Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda oliy hislarning rivojlanishi.
Bola faoliyati, atrof olamni va uzini bilishi, kattalar va tengdoshlar bilan bulgan munosabat jarayonida xilma-xil emotsiyalar xamda xissiyotlani uzidan o’tkazadi. U atrofda ruy berayotgan xamda o’zi kilayotgan narsalarga muayyan munosabatda buladi. Ana shu munosabat bolada ma’lum bir emotsiyalar va xissiyotlarni tug’diradi.
Emotsiyalar va xissiyotlar xam vokelikni aks ettirishning o’ziga xos shakli.U bolaning atrof olamga bulgan munosabati, biror bir extiyojning kondirilishi yoki kondirilmasligi tufayli vujudga keluvchi ichki kechinmalarida namoyon buladi.
Emotsiya va xissiyotlar rivojlanishning kuyidagi umumiy yunalishlarini ajratib kursatish mumkin: bola xayotiy vaziyatining uzgarishiga bog’lik ravishda emotsional xolatlarning shakllanishi;
Emotsiyalar asosida oliy xissiyotlarning shakllanishi: emotsiya va xissiyotlarning shaxsiy tuzilmalar orasida yangi tuzilma sifatidas hakllanib borishi.
Emotsiya va xissiyotlarning ontogenezdagi rivoji muayyan uz konunlariga ega:
1.Dastlab, ontogenezda oddiy kechinmalarni ifodalovchi emotsiyalar paydo buladi. Bu kechinmalar tabiiy extiyojlarning kondirilishiga bog’lik ravishda vujudga keladi. ( kondirilsa - ijobiy, kondirilmasa salbiy emotsiyalar vujudga keladi). Bunday emotsiyalar xayvonlarda xam mavjud. Birok boladagi eng oddiy emotsiyalardan xayvonlardagi eng oddiy emotsiyalarni farklash kerak. Chunki emotsiyalarning namoyon bulish shakli insonda ijtimoiy xarakterga ega. 2 yoshdan boshlab bola uchun bolalarning shodlik, xursandchilik, umuman ijobiy emotsiyalarni ifodalovchi reaksiyalarni eng informativ (ko’p axborot beradigan)bulib xisoblanadi. Tajribalardan birida, 2-9 yoshdagi bolalarga fotosuratlardan turli mimik reaksiyalarni (xayronlik, jaxl, kurkuv, xursandchilik va boshkalarni ifodalovchi reaksiyalarni) aniklab olib, sungra kursatib berish taklif etilgan. Tajribadan shu narsa ma’lum buldiki, bolalar birinchi bulib xursandchilikni ifodalovchi mimik reaksiyalarni anglay olganlar kursatib berishda xam eng oldin xursandlikni ifodalovchi mimik reaksiyalarni aniklay olganlar.
Demak, dastlab ijobiy emotsiyalarni kursatib beruvchi mimik reaksiyalarni aniklash, boshka reaksiyalar orasida tanish va namoyon eta bilish kobiliyati shakllanadi.
Shubxasiz, ijobiy emotsiyalar maktabgacha yoshdagi bolaning psixik va jismoniy tarakkiyotiga ijobiy ta’sir kursatadi. Birok V. A. Suxomlinekiy ta’kidlaganidek, agar bola shodlikni mexnatsiz, ruxiy kuchlarini ishga solmay kulga kiritaversa, ertami kechmi uning yuragi bir parcha "muz" ga aylanib kolishi mumkin. Unda sovuqqonlik paydo bulishi mumkin.
2.Emotsiyalarning rivojlanishi ularning differensiyasi, kechinmalarning boyib borishi singari ruy beradi. Ijobiy emotsional yoki salbiy emotsional buyoqdorlikka ega bulgan kechinmalarga misol qilib, ozuqaga bulgan extiyojning kondirilishi yoki kondirilmasligi tufayli bola uz boshidan utkazadigan kechinmalarni keltirish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolada salbiy kechinmalar kurkuv, jaxl, jirkanish, ijobiy kechinmalar - shodlik, bola mexrining atrofdagilarga tovlanib ketishi, ota-onasiga kalban, yakinlashishi kurinishlarida namoyon bulishi mumkin.
3.Bolalar xissiyotlarining rivojlanishi muayyan ob’ektga yunaltirilgan emotsiyalarning umumlashishi sifatida ruy beradi.
Emotsiya va xissiyotlarning shakllangan tizimida emotsiyalar boshdan utkazilayotgan xissiyotning namoyon bulishi sifatida gavdalanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsiya va xissiyotlar tizimi endi-endi shakllanayotgan buladi. Shuning uchun ularning emotsiyalari ular kechirayotgan xissiyotlarning namoyon bulishi emas, balki ko’prok oliy xissiyotlarning shakllanishi uchun umumlashtirilishi kerak bulgan materialdir.
4.Maktabgacha yoshdagi bolalar emotsional soxasining rivojlanishi davomida emotsional kechinmalarni uyg’otuvchi ob’ektdan sub’ektga munosabat ajralib boradi. Bola kanchalik kichik bulsa, buning uchun ob’ekt tavsifi bilan sub’ektiv kechinmalari tavsifi shunchalik bir-biriga yakin buladi. 3 yoshli betob bola uchun unga ukol kilgan xamshira "yomon xolda" dir. Bunda bola o’z emotsional xolatining salbiy tavsifini bu xolatning yuzaga kelishiga sababchi bulgan odamga kuchirib o’tkazadi.
5.Maktabgacha yoshda emotsiya va xissiyotlarning dinamik va mazmuniy tomonlari rivoj topadi. Mazmun tomonining rivojlanishi atrof xam xaqidagi bola bilimlarining kengayishi va chuqurlashishi, bola barkaror (doimo bir xil) munosabatda buladigan predmet va xodisalarning ko’payib borishi bilan takozolanadi. (Shular tufayli emotsiya va xissiyotlar mazmun jixatdan rivojlanadi.) Dinamik tomonining rivojlanishi bolada o’z emotsiyalarini nazorat kilish va boshkara olish kunikmalarining shakllanishi bilan takozolanadi. Emotsiya va xissiyotlarning mazmuni emotsional kechinmalarining ob’ektlari, sabablari bilan bog’lik. Dinamik aspekt esa emotsional kechinmalarining chukurligi, davomiyligi va vujudga kelish chastotasi bilan xarakterlanadi.
Emotsiya va xissiyotlar rivojlanishi boshqa psixik jarayonlar, ayniksa, nutkning rivojlanishi bilan bog’lik. Nutq yordamida bola o’z xissiyotlari va emotsiyalarini anglaydi va boshkaradi. Nutk orqali bolalarda nafakat biror narsaga extiyoj sezayotganlarini bildiradilar, balki ma’lum bir tarzda uz kechinmalarini ifodalaydilar. Bola emotsiyalarining rivojlanishi muayyan ijtimoiy vaziyatlar bilan bog’liq. Bolaning vaziyatini tushinish, vaziyatni va undagi uzgarishlarni boshidan kechirishi muayyan emotsional xolatni xosil kiladi.
Bola uchun odatiy bulgan vaziyatlarning buzilishiga bola xayot tarzi, kun tartibining uzgarishi sabab bulishi mumkin. Bu esa ba’zida stress xolatini yuzaga keltiradi. A.I.Mishkis va L.G.Golubevaning ma’lumotlariga ko’ra, bolalar yangi sharoitlarga moslashishi uchun 2 oy talab qilinadi.
Odatiy vaziyatning buzilishi affektiv reaksiyalarni shuningdek, qo’rquvni keltirib chikishi mumkin. Affekt (kisqa mudatli, jushqin kechadigan emotsional reaksiya) bosh miya po’stlog’I boshkaruv funksiyasning sustligi natijasi bulishi mumkin.
Bolalardagi o’zgarish tormozlanishdan ustun kelishi mumkin. Bola ijobiy emotsiyalarning jushkin ifodalanishini tormozlay olmasligi tufayli, karama - karshi (salbiy) emotsiyalar paydo bo’lishi mumkin. Masalan, jo’shkin xursandchilik ko’pincha yig’i va ko’z yoshi bilan tugaydi.
Maktabgacha yoshdagi bola faoliyatining strukturasida emotsiyalarning tutgan o’rni asta-sekin uzgarib boradi: dastlabki boskichlarda kechinmalar erishilgan natijada emotsional baxo sifatida yuzaga kelsa, keyingi boskichlarda – xarakatlarni bajarguncha oldindan emotsional sezish shaklida vujudga keladi.
L.Z. Neverovich o’tkazgan tajribalarda 4-6 yoshli bolalar ma’lum ketma-ketlikda o‘n to‘qqizta aylanachani terib chikib, piramidalar yasashi kerak edi. Bolalar vazifani nafaqat ishning axamiyati ularga tushuntirilganda,(piramida o’yin o’ynash uchun kerakligi tushuntirilganda), shu bilan birga vaziyatni oldindan emotsional sezish xosil kilinganda yaxshi bajarishgan. Vaziyatni oldindan emotsional sezishni xosil kilish uchun eksperimentator bolaga rasmlar ko’rsatdi. Birinchi rasmda yoyilib yotgan aylanachalar oldida yig’lab utirgan bolalar tasvirlangan, ikkinchisida esa yasab bo’lingan piramidalarni xursandchilik bilan o’ynayotgan bolalar kursatilgan. Bolalar bilan rasmlarni muxokama kilish ularda berilgan vazifani bajarish yoki bajarmaslik okibatlari xakida emotsional buyoqdor tasavvurlarni vujudga keltiradi. Bu esa bolalarni berilgan vazifani oxirigacha bajarishga undaydi. A.V.Zaporojes yozganidek, bola rivojlanib borar ekan, affektiv va bilish jarayonlari o’zaro alokaga kirishadi, xamda odamlarga xos xissiyotlarning bir utun funksional tizimini xosil kiladi. Bu tizim sub’ektga o’z xattixarakatlarining okibatlarini nafakat oldindan kura bilish, balki ayni vaktda xis eta olish va shu tarika faoliyatning murakkab shakllarni adekvat emotsional boshkarish imkonini beradi.
P.M.Yakobson ko’rsatib o’tganidek, maktabgacha yosh davrida xissiyotning bola xarakatlarining motivi sifatida roli o’zgarib boradi. 3 yoshgacha bolaning xarakatlari nima yokimsiz-u, nima yokimli ekanini anglashga asoslanadi. 3-4 yoshda boladagi jaxl, kurkuv, darxol uni xarakatga undaydi. U boshka bola bilan urishadi, uyinchokni tortib oladi yoki kimgadir raxmi kelayotganini ko’rsatadi, 4-5 yoshda bola o’z xarakatlarini xissiyotlarini bevosita namoyon etishdan o’zini tuta olishi yoki oliy xissiyotlariga asoslanib xarakat kilishi mumkin, emotsiya va xissiyotlar boshkaruv funksiyasini bajarib, bolaning xulk-atvorini kayta kurishga yordam beradi. Emotsional kechinmalar, xatti-xarakatlarni qo’llab-quvvatlaydi, yunaltiradi yoki tormozlaydi. Bolaning xulk-atvorini uzgartirishga karatilgan kattalarning ta’sirlari va talablari bola tomonidan emotsional kabul kilinsa, bola xarakatlarning undovchisi bulib xizmat kiladi va emotsional javobni uyg’otadi.
Bolada oliy (axlokiy )xissiyotlar, bilish xissiyotlar shakillanishi uchun unda yaxshilik va yomonlik, go’zallik va xunuklik xakida tushuncha xamda bilish extiyoji shakllangan bulishi lozim. Xissiyotlar asta-sekin shakllanib boradi. Dastlab bolalar xodisalarning tug’ridan-tug’ri ma’nosini, keyinchalik ularning umumiy ma’nosini tushunadilar.
Maktabgacha yoshdan bolalar uchun oliy xissiyotlarning kushilib ketganligi xos. Bolalar estetik kechinmalarni vujudga keltiruvchi ob’ekt va xodisalarni xam, axlokiy kechinmalarni uyg’otuvchi ob’ekt va vositalarni xam, intellektual kechinmalarni yuzaga keltiruvchi ob’ekt va xodisalarni xam "yaxshi" degan umumiy baxo bilan baxolaydilar. Boshkacha aytganda, bu davrda bola uchun yaxshi narsa – bu chiroyli, bu mexribon, bu kizikarli narsadir. Aynan bir ob’ekt uzida estetik, axlokiy xisiyotlarni jamlagan kechinmalarni uyg’otadi.
Keyinchalik maxsus axlokiy va estetik mezonlar asosida analiz kilish va baxolash kunikmasi shakllangach, sinkretik, (kushilib, birlashib ketgan) xisiyotlar estetik, axlokiy intellektual xissiyotlarga ajraladi.
Oliy xissiyotlar 2-3 yoshdan boshlab shakllana boshlaydi. Oliy xissiyotlarga intellektual estetik va axlokiy xissiyotlar kiradi.
Bilish faoliyati jarayonida yuzaga chikadigan xissiyotlar intellektual xissietlar deyiladi, Bularga kizikuvchanlik, xayron bulish, yangilikdan zavklanish xissi, xushchakchaklik xissi kiradi, Xushchakchaklik xissi maktabgacha yoshdan bolalarda vokelikni bilish jarayonida namoyon buladi. Atrof olam xakida turli tasavvurlarga ega bulgan bolalar predmetlarga ular uchun xos bulmagan belgilarni aks etishni yaxshi kupadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy xayot, talablarini, ya’ni axlokiy me’yorlarni bajarish yoki bajarmaslikka boglik ravishda muayyan kechinmalar yuzaga keladi. Burch xissining ilk bor namoyon bulishi 4-5 yoshlarga tugri keladi. Chunki bu davrda mavjud bilimlar, kunikma va malakalar asosida bolada axlokiy ong shakllana boshlaydi. Chunki bu davrda bolalar kattalarning talablarini tushuna boshlaydi va ularni uzining xatti-xarakati xamda boshkalarning xulk-atvoriga tadbik eta boshlaydi.
Maktabgacha yosh davri bolalarda faxr va qunt kabi axlokiy kechinmalar xam paydo buladi. Faxr xissining paydo bulishi uchun bola ongda konkret fazilatlar bilan atrofdagilarning ularga beradigan ijobiy baxosi o’rtasida mavjud alokadorlik xakida shakllangan tasavvurlar ichki asos bulib xizmat kiladi. Jumladan, 4- 5 yoshli bolalar faoliyatning xar xil turlarida erishadigan mikdoriy ko’rsatkichlar bilan birgalikda chiroyli raqsga tusha olish, tez chopa olish, axlokiy xususiyatlari (chiday olish, quloq solish) bilan faxrlanadilar.
Maktabgacha yosh davrining oxiriga kelib, oliy xissiyotlar tobora kuprok bola xulk-atvorining motivlariga aylanib boradi. Xissiyotlar vositasida bolalar jamiyatda o’rnatilgan estetik, axlokiy talablarga muvofik ravishda uz xoxish istaklari, xatti xarakatlarini boshkara boshlaydi, maktabgacha yoshdagi bolalar, emotsiya va xissiyotlarining rivojlanishi bir kator shartlar bilan bog’lik. M.I.Lisinaning tadqikotlari ko’rsatishicha, emotsiya va xissiyotlar bolaning kattalar va tengdoshlari bilan bo’lgan mulokati jarayonida shakllanadi.
Xayotning dastlabki yillaridan boshlab oiladan tashqarida tarbiyalangan bolalardagi sust emotsional rivojlanish butun xayotlari davomida saklanib kolishi mumkin, buning sababi shundaki, maktabgacha tarbiya muassasalarida bitta kishiga kup bola tug’ri keladi. Natijada tarbiyachilarning xar bir bola bilan emotsional kontakti kam buladi.
M.M.Kolsovaning ma’lumotlariga kura, oiladagi nosog’lom muxit darxol bolaning chizadigan rasmlarida aks etadi. Oiladagi notug’ri munosabatlar ba’zida bir tomonlama affektiv bog’liklikni kupincha onaga bulgan bogliklikni yuzaga keltiradi. Bunda bolaning tengdoshlari bilan muloqotda bulish extiyoji susayadi, bolaning xulk atvori xaddan tashkari kattalarga bog’lik bulib qoladi, bola, xatto kuchli salbiy kechinmalar (masalan, uzi bog’lanib qolgan odamga nisbatan rashk) ni boshidan kechirishi mumkin. M.M.Kolsovava V.S.Muxinaning tadqikotlarida ko’rsatilishicha, ota-onaga nisbatan rashkning namoyon bulishi odamda oilada yangi farzandning tug’ilishi bilan bog’lik buladi.
Emotsiyalar va xissiyotlar maktabgacha yosh davrida yetakchi bulgan faoliyat turi - uyinda juda intensiv rivojlanadi. Uyin maktabgacha yoshdagi bolalar uchun nafakat yetakchi, balki xilma xil kechinmalarga boy faoliyat turidir .
Emotsiyalar va xissiyotlar bola faoliyati amalga oshiriladigan ijtimoiy-psixologik vaziyat bilan bog’lik. Emotsiogen vaziyatlar, ya’ni kuchli kechinmalarni uyg’otuvchi vaziyatlar yangiligi, g’ayrioddiyligi bilan ajralib turadi. Bola kattalarga nisbatan ancha ko’p emotsiyalarni boshidan kechiradi. Buning sababi shundaki, bolaning xayot tajribasi xali kam bulganligi uchun ko’p narsa unga g’aroyib va yangi bulib ko’rinadi.
Vaziyatga ko’ra bolaning xissiyot va emotsiyalari xam ijobiy (muxabbat, xursandchilik) , xam salbiy (jaxl, nafrat) bulishi mumkin. Agar bola extiyojlarini qondira olish imkoniyatlariga ega bulsa ijobiy kechinmalar (stenik kechinmalar) xosil buladi. Bordi-yu, vujudga kelgan vaziyatga bola uz extiyojlarini kondirish imkoniyatiga ega bulmasa, salbiy (astenik) emotsional kechinmalar paydo buladi.
Umuman olganda, bolalar xayotiy vaziyatlarga optimistik munosabatda buladilar, ularga tetik xayotdan kuvonuvchan kayfiyat xos. Emotsiya va xissiyotlarning ontogenezdagi rivojlanish qonuniyatlarini, shuningdek shartlari va yosh xususiyatlarini xisobga olish bolalarda maktabga psixologik tayyorgarlikni shakllantirish imkonini beradi. Maktabga psixologik tayyorgarlikning asosiy tarkibiy kismlaridan biri emotsional tayyorgarlikdir. Bu tayyorgarlik nafakat maktabda ta’lim boshlashni xursandchilik bilan kutish, balki shu bilan birga oliy xissiyotlarning ancha rivojlangan bulishi, bola shaxsining emotsional xususiyatlari shakllangan bulishi taqozo kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |