I. O’quv materiallar 1


Matricaria inodora.; Leucanthemum vulgare Lam.; Anthems



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/49
Sana22.06.2022
Hajmi1,08 Mb.
#691903
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
Bog'liq
Доривор уруг. УУМ

Matricaria inodora.; Leucanthemum vulgare Lam.; Anthems
turlaridan) 
farq qiladi.Har ikkala moychechak mahsulotining xushbo’y hidi va achchiqroq 
o’tkir mazasi bor. 
XI DF ga ko’ra mahsulot namligi 14%, umumiy kuli 12%, 10% li xlorid 
kislotada erimaydigan kuli 4%, teshigining diametri 1 mm li elakdan o’tadigan 
savatchaning mayda qismlari 30%, poya, barg aralashmalari va gul bandining 
uzundigi 3 sm dan oshiq bo’lgan (5 sm dan oshib ketmagan), savatchalar odatda 
9% (yashil moychechak uchun 2%), qoraygan yoki qo’ng’ir savatchalar 5% 


88
(yashil moychechak uchun 8%), organik aralashmalar 3% va mineral 
aralashmalar 0,5% dan oshmasligi kerak. 
Kimyoviy tarkibi.
Savatchaga to’plangan gullar tarkibida 0,22—0,8%) efir 
moyi, apiin, kverstimeritrin, kverstetin, lyuteolin va boshqa (35 tacha 
birikmalar) flavonoidlar, gvayyanolid guruh laktonlaridan matrikarin va 
matristin, geterostiklik halqali poliin laktonlar, proxamazulen, qumarinlar 
(umbelli-feron, gerniarin), dioksiqumarin, karotin, vitamin S, shilliq, achchiq va 
boshqa moddalar bo’ladi. 
XI DF ga ko’ra, oddiy moychechak guli tarkibida 0,3%, yashil 
moychechakda 0,2% efir moyi bo’lishi kerak. 
Efir moyi ko’k suyuqlik bo’lib, tarkibida 1,64—8,99% xamazulen, 20% 
gacha seskviterpen spirtlari, kadinen, tristiklik spirt, bisabolen va uning 
oksidlari, kapril, nonil, izovalerian kislotalar hamda boshqa terpen va 
seskviterpenlar bor. Efir moyi tarkibidagi seskviterpenlarning umumiy miqdori 
50% gacha bo’ladi. Xamazulen efir moyining asosiy ta’sir etuvchi qismi 
hisoblanadi. 
Ishlatilishi.
Moychechak ichaklarning yopishib qolishi (ichaklar spazmi) 
ga, mikroblarga, allergiyaga va yallig’lanishga qarshi hamda yaralarni 
davolovchi ta’sirga ega. Shuning uchun uning dorivor preparatlari me’da-ichak 
(ichak yopishib qolganda va ich ketganda) va ginekologik kasalliklarni 
davolashda hamda ter va el haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Bulardan tashqari, 
moychechak guli yumshatuvchi, antiseptik va yallig’lanishga qarshi (og’iz, 
tomoqni chayqashda, shifobaxsh vanna hamda klizma qilishda) vosita sifatida 
qo’llaniladi. 
Moychechak guli tarkibidagi kimyoviy birikmalar kompleksi (xamazulen, 
matristin, apigenin, gerniarin va boshqalar) ta’sir etuvchi qism hisoblanadi. 
Xamazulen tinchlantiruvchi xossaga hamda ichaklarning yopishib qolishi, 
allergiyaga va yallig’lanishiga qarshi ta’sirga ega. Apigenin, apiin va 
gerniarinlar ham ichaklarning yopishib qolishiga qarshi ta’sir qiladi. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish