I. O’quv materiallar 1


partiyasining har biriga pasport va etiketka tuziladi. Urug’lar partiyasining



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/49
Sana22.06.2022
Hajmi1,08 Mb.
#691903
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
Bog'liq
Доривор уруг. УУМ


partiyasining har biriga pasport va etiketka tuziladi. Urug’lar partiyasining 
maksimal og’irligi turli daraxtlar uchun turlicha va 30 kg dan 500 kg gacha 
bo’ladi. Urug’larning ekish sifati ular partiyasidan o’rtacha namuna olib 
aniqlanadi. O’rtacha namunani o’rmonchilar , o’rmon yordamchisi, 
muxandislar, agronomlar va boshqa xo’jalik mutaxassislari, namuna olish uchun 
tayinlangan vakillar o’rmon urug’lari stanstiyasida tegishli yo’riqnomadan 
o’tgandan keyin ajratib oladi. O’rtacha namuna urug’lar partiyasi 
shakllantirilgandan keyin 10 kun muddat ichida ajratib olinadi. O’rtacha namuna 
olish partiya urug’lardan kichik miqdordagi urug’larni o’tib olish bilan 
boshlanadi. Urug’larning birlamchi namunalardan bir qismi. Ya’ni laboratoriya 
taxlili uchun ajratilgan qismi o’rtacha namuna hisoblanadi. Ajratib olingan 
o’rtacha namuna mustahkam gazmaldan tikilgan toza haltaga joylashtiriladi. 
Xalta 
oldinda 
suvda 
qaynatib 
dezinfekiyalanadi. 
O’rtacha namuna 
joylashtirilgan halta etiketkasi bilan bog’lanib o’rmon urug’lari stanstiyasiga 


59
tozaligini, 1000 dona urug’ og’irligini, o’sish quvvatini, unuvchanligini (hayot 
qobiliyatini, sifatliligini) aniqlash uchun yuboriladi. 
O’rtacha namuna ajratib olish belgilangan shaklda uch nusxadagi 
dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaning bir nushasi xo’jalikda 
qoldiriladi. Ikkinchisi o’rtacha namuna bilan urug’lar stanstiyasiga jo’natiladi. 
Uchinchisi urug’ sarfini hisobdan chiqarish uchun buhgalteriyaga beriladi. 
Urug’larning sifat ko’rsatkichlari va ularni aniqlash usullari 
O’zbekistonda daraxt va butalarning urug’larini ekish sifatiga davlat tizimining 
nazorati tashkil etilgan va amalga oshiriladi. Bu ishni o’rmon urug’lari 
stanstiyasi amalga oshiradi. Bu stanstiya o’rmon xo’jaligi korxonalariga hamda 
ekish uchun urug’ tayyorlaydigan boshqa xo’jaliklarga xizmat qiladi. 
O’rmon urug’lari stanstiyasining asosiy vazifasi ekish uchun urug’ 
tayyorlaydigan barcha xo’jaliklar uchun urug’larning ekish sifatini o’rganish, 
o’rmon urug’chiligini va urug’chilik xo’jaliklarini to’g’ri tashkil etish va 
yuritish ni nazorat qilish va o’rmon urug’lar bazasini tashkil etishda yordam 
ko’rsatish; urug’larni ekish sifatini taxlil qilish usullarini ishlab chiqish va 
takomillashtirish; urug’larni ekish sifati norma va usullariga davlat standartlarini 
ishlab chiqish va boshqalar hisoblanadi. 
Urug’lar sifat ko’rsatgichlari amaldagi standartlar asosida o’rtacha 
namunani tahlil qilish usuli bilan aniqlanadi. Urug’lar tozaligi, unuvchanligi 
(hayot qobiliyati, sifatliligi), o’sish quvvati, 1000 dona urug’ og’irligi 
aniqlanadi. Zarurat tug’ilganda urug’lar namligi va ularning entomo-fito 
zararlanganligi aniqlanadi. 
Urug’lar tozaligi va foydalanilmagan daraxt turi urug’lardan toza 
urug’larning foiz miqdoridir. Toza urug’larning tahlil uchu olingan ulchamning 
birlamchi og’irligiga nisbatan aniqlanadi. 
Urug’lar unuvchanligi - bu urug’larning belgilangan muddatda aniq bir 
sharoitda normal o’simta berish qobiliyati. 
Ittifoqda urug’lar unuvchanligi urug’lar - kontrol tahlili qoshidagi davlat 
urug’lar inspekstiyasi tomonidan davlat standartiga asoslanib aniqlanadi. 
Normal unib chiqqan urug’lar soni tahlil uchun olingan urug’lar umumiy 
soniga nisbati hisobida ifoda etiladi. 
Urug’lar unuvchanligi - bu urug’larni ekishga yaroqligini aniqlaydigan 
birdan bir asosiy ekish sifati ko’rsatkichi hisoblanadi, chunki bu ishlab 
chiqarishda katta ahamiyatga ega. Sinovda yuqori unuvchanlikga ega bo’lgan 
urug’lar barvaqt va bir tekis unib chiqish xususiyatiga ega bo’ladi. Bular tegishli 


60
agrotexnik ishlov berish natijasida yuqori sifatli ko’chat olish va sifatli o’rmon 
barpo etishni ta’minlaydi. 
Unuvchanlikni aniqlash bilan birgalikda yana bir urug’lar ekish sifatini 
aniqlash ko’rsatgichi - urug’lar o’sish quvvati aniqlanadi. 
O’sish quvvati - bu urug’larning unuvchanligini aniqlashga qaraganda 
qisqaroq vaqt ichida urug’larning normal o’simta berish qobiliyati. 
Urug’larning o’sish quvvati o’sib chiqqan urug’lar sonining tahlil uchun 
olingan urug’lar umumiy soniga nisbati, % hisobida ifodalanadi. 
Yuqori o’sish quvvatiga ega bo’lgan urug’lar bir tekis sifatli o’simtalar 
beradi, bular saqlashda o’z sifatini o’zoq muddatgacha yo’qotmaydi. Shuning 
uchun urug’lar rezerv fondiga unuvchanlik ko’rsatgichiga yaqin bo’lgan yuqori 
o’sish ko’rsatgichli urug’lar tavsiya etiladi. 
Hayot qobiliyati - taxlil uchun olingan urug’larga nisbatan foizda 
ifodalangan tirik urug’lar miqdori. Bu uzoq muddat unib chiqish qobiliyatiga 
ega bo’lgan yoki zudlik bilan ekish zarurati tug’ilgan daraxt va butalarning 
urug’larida aniqlanadi. Bu jarayon davlat standartida belgilangan uslublarda 
amalga oshiriladi. 
Sifatligi - bu to’la mag’izli, belgilangan daraxt va buta uchun xarakterli 
rangda bo’lgan zarodishli va endospermli urug’lar miqdorining tahlil uchun 
olingan urug’larga nisbatan foizda ifodalanishidir. 
1000 dona urug’lar og’irligi o’rmon barpo etishda katta ahamiyatga ega. 
Yirik va og’ir urug’lar yuqori ekish sifatiga ega bo’ladi. Urug’lar og’irligini 
ekish normalarini belgilash uchun bilish zarur. 
Tahlil o’tkazish uchun urug’lardan 13056,1-67 sonli davlat standarti 
bo’yicha namuna tanlab olinadi 1000 dona urug’lar og’irligi kondistion (toza) 
urug’larda aniqlanadi. 
Urug’lar namligi - urug’larda namlik miqdorining %da ifodalanish. Bu 
namlik miqdori birlamchi o’lcham og’irligiga nisbatan olinadi. 
Tahlil uchun 13056-67 sonli davlat standartiga asoslanib namuna tanlab 
olinadi. 
Urug’lar namligi urug’lar stanstiyasiga namuna kelib tushgandan keyin 2 
sutka ichida aniqlanadi. 
Urug’lar namligi quritgich shkafda quritish usuli bilan aniqlanadi. 
Laboratoriya analizlariga asosan o’rmon urug’lar stanstiyasi tomonidan 
urug’larga «Urug’larning kondistionligi haqida guvohnomga», «Urug’lar 
analizining natijalari» yoki ma’lumotnoma beriladi. 


61
Daraxt va butalar har yili meva hosil bermaydi. Terib olingan urug’larni 
har doim ham shu zahoti ekilmaydi. Shuning uchun o’rmon urug’lari zahirasini 
yaratish zarur Urug’larni yig’ib terib olish bilan ekish oralig’idagi muddat bir 
necha ko’n, oy va yillarga ham cho’zilishi mumkin. Yaproq bargli daraxtlar 
urug’larni saqlash - birinchi bahorgacha, ignabarglilar birinchi yili kuzigacha 
saqlanishi qisqa muddatli saqlanish hisoblanadi. O’rmon urug’lari mahsus urug’ 
saqlash omborlarida uzoq muddat saqlanadi. 
O’rmon xo’jaligi korxonalarini kam hosilli va hosilsiz yillari urug’ bilan 
ta’minlash maqsadida rezerv fondi tashkil etiladi. Rezerv fondga I-II sifat 
klassiga ega bo’lgan urug’lar ajratiladi. Bunday urug’lar sifati va namligini 
laboratoriyada aniqlash mumkin bo’lgan mahsus omborlarda saqlanadi. Rezerv 
fond har uch yilda almashtiriladi. 
Urug’larni saqlashda ulardagi hayot faoliyatini to’xtatishga qaratilgan 
sharoit yaratilishi zarur. 
Urug’lar doimiy o’zgarmas belgilangan harorat va namlik ta’minlangan 
omborlarda saqlanishi tavsiya etiladi. 
Yaproq bargli va igna bargli daraxt turlarining urug’larni saqlash sharoiti 
turlichadir. 
Savollar: 
1. 
Urug’lar ekish sifati ko’rsatgichlarini ayting? 
2. 
Urug’larni pasportlashtirish qanday amalga oshiriladi? 
3. 
Urug’larni saqlashda qanday sharoit yaratilishi kerak va u nimalarga bog’lik? 
4. 
Igna bargli daraxt urug’larini saqlashda o’ziga xos hususiyatlarni ayting? 
5. 
Meva va urug’larning pishib etilish muddatlari nimalarga bog’liq? 
6. 
Fiziologik etuklik deb nimaga aytiladi? 
7. 
Texnik etuklik qachon hosil bo’ladi? 
8. 
Qanday urug’lar fiziologik etuklik davrida yig’ib terib olishi va sababini 
ayting? 
9. 
Urug’ xomashyosini qayta ishlashga nimalar kiradi? 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish