I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda irodaviy faoliyatning tarkib topishi



Download 490,76 Kb.
bet37/42
Sana27.05.2023
Hajmi490,76 Kb.
#944977
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda irodaviy faoliyatning tarkib topishi.
Irodaviy xarakatlar ma’lum maksad asosida amalga oshiriladigan, tula anglangan xarakat bulgani uchun bunday murakkab xarakatlar xali chaqaloq bolalarda bulmaydi. Chakaloq bolalardagi aktivlik asosan ixtiyorsiz, reflektor xarakatlardan iborat buladi. Chaqalok bolalar uzlarining bironta xam xarakatlarini idora qila olmaydilar.
Masalan, kichkina bola uziga yoqkan yoki uni qiziqtirgan biron narsani ko’rgan paytida juda ko’p betartib (qul-oyoklari, boshi bilan) xarakatlar qila boshlaydi. Lekin xarakatlarning birontasi xam
ma’lum bir maksadga karatilgan bulmaydi.
Bola uch-turt oylik bo’lgandagina, uzining boshini tik xolatda ushlay oladigan buladi. Ana shu davrdan boshlab bolaning ixtiyoriy xarakatlari rivojlana boshlaydi. Bola 5-6 oylik bulgach tanasining muvozanatini saqlab bemalol utira oladilar, qullari bilan uz atrofidagi narsalarni ushlab ko’radigan buladi. Ana shu tariqa bolaning ixtiyoriy xarakatlari rivojlana borib, bola bir yoshga tulgach, uz xarakatlarini ixtiyoriy ravishda idora qilib yura boshlaydilar.
Ilk bolalik yoshidagi bolalarning irodaviy xarakatlarini rivojlantirishda nutkni egallash nixoyatda katta rol uynaydi. Bola nutqni egallab olgach, u kattalar bilan nutq orkali, munosabatga kirishadi, ularning topshiriklarini kuvonib bajaradi. Masalan, kichkina bolalar katta odamlarning "buyoqqa kel", "mana bu yerga o’tir", "qulingni ber" kabi topshiriqlariga bemalol tushunib sidqidildan bajaradilar.
Yasli yoshida bolaning ixtiyoriy xarakatlari tez sur’at bilan rivojlana boshlaydi. U o’zini qiziktirgan narsalarni olib ushlab, uni aylantirib xar tomonlama timirskilab ko’radi. Bola shu davrdan boshlab kattalarga taklid qilgan xolda ixtiyoriy irodaviy xarakatlarni bajara boshlaydi. Shuning uchun xam ularning irodaviy xarakatlarini to’g’ri yulga solish, rivojlantirib borish kattalar zimmasiga yuklatiladi.
Irodaviy jarayonlar bilan bog’liq bulgan asosiy ixtiyoriy xarakatlar bog’cha yoshidan boshlab yuzaga kela boshlaydi. Lekin kichik yoshdagi bog’cha bolalarida xali ixtiyorsiz xarakatlar ustunlik kiladi. 3 yoshli bolaning ko’pgina xarakatlari uning tafakkuriga emas, balki xissiyotiga tobe buladi. Shuning uchun xam bu yoshdagi bolalar xali biron bir ishga uzlarini majbur etish uddasidan chiqa olmaydilar.
Bog’cha yoshidagi bolalar irodaviy xarakatlarining rivojlanishida ular nutqining tobora usib borishi juda katta axamiyatga ega. Tarbiyachilar va ota-onalar turli yoshdagi bolalarga og’zaki turda turli xil vazifalarni topshiradilar. Bolalar ayni chog’dagi uyinlarni yoki boshqa qilayotgan ishlarini quyib, kattalarning topshirgan vazifalarini bajarishlari kerak. Ana shunday topshiriqlar berish orkali bolalarda ixtiyoriy xarakatlarni ustirib borish mumkin. Lekin og’zaki topshiriklarni bog’cha yoshidagi xamma bolalar xam bir xilda bajaravermaydilar. Masalan, kichik yoshdagi bog’cha bolalari, ya’ni uch yoshli bolalar og’zaki berilgan topshiriqlarni xotiralarida uzoq vakt saqlab turolmaydilar. Ular topshirikni tezda unutib qo’yib, uning o’rniga uzlari xoxlagan ish bilan shug’ullanadilar. Bunday xolat ularni tashvishlantirmaydi. Nutq asosan o’rta va katta gurux yoshidagi bolalar irodasini rivojlantirishda katta axamiyatga ega buladi. Bu yoshda bolalar topshiriklarni ixtiyoriy ravishda bajarishda suz orkali tushuntirib berilgan usullarga rioya kilishga intiladilar.
Bog’cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy xarakatlar rivojlanishi bilan birga irodaviy jarayonlar xam ko’rina boshlaydi ( maksad kuyish yo’l­yo’rik xamda vositalarni belgilash, qarorga kelish va karorni ijro etish). Lekin kichik yoshdagi bolalarda bunday irodaviy jarayonlar xali anik emas. O’tkazilgan tekshirishlarning ko’rsatishicha, 3 yoshli bolalarning xarakatlari kuyilgan kat’iy bir maksaddan kelib chiqib tarkib topa boshlaydi. Bunda kattalarning ularga o’rnak ko’rsatishlari juda katta axamiyatga egadir.
Katta yoshdagi bog’cha bolalarida bog’chada utkaziladigan sistemali mashg’ulotlar davomida ayrim ta’lim ishlari, ya’ni o’qish tizimi jarayoni bilan bog’lik bulgan malakalar tarkib topadi. Bola rasm chizish mashg’ulotlarida kalamni to’g’ri ushlash malakasini orttiradi, sanok, va ona tili mashg’ulotlarida birdan o’ngacha sanash va boshka malakalarga ega bula boradilar. Ana shunday malakalarni tarkib toptirishda mashkning roli kattadir. Ta’limiy mashg’ulotlarda tarbiyachi xar bir xarakatning kanday bajarilishini oldin uzi ko’rsatishi va undan shuni bolalardan talab kilishi kerak. Mashk kilish orkali bolalarda juda elementar xisoblash, yozish va uqish malakalari xosil kilinadi.
Bog’cha yoshidagi bolalar irodaviy xarakatlarining rivojlanishida uyin juda katta rol uynaydi. O’yin bolalar irodasini ustiruvchi va mustaxkamlovchi omillardan biridir. Bolalar uzlarining turli-tuman uyinlarida o’z oldilariga ma’lum maqsadlarni quyadilar, ba’zan uchrab qolgan to’siqlarni yengib, kuzlagan maqsadlarni amalga oshirishga xarakat qiladilar. Bog’cha yoshidagi bolalar predmetli xarakatlarini ustirish va mustaxkamlashda rollarga bulinib uynaydigan xamda qoidali uyinlarning axamiyati g’oyat kattadir. O’yin qoidalariga rioya qilishda uz iroda kuchini ishga solishga to’g’ri keladi, chunki bola uyin paytida uzining xarakatlarini o’ynovchilarning maqsadlari bilan moslashtirishi kerak. Kichik gurux bolalari esa buning uddasidan chiqa olmaydilar, ya’ni uyin qoidalariga to’la rioya qila olmaydilar.
Shuning uchun ular qoidali uyinlarga katnashganlarida juda sodda rollarni bajaradilar. Masalan, "poezd" uyinida faqat passajir (yo’lovchi) rolini uynaydilar.
Bog’cha yoshidagi bolalar irodaviy xarakatlarini ustirish va mustaxkamlashda ularni mexnat mashg’ulotlariga jalb qilishning xam axamiyati kattadir. Bolalarga biron mexnat topshirig’i berilsa, ular ayni chog’dagi uzlarining mayl-xoxishlarini yengib, mexnat topshiriklarini) uz vaqtida bajarishga intiladilar. Ular kupincha, xatto uynab turgan uyinlarini xam tuxtatib, topshirikni bajarishga kirishadilar. Bu esa ularda predmetli xarakatlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Bolalardagi irodaviy xarakatlarni rivojlantirish maksadida ularni uz-uziga xizmat qilish, guruxda navbatchilik qilish, poliz ekinlarini, gullarni parvarish qilish va tabiat burchaklarida navbatchilik kilish kabi mexnat turlariga jalb qilish zarur. Bunda faqat mexnat topshiriqlari berish bilangina cheklanib qolmay, balki bolalarning bu topshiriqlarni qanday bajarganliklarini xam doimiy ravishda tekshirib, nazorat kilib turish lozim. Ana shunday qilgandagina bolalarda javobgarlik xissi yuzaga keladi.
Bog’cha yoshidagi bolalarning biron maksadni aniklash va biron qarorga kelishlarida motivlar kurashi xam ko’rinadi. Masalan, kichik yoshdagi bog’cha bolasiga ikkita uyinchokni ko’rsatib, shulardan birini tanlab olish taklif etilsa, u darrov tanlab ololmaydi. U kulini gox; u uyinchoq gox bu uyinchokqa chuzadi. Bunday xolda juda sodda bulsa xam motivlar kurash yuzaga keladi, bola qaysi bir uyinchokni olish xakida qarorga kelolmaydi. Urta va katta gurux bolalari esa biron o’yin o’ynashni tanlashda (ya’ni uyin maksadini aniqlashda) anchagina tortishadilar.
Bog’cha yoshidagi bolalarda ijtimoiy motivlarning ta’siri bilan bir kator iroda sifatlari, ya’ni qat’iylik, mustakillik, tashabbuskorlik, dadillik kabi sifatlar tarkib topa boshlaydi. Lekin bog’cha yoshidagi bolalar irodasining bunday sifatlari katta odamlarnikidek mustaxkam, ya’ni xarakter xislatlariga aylanib ketgan darajada bulmaydi. Urta va katta yoshdagi bog’cha bolalarida ko’rinadigan ba’zi iroda sifatlari (katiylik, mustakillik kabi) kupincha epizodik xarakter kasb etadi. Bu yoshdagi bolalar bajarayotgan ishlarida biron tuskinlik uchrab qolsa, uzlari mustakil ravishda bartaraf kilishga urinadilar. Lekin bu ishning ular uchun og’irlik qilayotganligi sezilib turadi. Shu sababli bunday tuskinliklar chiqib qolgan paytda, ular kattalarni yordamga chakiradilar. Uzokrok davom etadigan tuskinliklarni yengishga bog’cha yoshidagi bolalarning chidamlari yetmaydi. Bajarayotgan ishlari ularni juda kiziqtirsa, ular uzok davom etadigan tuskinliklarni xam chidam bilan yengishga xarakat qiladilar.
Shunday qilib, bog’cha yoshida bolaning irodaviy xarakatlari xar tomonlama rivojlanib, mustaxkamlanib boradi. Bolalar irodasini rivojlantirib borish ularni maktabga tayyorlash shartlaridan biridir. Maktabdagi ukish jarayoni dastavval bolalardan irodaviy (ixtiyoriy) xarakatlarni va iroda sifatlarining anchagina rivojlangan bulishini talab kiladi. Agar bolalar uz xatti­xarakatlarini uzlari idora eta olmasalar, maktabning kat’iy tartib ­qoidalariga rioya kila olmaydilar. Natijada ularga sistemali bilim berish mumkin bulmay koladi. Shuning uchun tarbiyachilar va ota-onalar bolalariga xar xil topshiriqlar berish orkali ularning irodalarini tarbiyalab borishlari zarur.
Bog’cha yoshidagi davrda bolalarning malaka va odatlari xam rivojlanib boradi. Dastavval ilk yoshdagi bolalarda (chakaloqlarda) malaka xam, odat xam bulmaydi. Malaka va odatlar odamning individual xayoti davomida, turmush tajribasining ortishi bilan tarkib topib boradi. Bolada 5-6 oylik bulganda utirish yoshiga to’lgach yurish malakasi, uch yoshga yaqinlashgach esa, mustakil kiyinish, yechinish,ovqatlanish malakalari xosil bulib boradi.
Bog’cha yoshidagi bolalarda juda sodda bulsa xam ayrim mexnat malakalari,ya’ni xonani ozoda va tartib bilan yig’ishtirish, gullarni parvarish kilish, idish-tovoqlarni yuvib va artish malakalari tarkib topa boshlaydi. Bog’cha yoshida bolalarda madaniy gigiena odatlari, ya’ni yuz-kullarni yuvib, ozoda kiyinish xamda ijobiy, axlokiy odatlar tayyorligi ayrim psixik jarayonlarning tarakkiyot darajasi bilan emas, balki bola shaxsining umumiy tarakkiyot darajasi bilan aniklanadi.
Bolalarda 5-6 yoshdan boshlab shaxsiy ong tarkib topa boshlaydi. Bu shunday xollarda kurinadiki, bolalar uzlari yashab turgan ijtimoiy muxitdan uz uyinlarini belgilashga, kattalar bilan yanada yakinrok yanada tularok munosabatlar sistemasini urgatishga intiladilar. Katta gurux bolalari maktabga borishdan ancha ilgariyoq maktab xakida orzu kila boshlaydilar. Maktabning kanday ekanini kattalardan tez-tez surishtirib turadilar. Maktabga borish vaktlarini anik bilishga xarakat kiladilar. Agar biror urtoklari maktabga utib ketsa, juda xavaslari kelib, uzlari bog’chada qolganlaridan uksinib ketadilar. Katta yoshdagi bog’cha bolalarining maktabga intilishlari ijtimoiy munosabatlar tizimidan yangini egallashga bulgan intilishlarining konkret ifodasidir.
Shunday kilib, bolaning maktabdagi ukishga tayyorligi shaxsining ijtimoiy yetuklik boskichlaridan biridir. Lekin ijtimoiy taraqkiyotning bunday yetuklik boskichiga bola uz-uzidan ko’tarilmaydi. Uni bu boskichga bog’chadagi va oiladagi butun ta’lim tarbiya ishi kutaradi.
Bola yetti yoshga to’lganda jismoniy jixatdan ancha usadi, uzini idora kilishga, nojuya xatti-xarakatlardan uzini tiyishga, xulk-atvor koidalarini uzlatirishga xarakat kiladi. U uzini eplay boshlaydi, uz kuchiga yarasha mexnat kila oladi, masalan, bolalar bog’chasida navbatchilik vazifasini bemalol uddalaydi. Jamoada yashashga kunika boshlaydi. Bolaning turmush tajribasi tobora ortadi, ko’p narsalarning nomini va ulardan kanday foydalanishni biladi. Xotirasi va tasavvurlari usib, ko’pgina she’r va xikoyalarni yoddan bilib oladi. Bolaning nutki ma’lum darajada usgan buladi, u uz urtoklari va kattalar bilan erkin suxbat kila oladi.
Yetti yoshli bolalarning xis-tuyg’ulari ancha usadi. Xayrixoxlik, raxmdillik, urtoklik kabi xis-tuyg’ular mustaxkamlana boshlaydi.
Bu davrda bolada turli xarakatlar mustaxkamlanadi, u kaychi, igna, kalam kabi qurollardan foydalanish malakasini egallay boshlaydi. Biroq bu davrda xam bolada xali beixtiyor aktivlik ancha ustun turadi. Shu sababli bolani kiziktiradigan yoki unga kuchli ta’sir qiladigan narsalar uning dikkatini jalb kiladi. Bu yoshda xam uyin juda katta rol uynaydi. Uyin jarayonida bola uzini idora kilishga, uz xarakatlarini uyin koidalariga buy sundirishga, javobgarlikka, jamoa manfaatini ustun kuyishga odatlanadi. Bu xislatlar keyinchalik ukish mexnatiga utish uchun zarur bulgan xislatlardir. Uyin jarayonida bolaning akl-idroki, zexn va boshka psixik xususiyatlari usadi. Bulalar uz navbatida, bolaning maktabda ukishi uchun psixologik zamin tayyorlaydi. Bunday zaminni tayyorlash va mustaxkamlashda, albatta oilada xamda bolalar bog’chasida olib boriladigan ta’lim tarbiya ishlari xal kiluvchi axamiyatga egadir.
Umuman, malaka va odatlarning inson xayotidagi roli bag’oyat katta. Buni biz maktabga bog’chadan va to’ppa-tugri uydan kelgan bolalarning tarakkiyot darajalari o’rtasidagi farkdan yakkol kurishimiz mumkin.

Download 490,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish