi:
2H2 + O2 = 2H2O
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarni aniqlang va bu moddalarning tarkibiga kiruvchi element atomlarining umumiy sonini hisoblang. Har bir element atomlaridan nechtadan?
Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddani aniqlang va atomlarini sanang, reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlar soni bilan solishtiring. Qanday xulosaga keldingiz?
Juda ko‘plab kimyoviy reaksiyalarning amalga oshish shart-sharoitlari o‘rganilganda reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasi reaksiya mahsulotlari massasiga miqdoran teng bo‘lishi aniqlangan.
Bu kabi hodisalarni ulug‘ ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa mutafakkirlar tajribaxonalarida og‘zi payvandlangan idishlarda olib borgan qizdirish ishlarida kuzatishgan.
1748 yilda rus olimi M.V.Lomonosov ham og‘zi payvandlangan kolba — retortada tajriba olib borib, bu hodisani izohlashga harakat qilgan. 1772-89 yillarda fransuz olimi A.Lavuaze ham yopiq idishda olib borilgan tajribalarda umumiy massa o‘zgarmasligini kuzatgan va bu o‘ziga xos yangilik — yangi qonun ekanligini tushunib yetgan. Shunday qilib, tabiatning asosiy qonunlaridan biri — massaning saqlanish qonuni ochilgan.
Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlari umumiy massasiga teng
A.Lavuaze bu qonun asosida muhim xulosa chiqarib, reaksiyada qatnashayotgan har bir element atomi massasi reaksiya davomida o‘zgarmasligini ta’kidlagan. Bu esa kimyoviy reaksiyada bir element atomining boshqa element atomiga aylanib ketmasligini bildiradi.
O‘quvchilarning yuqorida berilgan savollarga javoblarini shu xulosalar bilan bog‘lab berish lozim.
O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni quyidagi masalalarni yechish bilan mustahkamlanadi:
Azotning quyidagi kislorodli birikmalari tarkibining miqdoriy nisbatlarini hisoblang: N2O: NO: NO2;
2,21 g malaxit parchalanganda 1,59 g mis (II)-oksid va 0,18 g suv hosil bo‘lgan bo‘lsa, necha g karbonat angidrid ajralib chiqadi? Javobni qanday aniqlaganingizni izohlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |