I. O’quv materiallar 1


-MAVZU: DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’LARINING SIFATI VA



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/49
Sana22.06.2022
Hajmi1,08 Mb.
#691903
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Bog'liq
Доривор уруг. УУМ

9-MAVZU: DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’LARINING SIFATI VA 
SAQLASH USULLARI 
Reja: 


55
1. 
Meva va urug’larni yig’ib-terib olish. 
2. 
Urug’ ashyolarini qayta ishlash. 
3. 
Ayrim daraxt turlarining urug’ ashyolarini yig’ib terib olish. 
Turli daraxt turlarining urug’lari etukliligi ularning biologik xususiyatiga 
urug’ pishib etilish davridagi ob-havo bog’liq holda yilning turli vaqtiga to’g’ri 
keladi. Past xarorat ularning pishib etilishini susaytiradi. Urug’ ashyosini 
tayyorlashni ma’lum bir muddatlarda amalga oshirish zarur. Urug’lar pishib 
etilgandan keyin yig’ib terib olinadi. Urug’larning pishib etilishi fiziologik va 
texnik etilishga bo’linadi. Fiziologik etuklik davrida urug’ zarodishi o’sish 
qobiliyatiga ega bo’ladi, lekin urug’ (meva) daraxtda qolib o’sib-rivojlanishni 
davom ettiradi. Bu davrda urug’da suv miqdori kamayib quruq moddalar ortib 
boradi. Keyinchalik urug’ texnik (hosil) etuklikga o’tadi, unda urug’dagi oziq 
moddalar saxaroza, Uraminokislotlar va yog’ kislotalari shaklida bo’ladi. Oddiy 
shakldagi moddalar shakliga o’tadi fermentlar ishqorligigining intensivligi 
susayib boradi. Tashqi qoplami suv va havo o’tkazmaydigan zich qoplamga 
aylanadi.Urug’da biologik jarayonlar to’xtaydi va ular chuqur turg’unlik 
xolatiga o’tadi. 
Urug’larning pishib etilishi mevalarning tashqi belgilariga xarakterli 
bo’lgan bir necha fazani o’tadi. 
Urug’ va mevalarni yig’ib terib olish muddati daraxt va butalarning 
biologik xususiyatiga, urug’larning etuklik holatiga va ularning uzulib tushish 
muddatiga bog’liq texnik etuklikka kirishi bilan urug’lar uzulib erga tushadi va 
hosilning bir qismi yo’qotiladi. Shuning uchun bunday hususiyatga ega bo’lgan 
daraxtlardan urug’lar fiziologik etuklik davrida yig’ib terib olish tavsiya etiladi. 
Urug’larni yig’ib terib olish muddatlari. Fiziologik etuklik davrida yig’ib 
terib olingan urug’lar yaxshi shamollantiriladigan xonada pishib etilishi uchun 
saqlanadi, keyin mevasidan urug’ ajratiladi. 
Daraxt shoxlarida pishib etilgan davrida ham mevasi saqlanib qoladigan 
daraxt turlaridan urug’ ashyosi texnik etuklik davrida yig’ib terib olinadi va 
urug’ qishda saqlanishi mumkin. Agarda jo’ka, oddiy shumtol donaklilarning 
urug’larini yozda stratifikastiyalansa yoki erta kuzda ekilsa, ularning mevasini 
yozda fiziologik etuklik davrida yig’ib terib olinishi kerak. 
O’zbekistonda zaravshon archasida urug’ zarodo’shi gul changlanganidan 
keyin ikkinchi yiliga avgust oyida shakllanadi. 
Bu davrda yig’ib terib olingan va shu zaxoti erga ekilgan urug’ keyingi yil 
bahorda yalpi unib chiqadi. Ularning mevasi bir-ikki oy keyinroq ya’ni oktyabr-
noyabr oylarida to’liq pishib etiladi. Texnik etuklik daavrida yig’ib-terib olingan 


56
mevalardan olingan urug’lar uzoq muddat turg’unlik holatiga ega bo’ladi va 
bahorda ekilgan urug’, keyingi yilning bahorda unib chiqadi, unuvchanlik 
darajasi juda past bo’ladi. 
Saur ( polusharovidniy) archada fiziologik etuk urug’lar changlangandan 
keyingi yili iyul oiyda shakllanadi. Turkiston archasida fiziologik etuk urug’lar 
changlangandan keyingi yilining iyun oyida shakllanadi. Archaning barcha 
turlarida texnik etuk urug’ (meva) IX-X oylarida yig’ib terib olinishi mumkin. 
O’zbekistonda o’sadigan ko’pchilik daraxtlarda texnik etuk urug’ (meva) 
sentyabr-oktyabr oylarida shakllanadi va uzoq muddatga (bahorgacha) daraxt 
shoxlarida saqlanadi. Ularning urug’larini yuqorida aytilgan ya’ni martgacha 
yig’ib terib olish mumkin. 
Urug’lar uzoq muddat saqlanishi mo’ljallangan hollarda ular daraxtlardan 
texnik etukli, ya’ni to’liq pishib etilgandan keyin yig’ib terib olinadi. 
Daraxtzorlarni oldindan o’rganish. Urug’ hom ashyosini yoppasiga yig’ib 
terib olishdan oldin urug’li daraxtzorlar (O’UP, DO’UU, VO’UU va boshqalar) 
o’rganib chiqiladi. Maqsadi urug’ hosilini oldindan aniqlash, ularning ekish 
sifatini va kasallanganlik, zararlanganlik darajasini o’rganishdir. 
Meva va urug’lar DO’UU, VO’UU hamda himoya daraxtzorlardagi daraxt 
va butalardan yig’ib - terib olinadi. Ular oldindan o’rganilganda urug’idan 
foydalanish yaroqli deb topilgan bo’lishi kerak. 
Daraxt turlariga bog’liq holda urug’lar homashyosi erdan (to’kilgan 
urug’lar), o’sib turgan yoki kesilgan daraxtlardan yig’ib terib olinadi. 
O’rmon urug’lar homashyosini qayta ishlash. Tayyorlangan meva va 
urug’lar qayta ishlanmasdan tug’ridan tug’ri ekish uchun foydalanib bo’lmaydi. 
Urug’ homashyosi qayta ishlashga urug’larni meva va qubbalardan 
ajratish, ularni qanotsizlashtirish, qo’shilmalardan tozalash va standart 
namlikgacha quritish ishlari kiradi. 
Urug’larni ekish sifati va saqlash samarasi asosan ularni qayta-ishlashga 
bog’liq. 
Urug’ hom-ashyosini qayta ishlash va saqlash rejimini belgilashda 
urug’ga ikki qismdan, zarodish va zapas oziq moddalardan, iborat biologik 
sistema sifatida qaralishi zarur. Urug’ni yig’ib terib olinishi davrida ulardagi 
biologik sistema turg’unlik holatida bo’ladi. Bu urug’larni ekishga bo’lgan davr 
ichida yaxshi saqlash imkonini beradi. Ularni tashishda ham biologik sistema 
turg’unligi buzilmaydigan optimal sharoit yaratiladi. 


57
Turg’unlikdagi urug’ning biologik sistemasini harakatga keltirish ya’ni 
turg’unlikni buzish, ularga yuqori harorat, yorug’lik energiyasi va shu kabi 
boshqa omillarni ta’sir ettirish bilan amalga oshiriladi. 
Urug’larni meva va qubbalardan ajratish. Qubbalardan urug’ni ajratish 
ochiladigan qubbalardan urug’ ajratish.Ochilmaydiganlardan urug’ ajratish va 
archa mevalardan urug’ ajratish usullariga bo’linadi. 
Archa mevasidan urug’ ajratish fiziologik etuklik va texnik etuklik 
mevalardan ajratish usullariga bo’linadi. Quruq va xo’l mevalardan urug’ 
ajratish. Quruq mevalardan urug’ ajratishda ular yanada ko’rsatiladi, urug’ 
tozalash mashinasida (SOM-1, SUM-1) maydalanadi va qo’shilmalardan 
tozalanadi. 
Xondon pista meva qobig’idan O’zO’XITI kashf etgan konstrukstiyasi 
bo’yicha FOK -1 Krutinkova mashinasida ajratiladi. 
Xo’l mevalar va rezovor mevalar imkoniyat darajada yig’ib terib olinishi 
bilan yoki qisqa muddat ichida (1-3 kun) qayta ishlanishi tavsiya etiladi, aks 
holda ular ochib, o’z-o’zidan qizib urug’larning hayot qobiliyati pasayib ketadi. 
Xo’l mevalardan urug’larni sharbatlar, murabbo va qiyomlar uchun homashyo 
tayyorlashlar bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin. U holda urug’lar 
shikastlanmasligi va yuqori haroratga uchramasligi zarur yirik xo’l mevalar 
uchun mevani maydonlash, kesish va surkash (terka) usullaridan foydalaniladi. 
Grek yong’og’i uchun MOO-1 mashinasidan foydalaniladi.Donaklilarning 
urug’i mevasidan donak ajratish mashinalarida amalga oshiriladi. Ayrim mevali 
daraxt urug’lari mevalaridan ezib keyinchalik sovuq suvda etidan yuvib ajratish 
usulida olinadi. 
Keyinchalik urug’lar tegishli qalinliklarda quritiladi, tozalanadi va 
saralanadi. 
Archa urug’i ekishga bog’liq holda fiziologik yoki texnik etukligida yig’ib 
terib olinadi. Urug’ini yalpi archazorlardan terib olinadi. Mevasi qo’lda uzib 
teriladi. Terib olingan mevasi salqinda 0,5 m qalinlikda quritiladi. Ular vaqti-
vaqti bilan og’darilib turadi. Unuvchanligini 3-5 yilgacha yaxshi saqlanadi. 
Saksovul mevasining yig’ib-terib olish mexanizastiyalash---tirilgan, 
qo’lda yig’ib terib olinadi. 2-3 yillik shoxlarini sindirmaslik tavsiya etiladi, aks 
holda keyingi yilgi hosili nobud bo’ladi. Shamolsiz ob-havoda mevasini ularni 
silkitib yoki tayoqcha bilan urib oldindan tozalangan erga yoki to’shalgan tentga 
tushiriladi. 
Xondon pista. Hosilini qo’lda yig’ib terib olinadi (silkitib yoki qo’l bilan 
uzib). Mevali bir-xil pishib etilmaydi, daraxtzordagi daraxtlarda turli 


58
muddatlarda pishib etilsa, daraxtdagi shoxlarda ham, hatto bir shingilining 
o’zida ham turli muddatlarda pishib etiladi. Shuning uchun mevasini asta-sekin 
navbatma-navbat yig’ib terib olinadi. 
Grek yong’og’i. Mevasining pishib etilishi meva qobig’i (po’stlsog’ining) 
pishib etilishi bilan aniqlanadi. Ular savoldan engil ajralib chiqgan holda yig’ib 
terib olish mumkin. Yig’ib terib olishdan oldin daraxt shox-shabbalari ostidagi 
er tozalanadi. Mevasi silkitish usulida yig’ib terib olinadi. Yig’ib terib olishda 
shoxlarning sinishiga, novda va hosil kurtaklarining shikastlanishiga yo’l 
qo’yilmaydi. 
O’zO’XITIda grek yong’og’ining hosilini yig’ib terib olish uchun 
vibrastion mashina ishlab chiqgan. Bu mashina 8x8 m sxemadan kam 
bo’lmagan sxemada ekilgan yong’oqzorlarda, 0,4 to’liqlikdagi nishobligi 20
o
gacha bo’lgan tabiiy yong’oqzorlarda ishlab oladi. MTZ-52, T-74, DT-75 
traktorlariga tirkaladi. Ish unimi - 1 daraxtdan 25 daraxtgacha. 
Ekish maqsadida tayyorlangan bir xil urug’lar tozalangandan va saralangandan 
keyin partiyalarga shakllantiriladi, ularga pasport tuziladi va maxsus kitobda 
registrastiya qilinadi. Urug’lardan namuna olish, ularning ekish sifatlarini 
aniqlash va sifati haqida xujjatlar berish maxsus standartlar asosida amalga 
oshiriladi. Bir xil urug’lar deb bir xil turda kelib chiqgan, bir xil sharoitda 
o’sayotgan daraxtzorlardan yig’ib-terib olish vaqti va usuli, qayta ishlash, 
saqlash sharoiti o’rmonchilik qimmatbaholigi, rangi, xidi, namlik darajasi va 
shikastlanganlik darajasi bir xil bo’lgan urug’lar partiyasi hisoblanadi. Urug’lar 
Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish