I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish


Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasini takomillashtirish



Download 1,84 Mb.
bet93/97
Sana15.06.2023
Hajmi1,84 Mb.
#951780
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
UMK

9.3. Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasini takomillashtirish
Xalqaro ekspertlar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 2010 yilda ham davom etishini va uning havfi hali beri to‘liq bartaraf etilmaganligini aytib o‘tmoqdalar. Bu haqda Respublika Prezidenti Islom Karimov o‘z ma’ruzalarida xalqaro ekspert va tahlilchilarning fikriga suyangan holda: Avvalo, shuni aytish kerakki, ularning tahlil va xulosalariga ko‘ra, jahon moliyaviy inqirozining dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga og‘ir ta’siri tobora pasayib boradi va 2010 yilda asta sekin o‘sishi kuzatiladi1 deb xulosa berdilar. Lekin ma’ruza davomida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini yana qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan havf-xatar va risklarni ham sanab o‘tdilar. Darhaqiqat, korxonalardan muntazam inqiroz bilan kurashishni to‘xtatmaslik va bartaraf etishning barcha choralarini yanada takomillashtirib borish talab etiladi.
Bozor iqtisodiyoti korxonalarning bozordagi harakatlari havfsizligini kafolatlamaydi. Shu sababdan ko‘pincha, sog‘lom faoliyat yuritib kelayotgan korxonalarni birdaniga bozor qonunlariga bas kela olmasdan inqirozga uchrashlarini kuzatish mumkin. Masalan, AQSHda yangi tashkil etilgan kichik va o‘rta korxonalarning 50%i bir yil ichida o‘z faoliyatini tugatadi; lekin, shtatlarning bankrotlik to‘g‘risidagi Qonunchilik tan olgan korxonalar o‘rtacha jami korxonalarni 1%ini tashkil etadi.2 Bu holat inqirozga qarshi boshqaruv har bir korxona va tashkilotlarda muntazam amalda bo‘lishi zarur ekanligini ko‘rsatadi.
Lekin, inqirozga qarshi boshqaruvning samarali shaklini korxonalarda qanday tashkil etiladi, buning birorta metodikasi bormi degan savol tug‘iladi. Bu o‘rinda aytish joizki, inqirozga qarshi boshqaruvning yagona andozasi ishlab chiqilmagan. Bunga bir qancha omillarni sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Eng asosiysi, inqiroz har bir korxonada tarmoq xususiyati, geografik joylashuvi hamda tashqi va ichki muhitining o‘ziga xosligi bilan har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Hattoki, ikkita bir xil sharoitlarga ega bo‘lgan korxonalarda ham inqirozni barataraf etish turli rejalar orqali amalga oshishi mumkin. Bu jarayon korxonalarda faoliyat ko‘rsatayotgan menejer va rahbarlarning qarshiliklarni qanday qabul qila olishlariga bog‘liq. Ammo ko‘p hollarda inqirozga olib keluvchi sabablar inqirozning xususiyatini ko‘rsatib beradiki, bu korxonadagi inqirozni bartaraf etilishida muhim o‘rin tutadi.
Korxonani inqirozga olib keluvchi sabablarni korxonaning ta’sir doirasiga mos holda ikki guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin:

  • Korxonaga bog‘liq bo‘lmagan yoki korxona ahamiyatsiz darajada ta’sir eta oladigan tashqi omillar guruhi;

  • Korxona faoliyati natijasida vujudga keladigan ichki omillar.

O‘tkazilgan tadqiqotlardan, Farg‘ona viloyati sanoat korxonalarida iqtisodiy inqirozlar avval ichki omillar natijasida shakllanganligini va keyinchalik tashqi omillarni jonlantirganligini ko‘rish mumkin. Bu holatda o‘ziga xos muammolar zanjiri quyidagi tartibda shakllangan:
Birinchidan, sanoat korxonalarida hodimlar malakasi bilan bog‘liq muammolar vujudga kelgan. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki yillarida yirik sanoat korxonalarining iqtisodiy nochor ahvolga tushishi natijasida, tabiiy ravishda ko‘plab malakali ishchilarni ishdan bo‘shatishga to‘g‘ri kelgan. Bu davrda nisbatan kichik korxonalar tashkil topgan. Ularga iloji boricha pastroq ish haqi olishga rozi bo‘ladigan ishchi va hodimlar yollangan. Shu bilan birgalikda, avval tajribali hodimlar sanoat korxonalaridan ancha uzoqda yashaganlar va yirik korxonalar uchun ularni uyidan olib kelish katta muammo tug‘dirmagan. Kichik turdagi sanoat korxonalari uchun ishchilarni tashib kelish imkoniyati bo‘lmagani uchun ham ular yosh va tajribasiz ishchilarni yollashga majbur bo‘lganlar. Natijada, ishlab chiqarishni boshqarish va rivojlantirishda yangi hodimlarga malaka etishmagan bo‘lsa, asosiy ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan ishchilarning mehnat unumdorligi ish ko‘nikmasining yetarli emasligi oqibatida tushib ketgan;
Ikkinchidan, davlat mulkchiligining qisqarishi va ko‘plab korxonalarni xususiylashtirilishi sharoitida mulkdorlar dastlabki davrda o‘z mulklarini samarali boshqara olmadilar, bil’aks sanoat mahsulotlari, ayniqsa, engil sanoat mahsulotlarining sifati ham tushib bordi, ham zamon talablaridan ortda qoldi. Buni yanada jonlanishiga ishlab chiqarish jihozlarining ommaviy ravishda ma’nan va jismonan eskirishi kabi ichki omillar sabab bo‘lgan;
Uchinchidan, yuqoridagi holatlar korxonalarni mahalliy va jahon bozoridagi raqobatbardoshligini tushirib yubordi. Natijada sanoat korxonalarining iqtisodiy inqiroziga ichki omillar “rag‘bati” oqibatida tashqi omillar zarba berdi;
To‘rtinchidan, nochor korxonalarda ushbu muammolarni bartaraf etish uchun muayyan inqirozga qarshi strategiya va taktika tanlanmagan. Ko‘plab sanoat korxonalarining rahbarlari iqtisodiy inqirozdan qutulishda hukumat yordamini kutganlar. Bundan tashqari, Respublikamizda Inqirozga qarshi choralar dasturining samarali ishlab turishiga qaramasdan hali ham ba’zi korxonalar o‘z strategiya va taktikalarini u bilan to‘laqonli kurashishga qarata olganlari yo‘q. Chunki, tadbirkorlarda hali ham inqiroz bilan qanday kurashish yoki uning alomatlarini baholash uchun malaka yetarli darajada emas.
Tadqiqotlardan ko‘rinadiki, bugungi kunda viloyat sanoat korxonalarini inqirozdan chiqarish va moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqilgan. Bu kelajakda sanoat rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qilsa ajab emas. Birgina, Farg‘ona viloyatining o‘zida inqirozga qarshi choralar dasturiga asosan 2009-2012 yillarda 40 ta korxona sog‘lomlashtirish dasturiga tushgan, bundan tashqari, yana 9 ta korxona 2010 yilda tijorat banklari balansiga berish ko‘zda tutilgan.
Lekin, korxonalarni uzoq yillar davomida barqaror faoliyat ko‘rsatishi davlat dasturlarining o‘zi bilan amalga oshmaydi. Chunki, davlat dasturlari korxonalarni oyoqqa turgizish va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida muddatli amalga oshirilmoqda. Xususiy korxonalarni kelajakda qanday faoliyat ko‘rsatishi u tanlagan strategiya va taktika asosida amalga oshadi. Sanoat korxonasida davlatning muddatli, maqsadli dasturlari bilan birga barqaror rivojlanishning shartlaridan yana biri inqirozga qarshi boshqaruvning ichki mexanizmlarini ishga solishga va samarali faoliyat yuritishga undaydigan har bir korxona uchun alohida o‘zi tomonidan inqirozga qarshi ichki strategiya va taktikani ishlab chiqishdir.
Bugungi kunda, viloyatda inqirozga uchragan sanoat korxonalari uchun inqirozdan chiqish, uni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish bilan bog‘liq. Inqirozdan chiqish jarayonini rejalashtirish esa inqirozga qarshi boshqaruvning strategiyasi va taktikasi asosida amalga oshadi. Ko‘plab iqtisodchilar inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi uzoq muddatli sog‘lomlashtirish rejasi va taktika esa operativ reja deb ta’riflaydilar. Masalani bu tomondan ko‘rish, viloyat korxonalarida inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasini mavjuddek qilib ko‘rsatadi. Lekin, bu o‘rindagi muammo viloyat sanoat korxonalarida inqirozga qarshi strategik sog‘lomlashtirish rejalarini biznes-reja kabi aks etayotganligidadir. Bu esa inqirozga qarshi boshqaruv samaradorligini tabiiy holatda pasaytiradi va o‘tmaslashtiradi.
Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi birgina iqtisodiy jihatdan nochor va to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lgan korxonalarda mavjud bo‘lmaydi. Chunki, raqobatli bozorda faoliyat yuritayotgan har bir korxona muntazam inqiroz bilan barqarorlik o‘rtasida ish yuritadi. Bu inqiroz barcha korxona uchun yaqin va unga qarshi doimo chora bo‘lishini talab qiladi. Mazkur chora barqaror korxonalarni tashqi, ichki muhitdagi salbiy o‘zgarishlarga ta’sirchan bo‘lishini va immunitetini kuchaytiradi.
SHu sababli, inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish aniq rejalar asosida amalga oshirilishi lozim. Viloyat sanoat korxonalari uchun inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasini amalga oshirish bosqichlari quyidagi tartibda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi (9.1- rasm).
Rasmda inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi moliyavyi jihatdan barqaror va nochor korxonalar uchun berilgan. Unga ko‘ra, strategiyani ishlab chiqish jami 9 bosqichdan iborat.



Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish