6.1-jadval
Jahon mamlakatlarining inqirozga qarshi kurashga sarflangan moliyaviy xarajatlari2
Mamlakat
|
Moliyaviy xarajatlar,
mlrd. dollar
|
Mamlakat YAIMga nisbatan foiz hisobida (2008 yil)
|
Rossiya
|
222
|
13,9
|
Buyuk Britaniya
|
1020
|
37
|
AQSH
|
3539
|
25
|
Germaniya
|
893
|
23
|
YAponiya
|
576
|
12
|
Xitoy
|
570
|
13
|
Dunyo bo‘yicha
|
9400
|
15
|
Inqirozdan qutqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan ko‘rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlar tartibga solinmaydigan erkin bozor haqidagi ideologik dogmani orqaga tashlab, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullaridan keng foydalana boshladilar.
Tijorat banklarini «milliylashtirish»ni nazarda tutuvchi davlat byudjetidan ajratilgan mazkur investitsiya resurslari ma’lum bir davrga o‘zining ijobiy natijasini berishi mumkin.
Inqiroz davrida dunyo mamlakatlari tomonidan inqirozga qarshi kurash bo‘yicha yirik miqdorda moliyaviy resurslar ajratiladi. Ularning hajmi va yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘i inqirozning ta’sir ko‘lami va har qaysi mamlakatlarning inqirozga qarshi kurash bo‘yicha ishlab chiqqan rejalari hajmiga asoslanadi.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, dunyo bo‘yicha jami sarflangan mablag‘larning hajmi 9400 mlrd. dollarni tashkil qilgan. AQSH hukumati sarflagan mablag‘larining hajmi 3539 mlrd. dollarni tashkil qilgan bo‘lib, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 25% ni tashkil etadi.Bu ko‘rsatkich Buyuk Britaniyada 1020 mlrd. dollarni (mamlakat yalpi ichki mahsulotining 37%), Germaniyada 893 mlrd. dollarni (23%) tashkil qilgan. Bundan ko‘rinadiki, hozirgi sharoitda inqirozdan AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya nisbatan ko‘proq aziyat chekmoqda.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida davlatlar o‘zlarining bor imkoniyatlarini ishga solib tezroq retsessiya jarayonlarini bartaraf etishga harakat qildilar. Shu sababdan, inqirozga qarshi choralarni so‘nggi global inqiroz bilan dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi kurash orqali ham izohlash mumkin.
Unga ko‘ra, davlatlarning moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi kurashlarini quyidagi tartibda ko‘rishimiz mumkin:
Kredit mablag‘lariga davlat kafolatini berish;
Moliyaviy institutlar ustav kapitallariga qo‘yilmalar qo‘yish;
Yuqori riskli shubhali aktivlarni harid qilish;
Mahsulot import qilinayotgan davlatlarga nisbatan proteksionizm siyosatini qo‘llash;
Ichki ishlab chiqarishni rag‘batlantirish choralarini maksimallashtirib iqtisodiy salohiyatni ushlab qolishga intilish;
Shu kabilar.
Demak, keltirib o‘tilgan choralarni dastlabki 3 tasi davlatning moliyaviy salohiyatini tiklash va moliya institutlarini ishonchliligini oshirish choralari hisoblansa, keyingilari bevosita ishlab chiqarish jarayonlarini sog‘lomlashtirish va imkoniyatini saqlab qolishga harakat sifatida izohlanadi.
Global inqirozining natijalaridan xulosa chiqarilsa, iqtisodiyoti rivojlangan va barqarorlikni bir necha yillardan buyon ushlab turgan mamlakatlar dastlab moliyaviy salohiyatni ushlab qolishga harakat qiladilar. Sababi:
Do'stlaringiz bilan baham: |