I. P. Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o‘zaro o‘tkazish jarayonida xozir bo‘ladi, deb ta’kidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan o‘zaro ta’sir qili


Kasblarni egallashda tafakkurning roli



Download 127,23 Kb.
bet4/6
Sana09.07.2022
Hajmi127,23 Kb.
#760272
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xurboyev Oxun1 (2)

1.3. Kasblarni egallashda tafakkurning roli
Jahon psixologlarining ko`rsatishiga qaralganda, tahlil qilib chiqilgan tafakkur sifatlari ularning asosiy xususiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Tafakkur sifatlari erkaklar va ayollarda kichik tafavutlar bilan bir biridan farq qiladi. Qizlar odatda savodxonlikda, nutqiy ravonlikda, narsalarni did bilan joylashtirishda, his-tuyg‘ularni oshkor etishda, ta’m va ranglarni ajratishda o’ta sezuvchanligi bilan fikrlash jarayonida ajralib turadilar. Yigitlar fazoviy tafakkurlari jihatdan, intellektual bilimlilar soni jihatdan qizlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu masala psixologiyada hozir ham munozarali masalalardan biri hisoblanadi.
Tafakkurning asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati bu moddiy voqelikdagi muhim jihatlarni ajratib mustaqil ravishda yangi mazmundagi umumlashmalarni keltirib chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to‘g‘risida fikr yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki xodisa mohiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqidagi umumiy konuniyatni yaratishga harakat qiladi. Shubxasiz, inson tafakkuri xali izlanmagan, to’la foydalanilmagan zaxira va imkoniyatlarga ega. Tafakkur psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu zaxirani to’la ochish fan-texnika rivojini intensivlashdan iborat. Chunki har qanday kashfiyot, yangilik, rivojlanish inson aql-zakovatining mahsulidir. Shu boisdan ham fan va texnikaning rivojlanishi insonshunoslik fanining rivojiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar talqini tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma’lumotlar zaxirasi to‘plangan. Aynan keltirilgan ma’lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.
Ekzistensializmning asoschisi bulmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o‘z diqqatimizni karata olsakkina biz fikrlashga o‘rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarning moxiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim urin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa xech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi. Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy hislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta’limotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta’limotni logika, mantiq deb ataydi.
K.R.Megrelidzening ta’kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy xodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib, to‘g‘ri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda tafakkurga taalluklidir. Tafakkurning ijtimoiy hayotning boshqa ko‘rinishlarisiz o‘rganish mumkin emas.4
Inson tafakkurining usullari nerv tizimida ham, miyada ham emas, balki bir davrda mana shunday idrok etishga, o’ylashga, ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga yullaydigan ijtimoiy sharoitdadir.
Insonlar fikrlari va qarashlari individual tartibda emas, ijtimoiy munosabatlar tufayli sodir bo‘ladi. Bu haqda K.R.Megrelidze shunday yozadi: inson tafakkuri tabiiy va biologik qonunlar bo‘yicha emas, balki ijtimoiy - tarixiy qonuniyatlar yo‘lida harakatlanadi. Fikr xech qachon o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, fikr biror narsa haqida, biror predmet haqida bo‘lishi mumkin. Predmetsiz fikrning bo‘lishi mumkin emas.5
Tafakkurning funksiyasi miya faoliyati jarayonida kechadigan sub’ektiv psixologik jarayonlar bilangina chegaralanmaydi:
Birinchidan, ongning sub’ektiv holatinigina ifodalamasdan, balki ob’ektga ham tegishli bo‘ladi va narsalar munosabatini ifodalaydi.
Ikkinchidan, yangi fikrning vujudga kelishi bilan bilish jarayoni tugallanmaydi, balki fakatgina boshlanadi. Bu bilishning boshlangich bosqichi bo‘lib, g‘oyaning sub’ektiv xolatidir, endi fikrni amalga oshirish bosqichi boshlanadi.
Uchinchidan, alohida individning fikri ijtimoiy yetilgan fikrlarning xususiy ko‘rinishidir.
Har bir alohida shaxs ijtimoiy tushunchalar, tasavvurlar yordamida fikrlaydi. K.R.Megrelidze inson fikrining ijtimoiy ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Fikrlar va g‘oyalar erkin individual ijodning mahsuli emas, balki individning o‘zi kabi jamiyat va ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Shuning uchun inson tafakkuri tafakkur bosqichlari, inson tafakkurining shakllari va usullari haqidagi jumboqning yechimini mantiqiy izlanishlardan an’anaviy psixologiyadan emas, balki avvalo bu g‘oyalarning ijtimoiy kelib chiqishidan izlash kerak. U yoki bu individ jamiyatda yetilgan ijtimoiy g‘oyalarning tasodifiy ifodalovchisi bo‘lib koladi.
Akademik A.I.Berg shunday deb yozadi "inson fakat tashqi dunyo bilan tuxtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina o‘zok vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to‘liq informatsion ajralish bu akldan ozishning boshlanishidir. Informatsion undovchi tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga ozik - ovkatdek, issiqlikdek zarur". Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim urinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yunalishga ega bo‘lgan psixologik oqim paydo bo`ldi.
Mazkur yunalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K. Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o‘tish lozim. Ular tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma’lum darajada hissa kusha oldi. Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy boskichda to‘rgan psixik jarayonlarga, ya’ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o‘rganishda ratsional bosqichdagi murakkab jixatlardan mexaniq ravishda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo`l bilan isbotlashga harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni o‘zlarining ustilarida o‘tkazib, natijalarni ob’ektiv bo‘lishiga kamroq e’tibor berganlar.
Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat, aktidir deb karay boshlaydilar.
O‘z-o‘zini ko‘zatish metodidan foydalanib, ish to‘tishda ular mana bo‘nday ifodaning ma’nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur xaddan tashqari mashaqqatliki, shunga karamay ko‘pchilik shunchaki hukm chiqarishni ma’qo‘l kuradilar. Shuningdek, ular oldida munosabatlarni urnatish qism, yahlit, tur, jins ob’ektning nisbati va o‘zaro munosabatlarini ushbu munosabatlarning aniq a’zolarini idrok qilishni aniqlash vazifalari turadi. Shuning bilan birga ularning barcha tadqiqotlari ob’ektiv metodlarni izlashga oid faoliyatlarida avj oldi.
Jumladan, A. Narsis tomonidan sun’iy tushunchalarning shakllanishi bo‘yicha dastlabki metodika yaratildi. Mazkur nazariya vakillari tafakkurni munosabatlarning aks etishi bilan bog‘lab, tafakkurni munosabatlarning birlamchi qarab chikish, yoinki birlamchi ma’lumot berish manbai sifatida talqin qiladilar. Tafakkur taraqqiyoti masalasini ko‘tarib chiqib, usishning fikrlarni faollashtirish orqali amaliy faoliyatdan tafakkurni mutlaqo ajratib qo`ydilar.
Tafakkurni tadqiq qilishning asosiy metodi - bu o‘z-o‘zini ko‘zatish ekanligini tan oladi, xolos. Mazkur muammo gnoselogik nuqtai-nazardan olib qaralganda ushbu pozitsiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish unchalik qiyin emas. Vyursburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustaqil bilish faoliyati sifatida aniq ko`rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy obrazlardan qat’iy ajratib tashladilar.


II BOB. BOSH MIYYA ASSIMETIRYASI

2.1. Tafakkurni jarayonining ekspremental metodlar bilan tadqiq etilishi


Vyursburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri O.Zels tafakkurni intellektual operatsiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o‘z oldiga fikr yuritish faoliyatining u yoki bu jihatlari qay yusinda shakllanishini ko‘zatish, intellektual faoliyat bosqichlarini ko‘rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv ko‘rinishidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish vazifasini kuydi. O.Zels masala yechish jarayonini o‘rganishda umumiylikka ega bo‘lgan masalani vujudga keltirish bosqichlariga alohida e’tibor berib, elementlar bilan predmetlar munosabatini ajratib ko`rsatadi. Buning natijasida muammo kompleksi namoyon bo‘ladi.
Kompleks o‘z ichiga ushbu jihatlarni qamrab olishi nazarda to‘tilgan:
a) ma’lumning tavsifnomasini bulaklarga ajratish;
b) kidiriluvchi noma’lumning o‘rnini aniqlash;
v) noma’lum kidiriluvchi bilan ma’lum o‘rtasidagi munosabatlarni ajratib ko‘rsatish.
Shunday qilib, Vyursburg psixologiya maktabining namoyondasi O.Zels psixologiya tarixida birinchi bo‘lib tafakkurni jarayon sifatida ekspremental metodlar bilan tadqiq qilgan, intellektual operatsiyalar va ularning tarkibiy qismlarini nazariy va amaliy jihatdan ta’riflab bergan, izchil ilmiy metodlarga asoslanib, o‘rganishga butun vujudi bilan intilgan psixologdir. Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yunalishi vujudga keldi. Uning, ko‘zga ko‘ringan namoyondalari qatoriga X.Erenfels (1859-1932), V.Keler (1887-1967), K.Kofka (1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtaltchilar fikriga qaralganda, har bir psixik xodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni birgalikda aks ettirishdan qo‘lam jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir.6
Geshtaltchilarning aksiomatik harakterga ega bo‘lgan ushbu tezislari mazkur ta’limot g‘oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan qism va elementlarning yigindisi yahlit to‘zilish mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha yahlit to‘zilma qism va elementlarning xususiyatlari va xossalarini belgilab berishga qurbi yetadi.
Geshtaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlarning bosh moxiyati ularning sezgilarga uxshash alohida elemetlari emas, balki konfiguratsiya shakl yoki geshtaltchilarning yahlit yaratishidan iborat.
Geshtalt psixologiyada tafakkur muammosining tadqiqoti keng kamrovli tarzda olib boriladi. Jumladan, V.Kelyor antropoidlarning intellektual harakatlarini eksperimental o‘rganish natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlarning aqliy harakatida inson harakatiga xos uxshashlik borligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.7
V.Kelyorning fikricha, topshiriqni yechish mexanizmi quyidagilardan iborat: organizmning optik maydonidagi vaziyatlarning muhim elementlari bir butunlikni, ya’ni vaziyat elementlariga, geshtalt ichiga kirib, geshtaltda qaysi joyni egallashga bog‘liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim elementlaridan namoyon bo‘luvchi geshtaltchilar muammosi vaziyatda organizmda ba’zi bir zuriqishlar ta’sirida vujudga keladi, topshiriqni yechish muammoli vaziyatning qismlari yangi geshtaltda yangi munosabatda idrok qilina boshlaganida tugallanadi. Masalani yechish aniq kqdamlarni yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida maydonga chiqadi.
Geshtaltchilarning ayrimlari "yo’nalish" atamasini qo‘llab, uni o‘tmish tajribasi bilan boglashga intiladilar. Shuningdek, ular "tafakkurning evrestik metodlari" to‘g‘risidagi tushunchadan ham foydalanadilar. Bo‘nda materialni, kuyilgan maqsadni, konfliktli xolatlarni tahlil qilishni nazarda tutadilar.
Geshtaltchilar tafakkur psixologiyasining qator muammolarini ko‘tarib chiqadilar, chunonchi ijodiy tafakkurning o‘ziga xosligi, tafakkur jarayonida yangilikning vujudga kelishi, bilimlar bilan tafakkur nisbati, topshiriqni bajarish jarayonida asta-sekin va birdaniga yechish yo‘lini qo‘llash kabilar. Tafakkurni psixologik o‘rganishda funksional rivojlanish g‘oyasini amaliyotga tadbiq qilish ham ma’lum darajada geshtalt psixologiya namoyondalarining xizmati hisoblanadi.
Shunga karamasdan V.Kyoler M.Vertgaymer, K.Dunkerlarning eksperimental tadqiqotlari tafakkurning asosiy mexanizmlaridan biri bo‘lgan predmetlarni yangi alokalar va munosabatlarga fikran jixatini ochishni aniqladilar. Ammo ular ham mazkur muammoli vaziyatda individning amaliy va nazariy aqliy faoliyatlari rolini mutlaqo tan oladilar.
Amerika psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm yoki xulq psixologiyasi oksmi utgan asrning oxirlaridan boshlab hukm surib kelmokda. Bixeviorizm oksmining asoschilari amerikalik psixologlar Dj.Uotson (1878­1958) va E.Torndayk. (1871-1949) lardir. Keyinchalik bular qatoriga K.Levin (1890-1957) A.Vays (1974-1931) va boshqalar kelib qo‘shiladilar. Ma’lum davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o‘ynaydi.
Hozirgi davrda bu oqim bir necha mustakil psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin ularning moxiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi. Hammasi uchun umumiy formula S-R, ya’ni stimul-reaksiya xizmat qilib kelmokda.
Dj.Uotson tafakkurning ichki nutq va noverbal tovushsiz imo-ishora, mimika, yelka kisishi, kosh so‘zish, kommunikatsiya, muloqotni birga qo‘shib, keng ma’noda tushunadi va uni uchta shaklga ajratib o‘rganadi. Nutq shakllaridan biri nutq malakalarini sekin-asta avj oldirish deb ataladi. Bu she’rni yoki sitatani aniq esga tushirishda o‘z ifodasini topadi. Tafakkurning ikkinchi shakli sub’ekt uchun yangi bo‘lmagan topshiriqni so‘z yordami bilan yechish, yarim-yortisi uno‘tilgan she’rni eslashga harakat va nixoyat, yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so‘z yordami bilan yechish Dj. Uotson uchun malaka u individual egallagan va o‘rganilgan xatti-harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur malakaga yaqinlashtirilib quyiladi, chunki she’rni esga tushirish ham tafakkur deb talqin qilinadi.
Dj.Uotson tilni o‘zlashtirishning ijtimoiy jihatlarini umuman hisobga olmagan, nutqning to‘zilishi va rivojlanishiga sira e’tibor qilmagan. Nutq bilan tafakkur birligi to‘g‘risida tamoyilni anglab yetmagan, tafakkur va ongning xulq ko‘rinishi sifatida olib karalgan.
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkaxol) shaxs turadi. Xolbuki shunday ekan, har bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bo‘nda birinchi navbatda shaxsning kasbiy eutiyoji, motivi, layosati, sizitsishi va sobiliyatini hisobga olish darkor. Aks holda umumiy xususiyatli yullanma, kursatma ijobiy natijaga olib kelmaydi, chunki individuallik o‘ziga xos talablarni taqozo etadi.
Kasbga yo‘llash umumdavlat ahamiyatiga ega muammo hisoblanib, uni boskichma - boskich amalga oshirish «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da alohida urin egallaydi. Yuqorida aytib o‘tilgan kasb tanlashga yo‘llash omillari faoliyatini hamkorlikka aylantirish yuksak samaralar sari yetaklaydi.

2.2. Bosh miyaning tuzilishi va psixik funksiyalari


Yangi tugilgan bolaning bosh miyasining ogirligi 340-400 g bo’lib tana ogirligining 1/8-1/9 qismini tashkil etadi. Katta odamda esa 1/40 qismini tashkil etadi. Bolaning 7 yoshigacha bosh miya tez o’saboradi. Bosh miya odamning 20-30 yoshdagina o’sib tugaydi. Bola hayotining 1-2 yoshlarda bosh miya orqa miyaga nisbatan tezroq o’saboshlaydi, so’ng orqa miya tezroq o’sa boshlaydi.



Yosh

Bosh miya og’irligi (grammda)

Yangi tugilgan bola

400

1 yosh

800

3 yosh

1170

7 yosh

1250

13 yosh

1300

15 yosh

1350

18 yosh

1380

Katta odma

1400

1-jadval
Yoshga qarab bosh miya ogirligining o’zgarishi

Bosh miya hayvonot olamining taraqqiyoti jarayonida rivojlanib borgan. Bosh miya bo’laklarining rivojlanishi va vaznining ortishi turli hayvonlarda turlicha bo’ladi. Masalan, baliqlarda va qushlarda bosh miyaning miyacha qismi yaxshi rivojlangan, Sut emizuvchi hayvonlarda bosh miya yarim sharlari yaxshi rivojlangan bo’lib, miya sopini o’rab oladi. Evolyutsion rivojlanishda markaziy nerv sistemasining ayrim qismlari tabaqalanib boradi. Bu bo’linish hayvonlarning hayot sharoitiga qarab turli xil bo’ladi. Yuksak darajada tuzilgan maymunlarda va odamda bosh miyannng katta yarim sharlar bo’lagi juda rivojlangan bo’lib, bosh miya vaznining 80% ni tashkil etadi.


Bosh miya ham orqa miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil neyronlardan tashkil topgan. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayralari joylashgan. Bundan tashqari bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrologiya himoya qiluvchi va ushlab turuvchi tayanch to’qima hisoblanadi. Neyrogliyada gormonlar va gormonga o’xshash moddalar hosil bo’ladi. Bosh miya uzunchoq miya va Voroliy ko’prigi, miyacha, o’rta miya, oraliq miyadan iborat bo’lib bu qismlarni bosh miya. sopi deb yuritiladi. Bu qismlarni miya katta yarim sharlari qoplab turadi.8
Keyingi miya uzunchoq miya bilan Varolio ko’prigidan iborat. Uzunchoq miyaning asosiy funksiyalari unda hayot uchun muhim markazlarning borligidan kelib chiqadi. Bundan tashqari, orqa miyadan markazga intiluvchi yo’llar, shuningdek bosh miyaning yuqoridagi boplimlaridan markazdan qochuvchi yo’llar keyingi miya orqali o’tadi. Uzunchoq miyadagi ba’zi nerv hujayralarining opsiqlari orqa miyaning turli boiimlariga boradi va uzunchoq miya bilan orqa miyani bir-biriga bog’laydi.
Boshqa nerv hujayralarining opsiqlari esa, uzunchoq miyadan kelib chiqib. bosh miya nervlarini hosil qiladi.
Uzunchoq miyada nerv hujayralarining topplamidan vujudga keladigan markazlar muhim reflektor aktlarni yuzaga chiqaradi.
Yuqorida aytilganidek, uzunchoq miyada hayot uchun muhim bir qancha markazlar bor. Jumladan. nafas markazi, yurak faoliyati markazi, tomirlarni harakatlantiruvchi markaz, modda almashinuvini idora etadigan markaz uzunchoq miyadadir.
Bu markazlaming fiziologiyasi darslikning tegishli boblarida mukammai bayon qilingan.
Nafas markazida qo’zg’alish reflektor yopl bilan, shuningdek qonning ximiyaviy tarkibining ta’siri tufayli kelib chiqadi.
Adashgan nervning markazga intiluvchi tolalari orqali o’pkadan keluvchi impulslar nafas markazini refleks yopli bilan uzluksiz qo’z gpab turadi. Qondagi karbonat angidrid asosan ximiyaviy ta’sir lovchi ekanligini yuqorida aytilganlardan bilamiz.
Shunday qilib, nafas markazining faoliyati refleks yopl bilan ham, ximiyaviy yopl bilan ham idora etiladi.
Yurak faoliyatining markazi nerv hujayralarining topplamidan iborat. Bu markazning asosiy ahamiyati yurakning ishini idora etishdan iborat. Nafas markazi kabi, yurak faoliyatining markazi ham refleks yopl bilan va ximiyaviy moddalar ta’siri bilan qo’zg’aladi. Aorta yoyidan va umumiy uyqu arteriyasining tashqi hamda ichki uyqu arteriyalariga bo’linadigan joyidan boshlanuvchi reflekslar yurak faoliyati markazining refleks yopl bilan qo’zg’alish iga misol bopla oladi. Yurak-tomir tizimining boshqa ko’p qismlari kabi shu qismlarida ham qon bosimi oshganda yurak faoliyati refleks yopli bilan tormozlanadi.
Tomirlarni harakatlantiruvchi umumiy markaz ham reflektor va ximiyaviy ta’sir lar ostida bo’ladi.
Bu markaz orqa miyadagi tomirlarni harakatlantiruvchi markazlaming faoliyatiga ta’sir etadi. Aorta yoyidan va uyqu arteriyasidan boshlanuvchi refleks (yuqoriga qaralsin) tomirlami harakatlantiruvchi markazning faoliyatiga ta’sir etib, tomirlami kengaytiradi. Simpatik nerv tizimi esa tomirlami toraytiradi.
Modda almashinuvi markazlari modda almashinuvini idora etadi. Uzunchoq miyaning muayyan qismlariga igna sanchilganda siydik bilan qand chiqa boshlaydi yoki suv va tuz almashinuvi buziladi.
Metabolizm, energetik talablar va ozuqa moddalari Metabolizm organizmni yaratish, o’zgartirish va parchalash yo’li bilan hayotni saqlab turish uchun zarur bo’lgan barcha biokimyoviy jarayonlarni o’z ichiga olgan bo’lib, uni konstruktiv (produktiv, anabolik) va energiyani o’zgartiruvchi (katabolik) metabolizmga bo’lish mumkin. Anabolizm (konstruktiv metabolizm) organizmning o’sishida ishtirok etuvchi hujayra moddalarini ishlab chiqarish, ya`ni endogen moddalarni (organizmning o’z moddalarini) sintez qilishni (jumladan Oqsillar, uglevodlar, yog’lar) o’z ichiga oladi.
Umuman olganda biz moddalar, o’zga jismlar organizmning o’z moddalariga aylanadigan jarayonlarni organizmning assimilyativ energiya iste`mol qiluvchi (anabolik) jarayonlar deb ataymiz. O’simliklarda assimilyatsiya (fotosintez) quyosh nurini singdirib olishni o’z ichiga oladi, uning yordamida energetik past anorganik moddalar energiyaga boy organik moddalarga aylanadi (avtotrof organizmlar).
Ovqat hazm qilishga aloqador bo’lgan bir qancha reflekslarning markazlari ham uzunchoq miyadadir. Soprish, so’lak chiqarish. me’da osti bezi bilan me’da bezlaridan shira chiqarish, ovqatni chaynash, yutish uzunchoq miyadagi markazlaming reflektor faoliyatidan kelib chiqadi. Bu reflekslarning yuzaga chiqishida bosh miya nervlari qatnashadi. Hozir aytilgan reflekslarning yoylari bosh miya nervlaridan tashkil topadi.
Masalan, ovqat chaynash refleksining yoyi til-halqum nervining markazga intiluvchi tolalaridan va uchlik nervining markazdan qochuvchi tolalaridan iborat. Uchlik nervining markazga intiluvchi tolalari va yuz nervi bilan til-osti nervlarining markazdan qochuvchi tolalari soprish refleksining yoyiga qopshiladi.
Uzunchoq miyada ba’zi reflekslarning markazlari bor. Aksa urish, yo’talish, Ko’zni yumib-ochish, Ko’zdan yosh chiqarish va qusish markazlari shular jumlasidandir.



Download 127,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish