Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati haqida ma’lumot
Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) jahonda oltin, uran ishlab chiqaruvchi peshqadam kompaniyalar o‘ntaligiga kirib, yer osti boyliklari zaxiralarini geologik qidirish, qazib olish va qayta ishlashdan to tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayonini o‘zlashtirgan, O‘zbekiston konchilik sanoatining eng yirik korxonasi hisoblanadi. Kombinatning “999,9” soflikdagi oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar bo‘yicha birjalarida O‘zbekistonning brendiga aylandi.
Mustaqillik yillarida Navoiy KMK rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Amaldagi korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilish hamda yangi qayta ishlash quvvatlarini qurish natijasida kombinat mahsulot ishlab chiqarishda salmoqli yutuqlarga erishdi.
2.I NKMKning asosiy bo‘linmalari:
- Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq shahri);
- Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri);
- Janubiy kon boshqarmasi (Nurobod shahri);
- “1-GMZ” kon boshqarmasi (Navoiy shahri);
- 5-kon boshqarmasi (Zafarobod qo‘rg‘oni);
- Navoiy mashinasozlik zavodi;
- Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi;
- Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi.
So‘nggi 25 yilda kombinat tomonidan qurilib foydalanishga topshirildi:
1. 3-gidrometallurgiya zavodi (3-GMZ)
2. Qizilqum fosforit majmuasi
3. 4-gidrometallurgiya zavodi (4-GMZ)
4. 7-gidrometallurgiya zavodi (7-GMZ)
Bugungi kunda 5-gidrometallurgiya zavodi (5-GMZ) qurilishi davom etmoqda va 6-gidrometallurgiya zavodi (6-GMZ) qurilishi loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash ishlari yakunlandi.
2011 yildan buyon “Muruntov” konida ko‘tarish balandligi 270 metr bo‘lgan, quvvati bo‘yicha dunyoda yagona Tik-qiya konveyeridan samarali foydalanilmoqda.
NKMK respublikamizning eng yirik sanoat korxonasi bo‘lib, zamonaviy konchilik asbob-uskunalari va texnologiyalar bilan jihozlangan, malakali muhandis, mutaxassis kadrlarga ega. Kombinatda o‘n ming nafardan ortiq oliy maʼlumotli mutaxassis faoliyat yuritadi, ulardan 27 nafari fan nomzodi va 9 nafari fan doktoridir.
Kombinat zamonaviy sanoat klasteri bo‘lib, unda ilm-fan va texnologiyalar integratsiyasining yangi shakllarini amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratilgan. Kombinatning Innovatsiya markazi va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida maʼdanni qazib olish va qayta ishlashning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Xulosa
Men ushbu diplom oldi ishlabamaliyoti davomida Markaziy Kon Boshqarmasining 2-Gidrometallurgiya zavodida amaliyot o’tadim. Ushbu amaliyot davomida bironchi navbatda texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishdim. Keyinchalik 2-gidrometallurgiya zavodining bosh asbobsoz bo’linmasida Xudoyberdiyeva Nilufar boshchiligida zavodning maydalash sexi, ma’danlarni boyitish sexlarida diplom Ishida zarur bo’lgan o’lchov vositalari bilan tanishdim. Amaliyot davomida men o’zimga kerakli bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim. So’ngra o’lchov vositalarining o’rnatilishi, ta’mirlanishi hamda ularning nazorat qilinishini amaliyot davomida o’rganib bordim. Ushbu egallagan bilim va ko’nikmalarni kelajakda qo’llab yurt ravnaqi uchun o’z hissamni qo’shaman.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. www.NKMK.uz
2. Konchilar hayoti gazetasi
3. all pribors.ru
4. www. EH.com
Do'stlaringiz bilan baham: |