85
5. Vegetativ usullarni turlari.
6. Payvand orqali ko’paytirish.
13-mavzu: Dorivor o’simliklarni ochiq yerlarda yetishtirish
agrotexnologiyasi
Reja
:
1.
Dorivor o’simliklarni ochiq yerlarda yetishtirish
2.
Bir, ikki yillik va ko’p yillik
dorivor o’simliklarni etishtirish texnologiyasi
3.
Ko’p yillik dorivor o’simliklarni etishtirish texnologiyasi
Tayanch iboralar:xom ashyo, agrotexnika, ishlov berish, tuproq
unimdorligi, ga-hisobida, GN-40 greyder, VPN-5,6, PPN-40, DT-25, PYa
2,almashlab ekish,oilalar,Compositae, Chamomilla Recutita, Matricaria
Recutita L va boshqalar.
Dorivor o’simliklardan yuqori sifatli xom ashyo mahsulotlarini
olish bevosita
tuproqqa agrotexnik ishlov berish bilan bog’liqdir. Texnik vositalar yordamida
tuproqqa ishlov berish o’simlikning o’sish va rivojlanishini (uning suvga,
havoga, issiqlikka va ozuka moddalariga bo’lgan ehtiyojini qondiradi)
ta’minlashga xizmat qiladi va o’z nkavbatida tuproq samaradorligini oshirib
boradi.
Dorivor o’simlik xom ashyolarinime’yorda etishtirish agrotexnik tadbirlar
asosida boshqarib boriladi. O’simlik bioekologik xususiyatlari va o’sish va
rivojlanishini e’tiborga olgan holda qo’llaniladigan agrotexnik chora-tadbirlar
samarali
natijalar beradi va aksincha, kechiktirib va sifatsiz tuproqqa ishlov
berish, tuproq hosildorli va xom ashyo mahsulotlarini kamayishiga (GA-
hisobida) olib keladi.
Tuproqqa ishlov berish tizimlari:
Yerlarda tekislash ishlari GN-40 greyder -tekislagich yoki osmali
tekislagich VPN-5,6 yordamida bajariladi. Qumli sharoitda maxsus ishlov
beriladi
4
.
Kuzgi shudgor. Er 35-40 sm chuqurlikda PPN-40 plugi (DT-25) yordamida
haydaladi. Shimoliy xududlarda oktyabr-dekabr janubiy xududlarda - sovuq
tushgangacha kuchli borona o’t bosgan erlar 2 yarusli plug PYa 2_3-№%)
yordamida haydaladi. Qo’riq erlarga qora shudgor sistemasida ishlov beriladi.
4
Gerard Bodeker, K.K.S. Bhat, Jeffrey Burley, Paul Vantomme
86
Erni chuqur haydashga e’tibor berish tuproqqa
asosiy ishlov berishda
yuqori o’rini tutadi. O’zbekistonning gushakli erlarida erni chuqur haydash er
yuzasi qattiq qatlamini yumshatish bilan o’tkaziladi.
Ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish er yuza qatlamini yumshatish va
tekislash, shuningdek tuproq tarkibidagi namlikni saqlash begona o’tlarni
yo’qotishdan iborat.
Almashlab ekish:Kishloq xo’jaligi dehqonchiligi kabi, dorivor o’simliklar
dehqonchiligida ham almashlab ekish mexanizmini to’g’ri ishlab chiqish va
joriy etish asosiy omillardar biri bo’lib hisoblanadi. Chunki,
almashlab tuproq
unimdorligini oshirishla asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.
Zamonaviy dorivor o’simlikshunoslikda sifatli dorivor xom ashyoning
kafolati (garovi) quyidagilardan iborat
2
:
-
Belgilangan joylarda o’simliklarning etishtirish uchun uning bioekologik
xususiyatlari xisobga olgan olinishi talab etiladi;
-
Dorivor o’simliklarni etishtirish shuningdek
tuproq unimdorligi va
agrotexnik tadbirlarning sifat darajasiga bog’liq bo’ladi;
-
O’simliklarning bioekologik xususiyatlarini e’tiborga olgan xolda ekin
maydonlari (ekspozistiyalari, releflari) va ekish sxemalari tanlanadi;
-
Dorivor o’simliklar ekin maydonlarini temir yo’l, avtomobil yo’llari va
ishlab chiqarish sanoatlari yaqinida joylashtirish mumkin emas;
-
Dorivor o’simliklar turlarini ekishni xar bir mintaqqa uchun belgilangan
muddatlarda amalga oshirilishi lozim;
-
xar bir o’simlik turlari uchun aniq agrotexnik chora tadbirlarni saqlash
kerak;
Dorivor o’simliklarni etishtirish uchun dastlab, ularni mintaqalar bo’yicha
tug’ri tanlash, bioekologik xususiyatlarini in’obatga olgan holda ekish
normalariga amal qishish va o’z vatida barcha agrotexnik
tadbirlarni amalga
oshirish asosiy omillar bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: