I. Nazariy qism


Shaxtali pech haqida ma'lumot



Download 189 Kb.
bet2/7
Sana30.06.2022
Hajmi189 Kb.
#718633
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nazariy qism.docx

1.2.Shaxtali pech haqida ma'lumot
Shaxtali pech – qarama-qarshi yo‘nalishli turdagi agregat, unda materiallar ketma-ket tiklash zonasidan, oraliq zonadan va sovitish zonasidan o‘tib, og‘irlik kuchi ta'siri ostida tushadi. Tiklovchi gaz tiklash zonasining pastki qismiga beriladi va yuqoriga ko‘tariladi. Tiklash zonasida issiqlik va massa almashinuvi jarayonlari natijasida temir oksidlarining qizishi va tiklanishi hamda mahsulotning qisman uglerodlanishi sodir bo‘ladi. Shaxta pechining oraliq zonasida tiklovchi va sovituvchi gazlar oqimining ajralishi, shuningdek, temirning keyingi uglerodlanishi ta'minlanadi. Oraliq zonadan tushadigan mahsulot sovitish zonasida qayta aylanuvchi gaz oqimi bilan 20-40 ºC gacha soviydi. Sovitish zonasining yuqori qismida 500-700 ºC oraliqda ham sovituvchi gazda mavjud bo‘lgan uglerod oksidi hisobidan mahsulotning ozroq uglerodlanishi sodir bo‘ladi.
Pechning yuqori qismida yuklash qurilmasi joylashgan, uning yordamida materiallar pechga uzluksiz yuklanadi va koloshnikning ko‘ndalang kesimi bo‘ylab taqsimlanadi. 65m3 sig‘imli oraliq bunker va yuklash quvuri pech atrofida joylashgan metall tuzilmaning ko‘tarib turuvchi to‘sinlariga mahkamlangan ikkita mayatnikli tayanchga va bitta mesdozaga bemalol tayanib turadi. Silfonli kompensator yordamida yuklash quvuri shixta taqsimlagich bilan birikadi.Shixta taqsimlagich ichiga pech koloshnigi ostidagi gaz bosimiga qaraganda 400-500 Pa katta bosim ostida nam inert gazi purkaladi, u gazli dinamik zichlanish hosil qilib, materialning pech uzluksiz berilishini ta'minlaydi va bir vaqtning o‘zida zaharli va portlashga xavfli koloshnikli gazning atmosferaga ajralib chiqishining oldini oladi. Agar pechda yuqoridagi gazodinamik tambadagiga (VGDZ) qaraganda bosim yuqori bo‘lsa, unda gidroyuritmali tez harakatlanuvchi ajratuvchi shiber avtomatik tarzda yuklash quvurini yopadi, u bo‘ylab materiallar shixta taqsimlagichiga tushadi va 356 mm diametrli va devori qalinligi 20 mm bo‘lgan 12 yuklash quvuriga yuboriladi. Marganetsli po‘latdan tayyorlangan quvurlar gumbaz orqali pechga 300-400 mm pastga koloshnikli gazning pastda hosil bo‘lgan quvuriga kiradi.
Koloshnik kesimi bo‘ylab joylashgan yuklovchi quvurlarning ko‘p soni mavjudligi bilan koloshnikda materiallarning bir tekis taqsimlanishiga erishiladi va shixta ustunining maqbul gaz o‘tkazuvchanligi ta'minlanadi, bunga shixta to‘kilishi sathining M-simon yon tomoni (kesimi) yordam beradi.
Tiklovchi gaz kirish sathidan material to‘kilishi qatlamigacha tiklash zonasi balandligi ~8m tashkil etadi. Tiklash zonasining 5 m diametrida foydali hajm 200 m3 tashkil etadi. Okatishlarning bu zonada bo‘lish vaqti ~6s. Tiklovchi gaz pech perimetri bo‘yicha olovbardash taxlamda qilingan kanal orqali va 70 mm diametrli 72 teshik orqali pechga beriladi. Furma teshiklari pech aylanasi bo‘ylab bir tekis joylashgan. Ularning soni materialga gaz bilan to‘liq ishlov berishni kafolatlaydi. Shixta tiklovchi gaz kanaliga tushmasligi uchun teshiklar 45º burchak ostida qilingan.
Shaxta pechining pastki (konusli) qismida uchta darajada doimiy harakatli ta'minlagichlar (PPD) joylashgan, ular mayatnikli tushiruvchi qurilma (MRU) bilan birga shixta materiallari kirishi tezligini tartibga soladi. Ta'minlagichlar goh bir yo‘nalishda (o‘z o‘qiga nisbatan), goh boshqa yo‘nalishda tebranadi.
Sovituvchi gaz pechning sovitish zonasiga gaz taqsimlagich qurilma orqali beriladi, u sovitish zonasi ichida teng yonli uchburchak shakliga ega bo‘lgan va sovituvchi gazni gaz taqsimlagichga yetkazishga xizmat qiladigan issiqbardosh metalldan bo‘lgan, ko‘ndalang joylashgan ichi kovak to‘sin yordamida tutib turiladi. Qizdirilgan changli gaz sovitish zonasidan yuqoridagi ta'minlagichlar ostida joylashgan doimiy harakatli maxsus kanallar (korobalar) bo‘ylab chiqariladi va sovituvchi gaz skrubberiga yuboriladi. Zonaning foydali hajmi 120 m3 tashkil etadi.
Furma qatlamlari va sovituvchi gaz chiqishi kanallari o‘rtasidagi masofa oraliq zona deyiladi, uning balandligi (~3m) gazning ikkita aylanuvchi oqimlari bilan (tiklovchi sikl va sovitish sikli) ularni aralashtirmasdan ishlash imkonini beradi. Oraliq zonaning foydali hajmi 50 m3.
20-40 ºC gacha sovitilgan mahsulot pastki gazodinamik tamba orqali doim mayatnikli tushirish qurilmasi bilan pechdan tushiriladi. Agar pechda bosim gazodinamik tambaga kirayotgan inertli gaz bosimidan oshsa, agar tushirilayotgan material oqimining yaxlitligi buzilgan bo‘lsa yoki tushirishda SO miqdori 2500 mln-1 dan oshsa, tushirish quvurining pastki qismida tushirish quvurini avtomatik yopuvchi ajratuvchi shiber joylashgan. Materiallar oqimi yaxlitligini nazorat qilish uchun tushirish va yuklash quvurlarida kobalt izotopl aridan foydalaniladigan radiatsion datchiklar o‘rnatilgan.

1- sovituvchi gazning gaz qaytargichlari; 2-sovituvchi gazning kirishi.


Tiklash zonasi qatlami bo‘yicha haroratni va gaz tarkibini nazorat qilish uchun issiqbardosh po‘latdan qilingan uchta birikmali quvurlar (zondlar) o‘rnatilgan, ularga xromel-alyumenli termojuftlar va uchta qatlamdan gaz olish uchun trubkalar o‘rnatilgan. Zondlar payvandlash bilan gumbazga mahkamlangan.

Download 189 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish