Xavf-xatarni baholash va sug‘urtalash. Bu bo‘lim ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qismida uchrashi mumkin bo‘lgan barcha xavf-xatarlar ro‘yxati tuzilib, ularning har biri keltirishi mumkin bo‘lgan zarar baholanadi. Ikkinchi qismida esa xavf-xatarlarni oldini olish va ularning zararlarini kamaytirish chora-tadbirlari, shuningdek, sug‘urtalash dasturi aks ettiriladi.
Moliyaviy reja. Bu reja quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tadbirkorning o‘tgan va hozirgi davrdagi moliyaviy ahvoli, oxirgi uch yildagi foyda va zararlari, balanslari va moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar, kelgusi uch yilga prognoz qilinayotgan foyda va zararlar, balanslar, zararsizlik nuqtasi, pul oqimlari. hozirgi va prognoz qilinayotgan moliyaviy, koeffitsientlar va ularning tarmoq o‘rtacha ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili, moliyaviy resurslarga umumiy ehtiyoji, ularni olish va shakllantirish manbalari, chetdan olish kerak bo‘lgan mablag‘ mulkdori ularni olish shartlari, qarzni qaytarish grafigi (taqvimi), investitsiyaning foydaliligini baholash, prognoz qilinayotgan moliyaviy ko‘rsatkichlar hisob-kitobi va ularni asoslovchi hujjatlar, moliyaviy-buxgalteriya hisob yuritish tizimi va boshqalar.
Ta’sirchanlik tahlili. Bu yerda moliyaviy prognozlarning o‘sish darajasi, voqealarning eng yaxshi rivojlanib borishi, eng ko‘p ehtimol qilingan ssenariysi, eng yomon ssenariysi ko‘rib chiqiladi. Loyiha va strategiya uchun asos bo‘lgan takliflarni o‘zgartirish yo‘li bilan tadbirkor (korxona) uchun kelgusidagi voqealarning ma’qul va noma’qul oqibatlari baholanadi va har bir variantida ishning (loyihaning) foydaliligi aniqlanadi.
Biznes rejaga ilovalar va izohlar. Biznes rejaga ilova qilinadigan va izohlanadigan asosiy hujjatlar quyidagilar: bozor tahlili, mahsulot xususiyatnomasi (spetsifikatsiyasi) va suratlari, reklama materiallari, tashkiliy tarkib chizmasi, moliyaviy hisob-kitoblar va hisobotlar. shartnomalar, soliq to‘lashga oid ma’lumotnomalar, kreditorlar, xom ashyo etkazib beruvchilar va boshqalarning kafolat xatlari, kredit operatsiyalari to‘g‘risidagi hisobotlar, korxona (tadbirkor) ning huquqiy hujjatlari va boshqalar.
Biznes-rejada ishning texnik bayonidan ko‘ra iqtisodiy mamiqiga ko‘proq e’tibor berish kerak. Bizne-reja potensial kreditorlar, investorlar, hamkorlarni shu ishga ishtirok etib, foyda olishlariga ishontira olishi zarur. Aks holda u o‘z vazifasini bajara olmagan hisoblanadi. Shuning uchun biznes rejadagi takliflar, istiqbol, tavakkal, natijalar, imkoniyatlar to‘g‘ri, aniq, haqiqiy, real baholanishi va aks ettirilishi, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, raqamlar, faktlar yetarli darajada asoslangan, aniq, ishonchli bo‘lishi lozim. Rejada jiddiy o‘ylab koTilmagan takliflar va noreal, noaniq da’volar bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |