VII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: ma’ruzalar; interfaol keys-stadilar; seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar); guruhlarda ishlash; taqdimotlarni qilish; individual loyixalar .
Axborot-uslubiy ta’minoti
Fanni o’qitishda o’qitishning interfaol usullaridan, axborot-kommunikatsiyalarining prezentatsion, multimediya, elektron-didaktik texnologiyalaridan keng foydalaniladi.
TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Talabalarning bilimi qo’yidagi mezonlar asosida:
-talabaning amaliy, seminar, labarotoriya mashg‘ulotlaridagi, mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi hamda faolligi “5” ballik tizimda baholanib boriladi va nazorat turlarida inobatga olinadi.
-talaba mustaqil qaror qabul qilsa, ijodiy fikrlasa, bilimini amalda qo‘llay olsa va savol mohiyatini bilib, xulosa chiqarganligi uchun “5” (a’lo) baho;
- talaba qisman mustaqil qaror qabul qilsa va ijodiy fikrlasa hamda bilimini amalda qo‘llay olsa, berilgan savolning mohiyati haqida tushunchaga ega bo‘lsa “4” (yaxshi) baho;
- talaba bilimini amalda qisman qo‘llay olsa, savol mohiyatini tasavvur qilsa “3” (qoniqarli) baho;
- talaba fan dasturi talablarini o‘zlashtirmagan bo‘lsa va fan hamda savollar mohiyati haqida bilimga ega emas deb topilganda “2” (qoniqarsiz) baholar bilan baholanadilar.
№
|
Talabalarning bilim darajasi
|
Baho
|
1.
|
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda
|
5 (a’lo) baho
bilan baholanadi.
|
2.
|
Talaba mustakil mushoxada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda.
|
4 (yaxshi) baho bilan baholanadi.
|
3.
|
Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda .
|
3 (qoniqarli) baho bilan baholanadi.
|
4.
|
Talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi, hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda.
|
2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
|
Nazorat turlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o’zlashtirishini xolis (ob’ektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi shart.
Oraliq nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi yakuniy nazorat turini o’tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Komissiya tarkibi tegishli fan professor-o’qituvchilari va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlarning soha mutaxassislari ham jalb qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |