I. O’quv materiallari 1-modul. Menejment nazariyasi asoslari



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/41
Sana16.01.2022
Hajmi1,46 Mb.
#376275
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
1-maruza

tashkiliy tarkibi

 diqqat markazida turgan bo‘lsa;

60-70 - yillarda 



strategik rejalashtirish

 vujudga keldi;

80  -  yillardan  boshlab  esa  ilg‘or  g‘arb  firmalarida  strategik  rejalashtirishdan,



strategik boshqaruvga

 o‘tiladi. 

Menejmentdan  uzoq  davrlardan  foydalanishgan.  Tashkil  qilingan  korxonalar 

rejalashtirish, tashkilashtirish, rahbarlik qilish va nazorat qilishga masul odamlar tomonidan 

boshqarilgan, bunday faoliyat ming yillardan buyon mavjud.Keling eng qiziqarli misollarga 

to’xtalaylik. 



 

 

 

 

 

 

 



      

 

Klassik yondashuv 



Misr  piramidalari  va  buyuk  Xitoy  devori  buning  isbotidir,  ular  ulkan  miqiyosdagi  loyiha 

bo’lib,  minhlab  yollangan  ishchilar  ularni  qadimda  barpo  etganlar.  Bitta  piramidani 

qurish  uchun  100000  ishchi  qatnashib,  20  yil  vaqt  ketgan  piramida  qurish  uchun  qancha 

toshlar  yetarli  bo’lishi,  ishchilarni  ishlab  turishlari  uchun  kim  ishontirgan?  Javobi-bu 

boshqaruvchilardir.  Kimdir  nima  ish  qilinishi  kerakligini  rejalashtirgan,  odamlarni 

yollagan,  materiallarni  rejalashtirgan,  yollangan  ishchilarni  ish  bajarilishiga  ishontirgan 

hamda barcha ish rejalashtirilgandek ketayotganini nazorat qilgan. 

Yana  bir  misol,  bu  Venetsiya  shaxridir.  Venetsiya  1400  yillarda  asosiy  iqtisodiy  savdo 

markazi hisoblangan. Venetsiyaliklar hozirgi zamon boshqaruviga xos biznes korxonalarini 

rivojlantirishgan.Venetsiyada  harbiy  kemelar  kanallar  bo’ylab  suzib  yurgan,  har  bir 

bekatda  kemalar  to’xtab  materiallar  yuklagan,  huddi  mashinalarga  o’xshab  suvli 

ko’chalarda kemelarning qatnab yurishi g’alati emasmi? Bundan tashqari venetsiyaliklar 

harbiy kemelardan materiallarni ishchi kuchlarini yuklash uchun foydalanishgan. 

1776  yilda  Adam  Smith  “Millat  boyligi”  deb  atalgan  kitobini  nashr  etdi.  Unda  u  ishchi  kuchini 

to’g’ri  taqsimlash  orqali  tashkilot  va  jamiyat  iqtisodiy  ustunlikka  erishishini  yozgan.  Misol 

tariqasida u to’g’nog’ich ishlab chiqarish sanoatini olib 10 ta kishi o’ziga biritilgan vazifani bajarib 

bir  kunda  48 000  ta  to’g’nog’ich  ishlab  chiqarishgan.  Holbuki  har  bir  shaxs  bir  biridan  alohida 

ishlagan.  Bunday  holda  kuniga  10  dona  to’g’nog’ich  ishlab  chiqarish  ham  amri  maholku?  Smith 

bunda ishni taqsimlash ishlab chiqarish hajmining oshishini, har bir ishchining malakasi ham oshib 

borishini  vaqt  tejalishini  va  ijodkorlik,  kashfiyotchilik  ko’payishini  ta’kidlagan.  Kasblarni 

mutaxassislashrish  mashhur  bo’la  boshlagan.  Masalan,  jarrohlik  ishlari  kasalxonalarda  amalga 

oshirilgan,  restoran  va  oshxona  ishchilari  ovqat  tayorlashgan,  futbol  maydonlarida  o’ynalgan. 

Qadimgi  18  asrda odam  kuchidan ko’ra  mashina kuchi  ustun bo’lib rivojlanayotgandi,  sanoat

revolyutsiyasi tarixi boshlangan. Bu davrda endi mahsulotlar uyda  emas balki fabrikalarda ishlab 

chiqarila boshlagan. Bundan fabrikalarga talabni prognoz qila oladigan, kerakli hom ashyoni ayta

oladigan har kunlik ishlarni boshqarib, nazorat qila oladigan kishiga muhtoj bo’lgan. O’sha “kimdir” 

bu - ish boshqaruvchidir. 


10

Ilk tarixida biz boshqaruv qanday paydo bo’lganini ko’rib chiqqan bo’lsakda, 20 

asr  boshlarida  hali  ham  menejmentni  o’qib  o’rganish  boshlanganda  bu  yondashuv 

klassik yondashuv deb ataldi. Bu yondashuvda 2 xil nazariya mavjud, ya’ni ilmiy va 

umumiy ma’muriy boshqaruv. Ilmiy boshqaruv nazariyasiga Fridrix Taylor va Lilian 

Gerbetlar o’z hissalarini qo’shishdi. Ma’muriy boshqaruvga esa Henry Fayol va Max 

Veberlar  2  muhim  hissasini  qo’shishdi.  Keling  ularning  har  birining  nazariyalarini 

ko’rib chiqaylik. 

Agar 

sizda 


qachon 

zamonaviy 

boshqaruv 

boshlanganini tasavvur  qilmoqchi  bo’lsangiz bu  1911  yil 

bo’lishi  mumkin.  Bu  yilda  Fridirix  Taylor  ilmiy 

boshqaruv  printsiplari  asari  nashr  qilindi.  Bu  kitobda 

ilmiy  boshqaruv  nimaligi  va  uni  qanday  qo’llash  “eng 

yaxshi  yo’l”ni  tanlash  metodikalrini  tasvirlagan.  Taylor 

Midvaledagi  Pensilvaniyadagi  po’lat  kompaniyasida 

ishlaydi.  Quaker  va  Puritanda  muhandis  sifatida 

ishlaganda  ishchilarning  samarasiz  ishlayotganlarini  ko’p 

kuzatdi.  Ishchilar  ish  davomida  ko’p  yollanganligini 

bulardan  faqat  uchdan  biri  kerakligini  faximlaydi. 

Ishchilar malakalariga qaramasdan ish bajarishadi. Taylor 

bularni bimay boshqaruv metodini tashkil qila boshladi, u 20 

yildan ortiq vaqt sarfladi boshqaruvning eng yaxshi 1 usulni 

o’ylab topishi uchun. 


Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish