I. O’quv materiallar 1


4. Stratifikastiya deb nimaga aytiladi?



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/49
Sana22.06.2022
Hajmi1,08 Mb.
#691903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Доривор уруг. УУМ

17
4.
Stratifikastiya deb nimaga aytiladi? 
 
4-MAVZU: DORIVOR O’SIMLIKLARNI GENERATIV KO’PAYTIRISH 
USULLARI 
Reja: 
1.
Urug’larini yig’ib olish va qayta ishlash 
2.
Urug’larning sifatini aniqlash va ularni saqlash 
3.
Urug’larni ekishga tayyorlash 
 
Tayanch iboralar: generativ organlar, g’uncha,gul, meva, ugug’, fiziologik 
va texnik etilish, fiziologik etuklik, urug’dagi oziq moddalar saxaroza, texnik 
etuklik, meva va qubbalar,ho’l mevalar va rezovor mevalar va b.q. 
Urug’larini yig’ib olish va qayta ishlash. 
O’simik turli va daraxt turlarining 
urug’lari etilishi ularning biologik xususiyatiga urug’ pishib etilish davridagi ob-
havo bog’liq holda yilning turli vaqtiga to’g’ri keladi. Past xarorat ularning 
pishib etilishini susaytiradi. Urug’ ashyosini tayyorlashni ma’lum bir 
muddatlarda amalga oshirish zarur. Urug’lar pishib etilgandan keyin yig’ib terib 
olinadi. Urug’larning pishib etilishi fiziologik va texnik etilishga bo’linadi
1
:
Fiziologik etuklik davrida urug’ zarodishi o’sish qobiliyatiga ega bo’ladi, 
lekin urug’ (meva) daraxtda qolib o’sib-rivojlanishni davom ettiradi. Bu davrda 
urug’da suv miqdori kamayib quruq moddalar ortib boradi. Keyinchalik urug’ 
texnik (hosil) etuklikga o’tadi, unda urug’dagi oziq moddalar saxaroza, 
Uraminokislotlar va yog’ kislotalari shaklida bo’ladi. Oddiy shakldagi moddalar 
shakliga o’tadi fermentlar ishqorligigining intensivligi susayib boradi. Tashqi 
qoplami suv va havo o’tkazmaydigan zich qoplamga aylanadi.Urug’da biologik 
jarayonlar to’xtaydi va ular chuqur turg’unlik xolatiga o’tadi. Urug’larning 
pishib etilishi mevalarning tashqi belgilariga xarakterli bo’lgan bir necha fazani 
o’tadi. 
Urug’ va mevalarni yig’ib terib olish muddati o’simliklarning biologik 
xususiyatiga, urug’larning etuklik holatiga va ularning uzulib tushish muddatiga 
bog’liq texnik etuklikka kirishi bilan urug’lar uzulib erga tushadi va hosilning 
bir qismi yo’qotiladi. Shuning uchun bunday hususiyatga ega bo’lgan 
1
Gerard Bodeker, K.K.S. Bhat, Jeffrey Burley, Paul Vantomme. Medicinal plants for forest conservation and health care. 
Rome, 1997. 13-17 p


18
o’stimliklardan urug’lar fiziologik etuklik davrida yig’ib terib olish tavsiya 
etiladi. 
Urug’larni yig’ib terib olish muddatlari. Fiziologik etuklik davrida yig’ib 
terib olingan urug’lar yaxshi shamollantiriladigan xonada pishib etilishi uchun 
saqlanadi, keyin mevasidan urug’ ajratiladi. 
O’simliklar pishib etilgan davrida ham mevasi saqlanib qoladigan daraxt 
turlaridan urug’ ashyosi texnik etuklik davrida yig’ib terib olinadi va urug’ 
qishda saqlanishi mumkin. Agarda jo’ka, oddiy shumtol donaklilarning 
urug’larini yozda stratifikastiyalansa yoki erta kuzda ekilsa, ularning mevasini 
yozda fiziologik etuklik davrida yig’ib terib olinishi kerak. 
Texnik etuklik daavrida yig’ib-terib olingan mevalardan olingan urug’lar 
uzoq muddat turg’unlik holatiga ega bo’ladi va bahorda ekilgan urug’, keyingi 
yilning bahorda unib chiqadi, unuvchanlik darajasi juda past bo’ladi. 
O’zbekistonda o’sadigan ko’pchilik o’simliklarda texnik etuk urug’ (meva) 
sentyabr-oktyabr oylarida shakllanadi va uzoq muddatga (bahorgacha) daraxt 
shoxlarida saqlanadi. Ularning urug’larini yuqorida aytilgan ya’ni martgacha 
yig’ib terib olish mumkin. 
Urug’lar uzoq muddat saqlanishi mo’ljallangan hollarda ular daraxtlardan 
texnik etukli, ya’ni to’liq pishib etilgandan keyin yig’ib terib olinadi. 
O’simliklarni oldindan o’rganish. Urug’ hom ashyosini yoppasiga yig’ib 
terib olishdan oldin urug’li daraxtzorlar (O’UP, DO’UU, VO’UU va boshqalar) 
o’rganib chiqiladi. Maqsadi urug’ hosilini oldindan aniqlash, ularning ekish 
sifatini va kasallanganlik, zararlanganlik darajasini o’rganishdir. 
Meva va urug’lar o’simliklardan yig’ib - terib olinadi. Ular oldindan 
o’rganilganda urug’idan foydalanish yaroqli deb topilgan bo’lishi kerak. 
Daraxt turlariga bog’liq holda urug’lar homashyosi erdan (to’kilgan 
urug’lar), o’sib turgan yoki kesilgan daraxtlardan yig’ib terib olinadi. 
O’simlik urug’lar homashyosini qayta ishlash. Tayyorlangan meva va 
urug’lar qayta ishlanmasdan tug’ridan tug’ri ekish uchun foydalanib bo’lmaydi. 
Urug’ hom-ashyosi qayta ishlashga urug’larni meva va qubbalardan 
ajratish, ularni qanotsizlashtirish, qo’shilmalardan tozalash va standart 
namlikgacha quritish ishlari kiradi.
2
Urug’larni ekish sifati va saqlash samarasi asosan ularni qayta-ishlashga 
bog’liq.Urug’ hom-ashyosini qayta ishlash va saqlash rejimini belgilashda 
urug’ga ikki qismdan, zarodish va zapas oziq moddalardan, iborat biologik 
2
Gerard Bodeker, K.K.S. Bhat, Jeffrey Burley, Paul Vantomme. Medicinal plants for forest conservation and 
health care. Rome, 1997 87-96 р 


19
sistema sifatida qaralishi zarur. Urug’ni yig’ib terib olinishi davrida ulardagi 
biologik sistema turg’unlik holatida bo’ladi. Bu urug’larni ekishga bo’lgan davr 
ichida yaxshi saqlash imkonini beradi. Ularni tashishda ham biologik sistema 
turg’unligi buzilmaydigan optimal sharoit yaratiladi. 
Turg’unlikdagi urug’ning biologik sistemasini harakatga keltirish ya’ni 
turg’unlikni buzish, ularga yuqori harorat, yorug’lik energiyasi va shu kabi 
boshqa omillarni ta’sir ettirish bilan amalga oshiriladi. 
Urug’larni meva va qubbalardan ajratish. Qubbalardan urug’ni ajratish 
ochiladigan qubbalardan urug’ ajratish.Ochilmaydiganlardan urug’ ajratish va 
archa mevalardan urug’ ajratish usullariga bo’linadi. 
Archa mevasidan urug’ ajratish fiziologik etuklik va texnik etuklik 
mevalardan ajratish usullariga bo’linadi. Quruq va xo’l mevalardan urug’ 
ajratish. Quruq mevalardan urug’ ajratishda ular yanada ko’rsatiladi, urug’ 
tozalash mashinasida (SOM-1, SUM-1) maydalanadi va qo’shilmalardan 
tozalanadi. 
Meva qobig’idan O’zO’XITI kashf etgan konstrukstiyasi bo’yicha FOK -1 
Krutinkova mashinasida ajratiladi. 
Xo’l mevalar va rezovor mevalar imkoniyat darajada yig’ib terib olinishi 
bilan yoki qisqa muddat ichida (1-3 kun) qayta ishlanishi tavsiya etiladi, aks 
holda ular ochib, o’z-o’zidan qizib urug’larning hayot qobiliyati pasayib ketadi. 
Xo’l mevalardan urug’larni sharbatlar, murabbo va qiyomlar uchun homashyo 
tayyorlashlar bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin. U holda urug’lar 
shikastlanmasligi va yuqori haroratga uchramasligi zarur yirik xo’l mevalar 
uchun mevani maydonlash, kesish va surkash (terka) usullaridan foydalaniladi. 
Yong’oqlar uchun MOO-1 mashinasidan foydalaniladi.Donaklilarning urug’i 
mevasidan donak ajratish mashinalarida amalga oshiriladi. Ayrim mevali daraxt 
urug’lari mevalaridan ezib keyinchalik sovuq suvda etidan yuvib ajratish usulida 
olinadi. 
Keyinchalik urug’lar tegishli qalinliklarda quritiladi, tozalanadi va 
saralanadi. 
Mevasining yig’ib-terib olish mexanizastiyalashtirilgan, qo’lda yig’ib terib 
olinadi. 2-3 yillik shoxlarini sindirmaslik tavsiya etiladi, aks holda keyingi yilgi 
hosili nobud bo’ladi. Shamolsiz ob-havoda mevasini ularni silkitib yoki 
tayoqcha bilan urib oldindan tozalangan erga yoki to’shalgan tentga tushiriladi. 
Meva turlariga qarab ular qo’lda va mexanizastiyalar yordamida yig’ib 
olinadi. MTZ-52, T-74, DT-75 traktorlariga tirkaladi. Ish unimini oshiradi. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish