Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
Kimyoviy formula.
Indekslar haqida tushuncha.
Valentlik.
Modda formulasini valentlik asosida tuzish.
Modda formulasi asosida valentlikni aniqlash.
Modda formulasining grafik tasviri.
Kimyoviy formula — modda tarkibini kimyoviy belgilar va indekslar yordamida ifodalanishi.
Kimyoviy formula:
Modda qanday elementlardan tashkil topganligini (sifat tarkibi);
Moddaning bitta molekulasi tarkibiga har qaysi elementning nechtadan atomi kirishini (miqdor tarkibi);
Moddaning bitta molekulasini bildiradi.
Masalan, suv molekulasi ikkita vodorod (H) va bitta kislorod (O) atomlaridan tashkil topgan va H2O holida ifodalanadi. Suv molekulasidagi vodorodning kimyoviy belgisining pastki o‘ng tomonida turgan 2 raqami indeks deb ataladi va suv tarkibidagi vodorod atomlari sonini ko‘rsatadi.
Modda formulasi Fe2O3 shaklida yozilgan bo‘lsa, bu modda temirning kislorod bilan birikmasi ekanligi va uning tarkibiga ikki atom temir hamda uch atom kislorod kirishini bildiradi.
Valentlik deb, element atomining boshqa elementlar atomlarining aniq sonini biriktirib olish imkoniyatiga aytiladi.
Ba’zi elementlar doimiy valentlikka ega: Na, K, H — doimo bir valentli; Ca, Mg — doimo ikki valentli; Al — doimo uch valentli bo‘ladi.
Ko‘p elementlar o‘zgaruvchan valentlikka ega bo‘ladi. Masalan, temir FeO da ikki valentli, Fe2O3 da uch valentli; mis Cu2O da bir valentli, CuO da ikki valentli; oltingugurt S vodorod va metallar bilan (H2S va Na2S) ikki valentli, kislorod bilan birikmalarida (SO2 va SO3) to‘rt va olti valentli bo‘ladi. Kislorod odatda ikki valentli bo‘ladi.
Valentlik odatda elementning kimyoviy belgisi ustida, rim raqamlari bilan yoki element kimyoviy belgisi, nomi yonida qavs ichida rim raqamlari bilan Cu(II), Cu(I) ifodalanadi.
Modda tarkibini aniq ifodalash, ya’ni uning formulasini to‘g‘ri yozish uchun kimyoviy element belgisini va valentligini bilish kerak.
Elementlar valentligini formula bo‘yicha aniqlashga doir mashqlar bajariladi.
Quyidagi birikmalar tarkibidagi elementlarning valentliklarini aniqlang: N2O, NO, N2O3, NO2, MnO2, Mn2O7, MnO2, PbO2
Elementlarning valentligi ma’lum bo‘lganda modda formulasini tuzishga doir mashqlar bajariladi.
Valentligi ma’lum bo‘lgan elementlarning quyidagi formulalariga indekslar qo‘ying: Sn(IV)O, P(III)H, AlCl, NaS(II), Cu(I)O, Cr(III)O, Hg(I)O, Hg(II)S, Hg(II)Cl, Cl(VII)O, Cl(I)O, P(V)O
Quyidagi birikmalarning formulasini va grafik tasvirini ifodalang: C(IV)O, HS(II), Pb(IV)O, Cr(II)O, Cr(VI)O, Fe(III)Cl
Uyga vazifa:
Quyidagi jadval asosida moddalarning formulalarini tuzing (modda formulasini yozishda avval gorizontal qatordagi element belgisi yozilsin).
|
K
|
Ca
|
Al
|
Fe (II)
|
Fe (III)
|
Cr (II)
|
Cr (III)
|
Cr (IV)
|
Hg (II)
|
Li
|
H
|
|
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
|
O
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
S (II)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Cl (I)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Darslikdan §11 ni o‘qish.
Тayanch iboralarni izohlash.
Savol va topshiriqlarni bajarish.
Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |