I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish


Bundan kelib chiqib marketing tadqiqotlarini olib borishning asosiy tamoyillari quyidagicha talqin etilishi mumkin



Download 1,84 Mb.
bet81/97
Sana15.06.2023
Hajmi1,84 Mb.
#951780
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   97
Bog'liq
UMK

Bundan kelib chiqib marketing tadqiqotlarini olib borishning asosiy tamoyillari quyidagicha talqin etilishi mumkin:
1. Marketing tadqiqotlari jamoatchilik ishonchiga bog‘liq, ya’ni bu tadqiqotlar haqqoniy, obyektiv, noo‘rin aralashuvlarsiz va so‘roqqa tutiluvchi shaxslarga zarar etkazmasdan olib borilishi, jamoatchilik bilan ixtiyoriylikka asoslangan hamkorlikda olib borilishi haqida ishonch bo‘lishi kerak.
2. Marketing tadqiqotlari shaxs huquklarini buzmasligi kerak.
3. Marketing tadqiqotlari hamma joyda amal qilinadigan yuqori andozalar darajasida halol raqobat tamoyillariga mos holda olib borilishi kerak.
4. Tadqiqotlarni olib boruvchi mutaxassislar ishning sifati va xulosalarning asoslanganligini baholash uchun kerak bo‘ladigan axborotlarni taqdim etishga tayyor bo‘lishi kerak.
Marketing tadqiqotlarining hozirgi holati doimiy e’tibor va muhokamaga sazovor bo‘lgan uchta tendensiya bilan tavsiflanadi. Bular — tijorat ma’lumotlar bazasining tobora ochiq bo‘layotganligi, yangi texnologayalardan foydalanishning o‘sishi va so‘raluvchilar o‘rtasida so‘rov haqidagi fikrning yomonlashuvi. Bu tendensiyalar marketing tadqiqotining ikki yo‘nalishga: kabinetli va dala tadqiqotlariga bo‘linishini taqozo etdi.
Kabinetli tadqiqotlar — allaqachon mavjud bo‘lgan ikkilamchi axborotga («yozuv stolidagi tadqiqot») ishlov berish. Ikkilamchi axborot — hozirgi vaqtdagi maqsaddan farqli bo‘lgan maqsadlar uchun oldindan to‘plangan ma’lumotlar. Ikkilamchi axborotning afzalliklari: ishlar qiymatining pastligi, chunki yangi ma’lumotlarni to‘plash kerak emas; materialni to‘plash tezligi; bir nechta axborot manbalarining mavjudligi; muammoni oldindan tahlil qilish imkoniyati. Kamchiliklari: o‘tkaziladigan tadqiqotning maqsadlariga umumiy harakteri jihatidan hamma vaqt ham to‘g‘ri kelmaydi; ma’lumot eskirgan bo‘lishi mumkin; ma’lumotlar to‘plangan uslubiyat mazkur tadqiqotning maqsadlariga mos tushmasligi mumkin.
Dala tadqiqoti — muayyan marketing tahlili uchun ma’lumotlarni maxsus to‘plash va ishlov berish. Dala tadqiqoti birlamchi axborotga, ya’ni muayyan tadqiqot qilinayotgan muammoni hal qilish uchun hozirgina olingan ma’lumotlarga asoslanadi. Birlamchi axborotning afzalliklari: ma’lumotlar tadqiqotchilik vazifasining aniq maqsadlariga ko‘ra to‘planadi; ma’lumotlarni to‘plash uslubiyati nazorat qilinadi; hamma natijalar korxona uchun ochiq va sir saqlanishi mumkin. Kamchiliklari: moddiy va mexnat xarajatlarining ko‘pligi.
Odatda, dala va kabinetli tadqiqotlar amaliyotda bir-birini to‘ldiradi. Marketing tadqiqotlarining bir qismi bo‘lib bozor konyunkturasini, ya’ni shu paytda mazkur bozorda turli xil sharoitlar yig‘indisi ta’sirida vujudga kelgan holatni tahlil qilish hisoblanadi.
Marketing jarayonlarining rivojlanish variantlarini baholashda immitatsion modellash metodlari qo‘llaniladi. Ularning mohiyati marketing muhitining nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan omillarining matematik modelini tuzishdan iborat. Ko‘pgina hollarda marketing tizimi ta’siri natijalarining marketing muhiti omillariga analitik bog‘liqligini aniqlash mumkin. Va, albatta, marketing tadqiqotlari natijasida olingan ma’lumotlar korxonaning marketing axborot tizimida to‘planishi kerak.
An’anaga ko‘ra marketingning dala tadqiqotlarida zaruriy axborotni olish uchun asosan so‘rov usuli qo‘llaniladi. So‘rov og‘zaki yoki yozma shaklda bo‘lishi mumkin. Dala tadqiqotlarining 90 %ga yaqinida shu usuldan foydalaniladi. Kuzatish axborotni olish usuli sifatida bozor tadqiqotlarida so‘rovga qaraganda kamroq ishlatiladi. Sinov bir omilning boshqa omilga ta’siri bir vaqtning o‘zida begona omillarni nazorat qilish bilan birga o‘rganilishidan iborat.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish