15-mavzu: O’simliklar genofondini saqlash
1.
Ochiq urug’li dorivor o’simliklar kollekstiyasi
2.
Bargli o’simliklar niholxonasi
3.
Dorivor o’simliklar kollekstiyasi
Ochiq urug’li o’simliklar kollekstiyasida 2012-2014 yillar mobaynida
kerakli barcha agrotexnik tadbirlar olib borildi. Chet davlatlardan indeks orqali
30 ga yaqin urug’ namunalari olindi, barcha urug’ namunalari sepildi va
kollekstiya 20 dan ortiq tur va shakillar bilan to’ldirildi (jadval 2.4.1).
Jadval 2.4.1 - Ochiq urug’li o’simliklar kollekstiyasiga 2012-2014 yillar
mobaynida keltirilgan yangi o’simliklar ro’yxati
№ Turning nomi
№ Turning nomi
1
Pinus koraiensis
12
Larix ladebourii
2
Pinus peuce
13
Picea mariana Brittstens
3
Juniperus sabina varegata
14
Picea omorika Purk
4
Thuja occidentalis pendula L.
15
Pinus mugo turravar mugo
5
Microbiota decuesa
16
Pinus mugo Hesse
6
Larix laricina (Du Roi) K. Koch
17
Pinus x rhactica Brugger
7
Thuja occidentalis malonyon
18
Pinus controta Dougl.ex loud.
129
8
Thuja occidentalis yellov ribbon.
19
Pinus mugo Mops Turra
9
Larix olgensis Henry vorkare
20
Abies sibirika
10
Larix olgensis mayr
21
Pinus strobus
11
Larix kaempferi blue rabbit
Ochiq urug’li o’simliklar niholxonasida issiqxonada ildiz oldirilgan
qalamchalar va urug’idan sepilib unib chiqqan nihollarni qatorlarga o’tqazish
bo’yicha mavsumiy ishlar amalga oshirildi. Unib chiqqan nihollar ustida
fenologik kuzatuv ishlari olib borilmoqda.
Kollekstion niholxonada Botqoq sarvisi –
Taxodium distichum
, Kazats
archasi –
Juniperus Sabina
, Oddiy archa –
Juniperus communis
, G’arb tuyasi –
Thuja occidentalis
, Sharqiy Osiyo relikti Ginkgo, Virgin archasi, Xitoy archasi,
uzun bargli archa, Sharq biotasi kompakt shakli, Pixta, Torreya, Hamaestiparis
va boshqa noyob o’simliklar urug’i va qalamchalari yordamida ko’paytirilib
parvarishlanmoqda.
Bahorgi mavsumda niholxonadagi nihollar ko’chat bo’limiga o’tqazildi.
Ushbu bo’limda yangi ko’chatxona tashkil etish ishlari boshlanib, qariib
0,30 ga maydon kuzgi-bahorgi mavsumga ko’chat ekish uchun tayyor holatga
keltirildi.
Fenologik kuzatuvlar 2014 yil igna bargli o’simliklarning bir nechtasi
uchun qulay kelganligini ko’rsatdi, ya’ni aksariyat onalik daraxtlari sifatli
kubbalar hosil qildi.
Ushbu bo’limda Sharqiy Osiyo florasi relikti hisoblangan ikki bo’lakli
Ginkko va boshqa noyob o’simliklarni o’rganish bo’yicha ilmiy ishlar olib
borilmoqda.
Mavsum davomida daraxt va nihollar yaxshi o’sib rivojlanishi uchun o’z
vaqtida agrotexnik tadbirlar olib borildi, kasallik va zararkunandalarga qarshi
kimyoviy ishlov berildi.
2013 yil 25 mayda igna bargli o’simliklarning zararkunandalariga qarshi
BP purkagichi yordamida «Bagira 20 % em.k.» preparati bilan 650 tup
zararlangan archaga ishlov berildi. 15 iyun, 16 iyul va 20 avgustda archa
chervestiga qarshi matorli purkagich (KA 90) yordamida «Zipper 10l/10g.»,
«NESTOR 20 SP-10l/1,5g.» preparatlari bilan ishlov berildi. Archa chervestini
tarqatuvchi manbalar batamom yo’q qilindi. Botanika bog’i bo’yicha daraxt va
butalarning kasallik va zararkunandalarini aniqlash va o’rganish tadqiqotlari
davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |